Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Kafedra tarixi
Institut rektori professor I.I. Alimdjanovning 2018-yil 21-iyuldagi 553-sonli buyrug’iga binoan “Farmatsevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti”da yangi «Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash» kafedrasi tashkil etildi.
Mudir haqida ma’lumot va e’rishgan yutuqlari
Olimov Nemat Qayumovich 1960 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek.
O‘zbekiston milliy universitetining kimyo fakultetini 1983 yilda tugatgan. 1983-1985 yillarda O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida katta laborant, ilmiy izlanuvchi bo‘lib ishlagan, so‘ngra 1985 yilda Toshkent Farmatsevtika institutining Anorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasiga assistent bo‘lib ishga o‘tgan; Itakon, sitrakon va malein kislotalar asosida Farmatsevtik texnologiyada qo‘llash uchun mo‘ljallangan sirt faol moddalar sintezi bilan shug‘ullangan.
1990 yilda “Itakon, sitrakon va malein kislotalarining sirt faol hosilalarining sintezi va kolloid kimyoviy xossalari” mavzusida kimyo fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan; 1992 yilda dotsentlik ilmiy unvonini olgan; shu yildan boshlab kafedrada dotsent lavozimida ishlab, 1993 yilda farmatsiya fakulteti dekan muovini, 1995-1999 yillarda esa shu fakultet dekani va 1999-2009 yillarda Toshkent Farmatsevtika instituti 1-prorektori, 2007-2009 yillarda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishladi. 2007 yildan Toshkent Farmatsevtika instituti Anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi professori, Farmatsevtika fanlari doktori (2011).
Ilmiy ishlari dorivor o‘simlik xomashyosi asosida yangi dori vositalarini ilmiy asoslangan texnologiyalarini, sifat nazorati va standartlash usullarini ishlab chiqish va boshqa yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
Bu yo‘nalishda u sarimsoq piyoz kukunini, uning tabletka va kapsula dori shaklini, suvli, spirtli va moyli ekstraktlarining texnologiyasini va standartlash usullarini ishlab chiqdi.
Olingan dori vositalari kardioprotektorlik, adaptogenlik, antimikroblik, immunostimulyatorlik, antigelmentlik faollikka ega ekanligini ko‘rsatdi.
Birinchi marta xromato-mass-spektroskopiya, spektrofotometriya va bromatometriya usullarini sarimsoq piyoz kimyoviy tarkibini tahliliga, shuningdek, uning asosida olingan dori vositalarini standartlashga tatbiq etdi. Uning rahbarligida 3 ta nomzodlik dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi (2009 yil – Normuratov A.S.)., (2009 yil-Raximova G.R.)., (2018 yil- Sidametova Z.E.).
Ilmiy grantlar doirasida (P-15-26, I-33, I-2011-9-3, I-SS-2014-8, I6-SS-0-21347) ilmiy tadqiqotlar olib borgan.
2009 – 2010 yillarga mo‘ljallangan I-33 raqamli “Sarimsoq piyoz kukuni va uning asosida dori shakllarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish”
2018-2020 yillarga mo‘ljallangan PZ- 2017091368 raqamli “Maxalliy dorivor o‘simliklar yig‘masi asosida tinchlantiruvchi “Flegmen” siropini olish texnologiyasini ishlab chiqish va standartlash loyihasiga berilgan innovatsion davlat grantiga rahbarlik qilmoqda.
Ushbu izlanishning samarasi sifatida 5 ta Korxona farmakopeya maqolasi tuzilib, Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan. Bugungi kunda sarimsoq piyozning spirtli ekstrakti “Spekgarlin” va “Flegmen” dori preparati amaliyotda qo‘llanishi uchun MChJ “SORB-TEN” korxonasida ishlab chiqarilishi o‘zlashtirildi va 2015 yil 25-dekabrda №00538/12/15 raqamli ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasi olindi.
Sarimsoq piyozning yangi dori preparatlari (Mekritin, Mekritin forte) O‘zR SSV Farmakologiya qo‘mitasi qaroriga muvofiq adaptogen va umumiy rag‘batlantiruvchi hamda gijja invaziyasiga qarshi vosita sifatida to‘liq klinik sinovlardan o‘tkazishga ruxsat etildi.
Ilmiy tadqiqotlari yuzasidan 90 ta ilmiy ishi chop etilgan, jumladan, 2 ta patent (№IAP 03383), (№IAP 2016 0388), shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 10 ta ilmiy maqolasi chop etilgan. U o‘quv jarayoniga ham katta mas’uliyat bilan qaraydi. Olimov Nemat Qayumovichning ilmiy-pedagogik faoliyati davomida bakalavr talabalari uchun 2 ta darslik va 6 ta metodik qo‘llanmasi chop etilgan bo‘lib, yakka mualliflikda yozilgan “Fizik va kolloid kimyo” darsligi 2 marta (2001, 2006 y.y.) qayta nashr etilgan. Ba’zi ilmiy ishlanmalar natijalari Toshkent Farmatsevtika institutining o‘quv jarayonlariga tatbiq etildi.
2018 yilda “Farmatsevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash” fakulteti, Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasiga mudir etib tayinlandi.
Olimov N.Q. kafedrada assistent, dotsent, institutda esa dekan muovini, dekan, 1-prorektor, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor vazifasini bajargan. U qaerda ishlamasin, o‘z ishiga sidqidildan yondashadi, ko‘pchilik bilan ishlash qobiliyatiga ega, tashabbuskor, ish jarayonidagi o‘ta talabchanligi, mas’uliyatligi bilan ajralib turadi.
Kafedra shu vaqtga qadar erishgan yutuqlari
Hozirgi kunda «Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash» kafedrasida farmatsevtika fanlari doktori, professor N. Q.Olimov, farmatsevtika fanlari doktori, professor M.A.Tojiev, tibbiyot fanlari doktori, dotsent Z.Salixodjaev, tibbiyot fanlari doktori, dotsent S.A.Saidov, farmatsevtika fanlari nomzodlari, dotsentlar G.M.Ismoilova, N.A.Abduraxmonova, tibbiyot fanlari nomzodi dotsent
B.S.Raximov, PhD Z.E.Sidametova, assistent R.K. Sadikova faoliyat olib bormoqdalar.
Kafedrada tasdiqlangan dasturlar asosida farmatsevtik kimyo, farmakognoziya, farmakologiya, mikrobiologiya va toksikologik kimyo fanlaridan ma’ruza va amaliy mashgulotlar olib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi № 319 sonli “Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi to‘g‘risida” gi Qarorining ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Farmatsevtlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimining darajasi va bilimlar mazmuniga qo‘yilgan “DAVLAT TALABLARI” ni ishlab chiqildi.
Hozirgi kunda kafedrada tinglovchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha malaka oshirishlari mumkin:
Kаfеdrаdаning eng so’nggi mа’lumоtlаri
Farmakognoziya fanidan amaliy mashg‘ulotlar Botanika bog‘ida muntazam ravishda olib boriladi.
2018-yil 28-may hamda 12-iyunda Farmatsevtlarni malakasini oshirish fakulteti «Farmatsevtika amaliyoti dolzarb muammolar» yo‘nalishi tinglovchilarga Farmakognoziya fani bo‘yicha “Ibn Sino va xalq tabobatida qo‘llanilayotgan dorivor o‘simliklar va ulardan olingan fitochoylar va dori vositalari” mavzusida dotsent Abduraxmonova Nargiza Abdumajidovna “Dr.Mardon» Pharmaceutical companya vakillari Gulnora Rasulova va Toiba Axmedovalar ishtirokida integratsiyalashtirilgan mashg‘ulot o‘tkazdi. Mashg‘ulotda tinglovchilar, kafedra mudiri U.J.Akromov, dotsentlar A.M.To’xtayeva, G.M. Ismailova va Sh.T.Salyamovalar qatnashishdi.
OOO”Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi direktori Abduganiev SH.X. bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra G.M. Ismailova Farmatsevtik kimyodan laboratoriya darslari tinglovchilar bilan dori vositalarini standartlash ilmiy markazida olib boriladi.
KOREYA IXTIROCHI AYOLLAR ASSOTSIATSIYASI DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV
2019 yil 14 yanvarda “Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash” kafedrasining dotsenti Abduraxmonova Nargiza Abdumajidovna Turin politexnika universitetida Koreya Ixtirochi ayollar assotsiatsiyasi delegatsiyasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirok etdi. Koreya Ixtirochi ayollar assotsiatsiyasi Prezidenti YUn Mung Xi tomonidan prezentatsiya taqdim etildi. Uchrashuv doirasida Uzbekiston Ixtirochi ayollar uyushmasi va Koreya Ixtirochi ayollar assotsiatsiyasi o‘rtasida Memorandum imzolandi. Shuningdek, uchrashuvga bag‘ishlangan “Ixtirochi ayollar-2019” ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Kafedra jamoasi haqida batafsil ma’lumot.
F.I.SH. Sultonov Boxodir Elbekovich
Lavozimi: Kafedrani ilmiy ishlari va sayti bo’yicha ma’sul Tug’ilgan vaqti: 1968-yil Telefon:+99871-256-37-60 e-mail: |
|
Sultonov Boxodir Elbekovich 1968 yil 3 fevralda O‘sh viloyatida tug‘ilgan. 1991 yil Toshkent Davlat universitetining Kimyo fakulteti «Tabiiy birikmalar kimyosi» mutaxassisligini imtiyozli tugatgan. Sultonov B.E. o‘z mehnat faoliyatini 1991 yilda Namangan viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi qoshidagi “Ijodkor” kichik korxonasida bosh muhandis vazifasidan boshlagan. Keyinchalik u nazariy bilimlarini amaliy va ishlab chiqarishda mustahkamlash yo‘lidan borib, 2000 yil O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti (O‘zR FA UNKI) kunduzgi bo‘lim aspiranturasiga o‘qishga kirgan. Bu davrda “Markaziy Qizilqum fosforitlarini boyitish va ularni kompleks o‘g‘itlarga aylantirish texnologiyasini yaratish” mavzusidagi dissertatsiya ishini boshlagan va uni 2004 yilda muvafaqiyatli himoya qilgan holda texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishgan. 2004 yildan boshlab Namangan muhandislik pedagogiga instituti “Kimyo” kafedrasi katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 2006 – 2008 yillarda Namangan viloyati o‘qituvchilarni malaka oshirish institutida marketing xodimi va bo‘lim boshlig‘i, “S-Elbek” fermer xo‘jaligida ish yurituvchi, To‘raqo‘rg‘on tumani “Ekoxim” Ilmiy tadqiqot va ta’limot markazida katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan. 2008 yil sentabr oyidan Namangan muhandislik pedagogiga instituti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 2012 yildan O‘zR FA UNKIga katta ilmiy xodim izlanuvchi lavozimiga (doktoranturaga) qabul qilingan va “Markaziy Qizilqum past navli fosforitlarini yuqori samarador va tejamkor usulda kimyoviy boyitish texnologiyasi” mavzusida doktorlik ilmiy ishini boshlagan. U 2015 yil-dan O‘zR FA Fundamental tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashning T.4-14 raqamli “O‘g‘itli presipitat olishning fizik-kimyoviy asoslarini ishlab chiqish” fundamental tadqiqot loyihasi rahbari sifatida ishlagan. U faoliyat yuritayotgan fundamental loyihada yangi, mahalliy fosforit xom ashyosi, hamda fosforitlarni termik boyitish va kaustik soda ishlab chiqarish chiqindilarini maqsadli mahsulotlarga qayta ishlash jarayonlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Ushbu fundamental tadqiqot asosida 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan “Past sifatli Markaziy Qizilqum fosforitlarini xlorid kislotali qayta ishlash asosida o‘g‘itli presipitat olish texnologiyasini yaratish” mavzusida FA-A12-138 raqamli ilmiy amaliy davlat granti bajarilgan. 2016 yil 28 aprelda O‘zR OAK tomonidan katta ilmiy xodim unvonini olgan. 2017 yilda yuqorida keltirilgan mavzu bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan va texnika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. |
F.I.SH. Sidametova Zaynab Enverovna
Lavozimi: Farmatsevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetida dotsent Tug’ilgan vaqti: 1981-yil Telefon: +99871-256-37-60 e-mail: pharmasevtika2018@mail.ru |
|
Sidametova Zaynab Enverovna 1981 yil 11 martda O‘zbekiston respublikasi, Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida tavallud topgan. Millati tatar. 1998 yilda Guliston shahridagi 1- sonli o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatib, 1999 yilda Toshkent Farmatsevtika instituti Farmatsiya fakultetiga o‘qishga kirdi va Farmatsiya fakultetini 2004 yilda tamomlab, 2005-2008 yillarda 15.00.02. – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya yo‘nalishida aspiranturada tahsil oldi va mahaliy dorivor o‘simliklar xom ashyosi asosida tayyorlangan ““Flegmen” yangi tinchlantiruvchi yig‘masini standartlash” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi ustida ishladi. 2008-2010 yillarda Farmatsevtlar malakasini oshirish fakulteti Farmatsiya kafedrasida assistent lavozimida faoliyat ko‘rsatib, farmakognoziya fanidan tinglovchilarga amaliyot darslarini olib bordi. Z.E. Sidametova tomonidan, Farmatsevtlar malakasini oshirish fakulteti tinglovchilari uchun 4 ta uslubiy qo‘llanma, chop etilib, bugungi kunda amaliyotga tatbiq etilgan. |
F.I.SH. RAXIMOVA DILOROM ORIFJANOVNA
Lavozimi: Kafedrada o‘quv ishlar bo‘yicha ma’sul Tug’ilgan vaqti: 1967-yil Telefon:+99871-256-37-60 e-mail: pharmasevtika2018@mail.ru |
|
RAXIMOVA DILOROM ORIFJANOVNA 1967 yilda Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida tug‘ilgan. 1990 yilda Andijon Davlat tibbiyot institutining pediatriya fakultetini tamomlagan. 1990-1992 yillarda ADTI neonatologiya kafedrasida klinik ordinatura o‘tagan. 1992 yildan 1999 yilgacha ADTI subordinatura kafedrasining assistenti lavozimida ishlab kelgan. 1999-2001 yillarda ADMIning pediatriya yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi aspiranturasida tahsil olgan. 2004 yilda «Особенности нервно-психического развития зрелых и незрелых детей первого года жизни» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 2004-2007 yillarda Gospital va poliklinik pediatriya kafedrasining assistenti, 2007-2018 yillari Andijon Davlat tibbiyot institutining Gospital va poliklinik pediatriya kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelgan. 2018 yil sentabr oyidan Toshkent farmatsevtika instituti “Farmakologiya va klinik farmatsiya” kafedrasida dotsent lavozimida, 2019 yil sentabr oyidan esa shu oliygoxning Farmatsevtlar malakasini oshirish va qayta tayorlash fakulteti “Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash” kafedrasida ishlamoqda. Hozirda «Распространенность заболеваний органов дыхания у детей Ферганской долины» yo‘nalishi bo‘yicha doktorlik ilmiy-tadqiqot ishini olib bormoqda. |
F.I.SH. Xasanova Barno Jaloladdinovna
Lavozimi: Kafedra assistenti Tug’ilgan vaqti: 1972-yil Telefon: +99871-256-37-60 e-mail: pharmasevtika2018@mail.ru |
|
Xasanova Barno Jaloladdinovna 1972 yil 6 oktabrda Xorazm viloyati Yangiariq tumanida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1979-1990 yillarda Yangiariq tumanidagi 23-o‘rta maktabda tahsil olgan va maktabni kumush medal bilan tamomlagan. 1991-1996 yillarda Toshkent Farmatsevtika institutining Farmatsiya fakultetida o‘qigan. 2003-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Tibbiy bilim asoslari va fuqaro muhofazasi” kafedrasida faoliyatini boshlagan. 2017 yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida faoliyatini davom ettirdi. 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida faoliyat olib bormoqda. Ushbu yillar davomida hammualliflikda 3 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, horij va respublika jurnallarida 10 dan ortiq maqolalari va horij hamda respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida 50 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari va tezislari nashr etilgan. |