Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

Sharipov Avez Tuymuradovich

Ilmiy darajasi va unvoni:

Farmatsevtika fanlari doktori

Lavozimi:

Kafedra mudiri

Qabul vaqti:

Shanba (15:00-17:00)

Tel.:

(871) 256-32-46

Veb-sayt:

 

Kafedra tarixi

Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi dastlab anorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi deb atalgan bo’lib, 1937-yilda Toshkent tibbiyot institutining umumiy kimyo kafedrasi asosida tashkil topdi. Kafedraning dastlabki o’qituvchilari dotsent v/b P.A. Obelchenko, assistent I.L. Teodorovich va o’sha vaqtda assistent bo’lib ishlagan, keyinchalik institut rektori bo’lgan, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, kimyo fanlari doktori, professor M.M. Azizovlar bo’lishgan.

1939-yil sentyabridan kafedraga dotsent P.A. Obelchenko, 1941-yil fevralidan boshlab esa professor B.G. Zapremetov mudirlik qilishgan, shu davrda kafedrada B.G. Zapremetovning shogirdi K.S. Axmedov assistent bo’lib ishlagan. Karim Sodiqovich Axmedov O’zRFA akademigi Respublikada xizmat ko’rsatgan fan arbobi, kimyo fanlar doktori, professor darajasiga erishib, Respublikada kolloid kimyo fani bo’yicha katta maktab yaratishdi.

1941-yilning 22-iyunida II Jahon urushi boshlandi. Institutning ko’p o’qituvchilari frontga ketishdi.Ular qatorida assistent K.S. Ahmedov, assistent I.L.Teodorovich ham bor edilar. 1941-yil sentyabridan boshlab kafedraga Moskvadan Toshkentga evakuatsiya qilingan P.I. Lapin kafedrani boshqardi.

1943-yildan boshlab kafedraga Asan Murtazayevich Murtazayev mudir etib tayinlandi.U kafedraga 35 yil mudirlik qildi. Fan doktori, professor, Respublikada xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi ilmiy daraja va unvonlarini oldi. Uning rahbarligida kafedra taraqqiy etdi, uslubiy ishlar, ilm-fan rivojlandi. Bu davrda kafedrada dotsentlar: S.G. Avokyans, P.P. Tolok, Sh.Z. Xolmudaxonova, E.T. To’ychiyev, L.E. Kornyeva, E. Mamatmusayev, O.S. G’ofurova, assistent M. Almanova va boshqalar ishladi. Ular ham kafedra taraqqiyotiga o’z hissalarini qo’shishdi.

1978-yildan kafedraga o’sha vaqtda kimyo fanlar nomzodi, katta ilmiy xodim Sobirjon Nig’matovich Aminov tanlov asosida saylandi.U kafedraga mudirligi davrida, doktorlik dissertatsiya ishini tayyorlab, kolloid kimyo (02.00.11) ixtisosligi bo’yicha D.I. Mendeleev nomli Rossiya kimyo-texnologiya universitetida (Moskva) doktorlik dissertasiyasini yoqladi (1987 y.), 1988-yilda professor, 2007-yilda esa O’zbekiston fan arbobi ilmiy unvonini olishga sazovor bo’ldi. Bu davrda kafedraga yangi yosh o’qituvchilar ishga qabul qilindi. Ulardan k.f.n. X.Z. Raxmatullayev juda samarali mehnat qildi; kafedrada doktorlik dissertasiyasini tayyorlab, muvaffaqiyatli himoya qildi, professor unvonini oldi. Afsus, bevaqt o’lim uni oramizdan olib ketdi. Kafedraga birin-ketin X.R. To’xtayev, R. Aristanbekov, M.M. Qurbonova, N.Q. Olimov, K.A. Cho’lponov, M.M. Raxmatullayeva va boshqalar ishga qabul qilindi.

2005-yilda Anorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi birlashtirildi. Kafedra Anorganik, analitik, fizik va kolloid (AAFK) kimyo kafedrasi deb qayta nomlandi. Endilikda har ikkala kafedraning an’analari, g’oya va vazifalari bir maqsadga – “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da belgilangan vazifalarning ijrosiga yuqori saviyali farmatsevt kadrlar tayyorlashga, ilmiy-tadqiqot ishlarning samarasini yaxshilashga va barkamol avlodni voyaga yetkazishga yo’naltirilgan.

Kafedraning asosiy o’quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo’yicha taraqqiyot yo’li O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng boshlandi. Bu davrdan boshlab kafedra ikkita yo’nalishda ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi: birinchisi, mahalliy organomineral xom ashyolar asosida dori-vositalarini ishlab chiqarish, ikkinchisi, hayotiy zarur mikroelementlar va biofaol ligandlar asosida dori-vositalari yaratish. Har ikkala yo’nalish bo’yicha kafedra yuqori samaralarga erishdi. Avvalo, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi tanlovlarida faol ishtirok etib, grantlar yutish, xo’jalik shartnomalari asosida ishlab institutga budjetidan tashqari mablag’ tushirdi, kafedra professor-o’qituvchilari, iqtidorli yoshlari ilmiy ishlarga jalb etilib, modidy rag’batlantirildi. Innovatsion g’oyalar bilan texnologiya yarmarkalarida faol ishtirok etib, korporatorlik hamkorlik shartnomalarini tuzdi, ishlab chiqaruvchi hamkorlar topdi. O’quv jarayoniga ham katta e’tibor qaratildi.Lotin grafikasida barcha fanlardan yangi darsliklar, o’qub qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar tuzildi.Interaktiv o’quv tizimini tashkil etish, o’quv jarayonini modernizatsiyalash, o’quv-uslubiy majmualar tuzish ishlari amalga oshirildi. Har bir ma’ruza va amaliy, laboratoriya darslari pedagogik va axborot texnologiyalari tatbiq etildi. korporatorlik hamkorlik shartnomalarini tuzdi, ishlab chiqaruvchi hamkorlar topdi. O’quv jarayoniga ham katta e’tibor qaratildi.Lotin grafikasida barcha fanlardan yangi darsliklar, o’qub qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar tuzildi.Interaktiv o’quv tizimini tashkil etish, o’quv jarayonini modernizatsiyalash, o’quv-uslubiy majmualar tuzish ishlari amalga oshirildi. Har bir ma’ruza va amaliy, laboratoriya darslari pedagogik va axborot texnologiyalari tatbiq etildi.

2016_64

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, k.f.d., professor Murtazaev Asan Murtazaevich Anorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasini  1943-1978 yillarda (35 yil) boshqargan. O’zbekistonda elektrokimyo  sohsasini asoschilaridan biri.

 

 

 

 

2016_66

O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, k.f.d., professor Aminov Sobirjon Nigmatovich.

Anorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasini  1978-2012 yillarda (34 yil) boshqargan. “Mahalliy xomashyolar asosida dori vositalar olish va yangi SAMlarni dorilar texnologiyasiga qo’llash” sohasida maktab yaratgan.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

Farmatsiya, sanoat farmatsiyasi, kasb ta’lim, biotexnologiya

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:Noorganik kimyo,Fizik va kolloid kimyo

Mudir haqida ma’lumot va erishgan yutuqlari

Sharipov Avez To’ymurodovich – farmatsevtika fanlari doktori, farmatsevt kimyogar yosh olim. Tarkibida oltingugrttutgan antikoagulyant, antiagregant va antigelment dori vositalarini ishlab chiqish va sifatini nazorat qilish, shuningdek, stomatologiyada amaliyotida keng qo’llaniladigan noorganik dori vositalari yaratish bo’yicha tadqiqotlar olib boradi.

A.T. Sharipovning mehnat faoliyati Toshkent Farmatsevtika instituti bilan uzviy bog`liq. U mazkur ilmiy maskanni imtiyozli diplom bilan tugatgandan so`ng, magistraturada tahsil oldi. So’ngra kata ilmiy xodim izlanuvchi sifatida professor S.N.Aminov rahbarligida ilmiy tadqiqotlarini olib borgan. U 2016 yil “Mahalliy xomashyolar asosidagi oltingugurt saqlagan dori vositalarini ishlab chiqish va standartlash” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.

Avez Sharipov mehnat faoliyatini ushbu kafedrada boshlagan, u dastlab laborant, keyinchalik assistant, institutning Monitoring va ichki nazorat bo’lim boshlig’i 2018 yil 1 iyundan e’tiboran Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasiga mudirlik qilib kelmoqda.

A.T.Sharipov muallifligida farmatsevtika instituti talabalari uchun “Noorganik kimyo” yangi avlod darsligi yaratildi. Zamon talablariga mos ilmiy tadqiqot ishlari olib borishda, ayniqsa mahalliy xomashyolar asosida dori vositalari ishlab chiqishda samarali faoliyat olib bormoqda. Jumladan, bir qator oltingugurt saqlagan dori vositalari o’rganilib, ular orasidan antikoagulyant, antiagregant xossaga ega bo`lgan Alltrombosepin dori vositasi ishlab chiqildi va tibbiyot amaliyotiga joriy etildi.

A.T.Sharipov 3 dan ortiq ilmiy ixtiro, 100 ga yaqin ilmiy ish, 1 ta darslik muallifidir. U muharrirlik sohasini ham yaxshi o`zlashtirgan. Sharipov A.T. “Farmatsevtika jurnali” mas’ul kotibi. Yosh olim O`zbekiston fani yutuqlarini chet ellarda targ`ib etishda ham ko`p mehnat qilmoqda. U Sankt-Peterburg, Kiev, Olma-ota va boshqa shaharlarda bo`lgan anjumanlarda o`z ma’ruzalari bilan qatnashgan.

Kafedra shu vaqtga qadar erishgan yutuqlari

Toshkent farmatsevtika instituti ilmiy kengashining 2005 yil 23 avgustdagi 1 sonli majlis qarorida Analitik kimyo kafedrasi Anorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi bilan biriktirilsin va yangi tashkil bo`lgan kafedra: “Anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi” nomi bilan yuritilsin, – deb ta’kidlandi. Ilmiy kengash qaroriga muvofiq institutning 2005 yilning 5 sentyabr kunidagi 113 – sonli buyrug`i bilan Anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi tashkil etildi. Shu sababli ushbu risolada kafedralarning qo`shilgunga va birlashgandan so`nggi tarixi muxtasar tarzda bayon etiladi.

Anorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi 1937 yilda Toshkent tibbiyot institutining umumiy kimyo kafedrasi asosida tashkil topdi.

Kafedraning dastlabki o`qituvchilari dotsent P.A. Obelchenko, assistent I.L. Teodorovich va o`sha vaqtlarda assistent bo`lib ishlagan, keyinchalik institut rektori lavozimini bajargan, O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan fan arbobi, kimyo fanlari doktori, professor M.A. Azizovlar bo`lishgan.

1939 yil sentyabridan kafedraga dotsent P.A. Obelchenko, 1941 yil fevralidan boshlab esa professor B.G. Zapremetov mudirlik qilishgan.

1943 yildan boshlab kafedraga Asan Murtazaevich Murtazaev mudir etib tayinlandi. U kafedrada 35 yil mudirlik qildi. Fan doktori ilmiy darajasini hamda professor, Respublikada xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi unvonlarini oldi.

1950 yildagi kafedra jamoasi

 

1960 yildagi kafedra jamoasi

1978 yildan kafedraga kimyo fanlari doktori, professor Aminov Sobirjon Nig`matovich tanlov orqali o`tib, mudir etib tayinlandi. Kafedra taraqqiyotining yangi bosqichi boshlandi. Bu davrdan boshlab uslubiy qo`llanmalar, ham anorganik, ham fizik va kolloid kimyo fani bo`yicha chop etila boshlandi. Bu davrda kafedraga yangi yosh o`qituvchilar ishga qabul qilindi. Kafedra O`zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalar markazi, O`zbekiston Respublikasi FA sining bir qator institutlari, Toshkent kimyo texnologiya instituti, D.I. Mendeleev nomli Rossiya kimyo texnologiya universiteti, I.M. Sechenov nomli Moskva tibbiyot universitetining kimyo kafedralari, akademik A.N. Nesmeyanov nomli elementoorganik birikmalar instituti bilan o`quv uslubiy va ilmiy ishlar bo`yicha ijodiy hamkorlik aloqalarini o`rnatdi.

1980 yillardan boshlab kafedrada “Sirt faol moddalarini tibbiyotda va xalq xo`jaligining boshqa tarmoqlarida qo`llash” mavzusida izlanishlar olib borildi. Bu mavzu keyinchalik “Dori sistemalarining kolloid kimyoviy va texnologik parametrlarini boshqarish uchun yangi sirt faol moddalar sintezlash”, – yo`nalishida davom ettirildi. Bu yo`nalish ixtisosli kafedralar bilan hamkorlikda olib borildi.

Mustaqillik davrida kafedra tashabbusi bilan institut huzurida “Hakim” kichik korxonasi tashkil etildi va “Mumiyo 0,1tabletkasi” ishlab chiqarila boshlandi. Korxona 1994-1997 yillarda faoliyat ko`rsatdi.

Analitik kimyo kafedrasi 1937 yili kafedraning tashkil topgan. 1945-1957 yillarda kafedraga O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi professor M.A. Azizov rahbarlik qilgan. 1975-1977 yillarda kafedra mudiri lavozimida dotsent M.A. Abramov ishlagan va 1978-1985 yillarda dotsent M.K. Alaviya, 1985-2000 yillarda kafedraga professor A.A. Shabilalov rahbarlik qilgan. Dotsent S.D. Nasriddinov 2000-2002 yillarda mudir vazifasini bajaruvchi, 2002-2005 yillarda mudir lavozimiga tayinlangan, 2005 yil sentyabrda kafedralar yiriklashuvi munosabati bilan analitik kimyo kafedrasi anorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasiga qo`shildi.

Bu davrda M. Fatxullaeva, A. Saydalieva, B. Muxamedova nomzodlik dessertatsiyalarini muvaffaqiyatli yoqlashdi.

Kafedraning ilmiy ishlari professor M.A. Azizov rahbarligida yo`lga qo`yildi. Uning boshchiligida mikroelementlarning biologik faol moddalar bilan kompleks birikmalarini sintezlash va ularning fizik-kimyoviy hamda biologik xossalarini o`rganish borasida jiddiy ilmiy izlanishlar olib borildi. 1958 yili birinchi bor koordinatsion birikmalar sinfiga oid “koamid” preparati ishlab chiqilib, kam qonlik kasalligida qo`llashga tavsiya etildi va Toshkent kimyo farmatsevtika zavodida ishlab chiqarila boshlandi. Olingan natijalar M.A. Azizovning “Ba’zi mikroelementlarning biologik faol moddalar bilan kompleks birikmalari” nomli monografiyasida umumlashtirib chop etildi.

1974 yili analitik kimyo kafedrasi tarkibida mazkur izlanishlarni takomillashtirish maqsadida, M.A. Azizov boshchiligida muammolar laboratoriyasi tashkil etildi, keyinchalik, 1981 yilda bu laboratoriyaga institut markaziy ilmiy tekshirish laboratoriyasi maqomi berildi.

1980-yillarga kelib 500 dan ortiq kompleks birikmalar sintezlandi; ularning tibbiy-biologik xossalarini o`rganish natijalari bo`yicha 100 dan ortiq fan doktorligi va nomzodligi dissertatsiyalari yoqlandi. Tibbiyot amaliyotida kamqonlikda, qandli diabet, yurak qon tomir kasalliklarida, gepatitda qo`llash uchun hamda qishloq xo`jaligida chorva va qora mollar mahsuldorligini oshirish uchun 20 ga yaqin preparatlar tavsiya etildi. Shulardan 12 tasiga mualliflik guvohnomasi berilgan. Feramid preparati Xabarovsk va Toshkent kimyo farmatsevtika zavodida ishlab chiqarila boshlandi. Kobolt-30 va kupir preparatlarini sanoatda ishlab chiqishga ruxsat berildi.

Kafedrada “3-d metallarning biologik faol ligandlar bilan koordinatsion birikmalarining sintezi va tadqiqoti” mavzusidagi ilmiy izlanishlar samarali davom ettirildi. Bajarilgan ishlar bo`yicha bitta doktorlik va to`rtta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Piratsin, Kupir va Ferask preparatlarining dori shakllarini sanoatda ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi.

Institut rektorining 22 sentyabr 2005 yildagi 97-sonli buyrug`i bilan kafedralar birlashgandan so`ng tashkil topgan Anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi quyidagi tarkibda faoliyat ko`rsata boshladi: kafedra mudiri k.f.d., professor S.N. Aminov, k.f.d., professor O.A. Shobilolov dotsentlar: k.f.n., dotsent N.Q. Olimov, k.f.n., dotsent S.D. Nasirdinov, k.f.n., dotsent R. Aristonbekov, k.f.n., dotsent H.R. To`xtaev, f.f.n., dotsent M.M. Qurbonova, k.f.n., dotsent K.A. Cho`lponov, k.f.n., dotsent E. Mamatmusaev, k.f.n., dotsent A. Zununjonov; katta o`qituvchilar: k.f.n., M. Fatxullaeva, k.f.n., X.S. Tolipova, M.M. Rahmatullaeva, A. Saidvalieva, B. Muhamedova kafedra laboratoriya mudiri Z.K. Tulyametova, katta laborant F. Ortiqova.

2005 yildagi kafedra jamoasi

Kafedra jamoasi o`quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy izlanishlarni Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim va Sog`liqni saqlash vazirliklari chiqargan buyruqlarga, hamda Toshkent farmatsevtika instituti ilmiy kengashi va rektoratining qarorlariga tayangan holda olib bordi.

Kafedraning ilmiy ishlari “Dori vositalar yaratish uchun mahalliy xomashyolarni qo`llab dispers sistemalar va koordinatsion birikmalar olish, ularni modifikatsiyalash va kolloid kimyoviy xossalarini o`rganish” (ro`yxat sanasi 01.200009726) yo`nalishi bo`yicha olib borildi.

Bu davrda kafedrada bajarilgan ilmiy ishlar birin ketin ishlab chiqarishga joriy etila boshlandi. Kobalt‑30, Kupir, Piratsin, Mumiyo-01 tabletkasini ishlab chiqarish “O`zximfarm” korxonasida, Mumiyo-asil 150 mg, Ferask, Ferask-F kapsulalari hamda Kupir, Piratsin dori shakklarini esa MChJ “Remedy” qo`shma korxonasida ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi.

2007 yilda mahalliy bentonitlar asosida S.N. Aminov, Sh.Sh. Shamsievlar tomonidan yaratilgan “Navbaxtit” va “Navbaxtit kukuni” ga FSP 42 Uz-02026972-0710-2007 va FSP 42 Uz-02026972-0711-2007 korxona farmakopeya maqolalari qayta ro`yxatdan o`tkazildi.

14 iyul 2006 yildagi O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “Mahalliy dori vositalari va tibbiyot ashyolarini ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash haqidagi” qarori kafedra hayotida muhim voqea bo`ldi. Mahalliy xom ashyolar asosida dori vositalari yaratish bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan kafedra professor-o`qituvchilari O`zbekistonda ko`p miqdorda o`stiriladigan, xalq tabobatida qo`llanadigan Topinambur (Helianthus tuberosis), Sarimsoq piyoz (Allium sativum L.), Semenov rodiolasi (Rhodiola Semenova L.) ildizi, oltingugurt, mumiyo va bentonit kabi mineral xom ashyolar asosida dor vositalari yaratildi.

2007 yilning 28 avgustida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni  bilan professor S.N. Aminovga “ O`zbekiston Respublikasi fan arbobi” unvoni berildi.

2012  yil 3 sentyabridagi Toshfarmi rektorining 95-K sonli buyrug`i bo`yicha S.N. Aminov kafedra mudirligidan o`z hoxishi bo`yicha kafedra professori lavozimiga o`tkazildi. Anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasiga 2012-2016 yillarda jamoatchilik asosida kafedra mudiri vazifasini bajarish farmatsevtika fanlari doktori, professor A.N. Yunusxo`jaev zimmasiga yuklatildi.

Hozirda kafedrada 1 nafar O`zbekiston fan arbobi, 7 nafar fan doktorlari, ulardan 4 nafari professorlar, 1 nafar falsafa fanlari doktori (PhD), 6 nafar fan nomzodlari, ulardan 4 nafari dotsentlar faoliyat ko`rsatishmoqda. Kafedra professor o`qituvchilari fan va texnologiyalar agentligi buyurtmasi bilan tanlov asosida fundamental, ilmiy-amaliy, innovatsion va yosh olimlar ilmiy tadqiqot ishlarini grant asosida bajarish bo`yicha hamkorlikda izlanishlar olib borishgan.

Kafedra jamoasi haqida batafsil ma’lumot

Anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasining 2017 yildagi jamoasi (birinchi qatorda chapdan o`ngga: dots. Cho`lponov K.A., dots. Qurbonova M.M., professorlar Shobilolov A.A., Aminov S.N., To`xtaev X.R. va Olimov N.Q., va boshqalar).

Bugungi kunda farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasida 20 ta  professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar faoliyat olib borishmoqda. Kafedra tarkibida jami 3 ta bo‘limlar faoliyat yuritmoqdalar. Ular:  “Fizik va kolloid kimyo” bo‘limi, “ Noorganik kimyo” bo‘limi, kafedraning “Analitik kimyoi”, kafedra qoshidagi laboratoriyadir.

 

“Fizik va kolloid kimyo” bo‘limi

Qurbonova Moxira Maxmudovna

 

Kafedra dotsenti, farmatsevtika fanlari nomzodi

Tel.:(0371) 242-09-41

Tug’ilgan yili:1951-yil

E-pochta:mahira51@mail.ru

1973-yilda Toshkent Davlat  universitetining (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomli O`zMU) kimyo fakultetini tugatgan va kimyogar mutaxassislgini olgan. U o`z ish faoliyatini O`zbekiston FanlarAkademiyasining bioorganik kimyo institutida katta laborant lavozimida boshlagan. So`ngra muxandis, katta muhandis va kichik ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat yurgizgan. 1989 yildan Toshkent farmatsevtika institutning anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasida assistant vazifasida ishladi. 1996 yilda “Razrabotka metodov ochistki, standartizatsii nekotorыx biologicheski aktivnыx proizvodnыx anabazina i lupinina” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1997 yilda dotsent unvonini olgan va shu yildan kafedra dotsenti lavozimida faoliyat ko`rsatib kelmoqda. M.M. Qurbonova 2001-2003 yillarda institut xotin-qizlar qo`mitasi raisi, 2003-2005 yillarda institut murabbiylar kengashi raisi sifatida faoliyat yuritgan.

Kafedraning tasdiqlangan ilmiy ishlar rejasiga binoan dispers dori sistemalar ustida ilmiy izlanishlar olib boradi. Ilmiy izlanish natijalari asosida 70 dan ilmiy maqola chop etgan, 1ta o`quv qo`llanma, 1ta masalalar to`plami, 35 dan ortiq uslubiy qo`llanmalar nashr etgan. Dori vositalarini standartlash ustida olib borgan izlanishlari natijasida 8 nomdagi dori preparati uchun me’yoriy hujjatlar tasdiqlangan. Dotsent M.M. Qurbonova hammuallifligida chop etilgan “Fizik va kolloid kimyo fanidan amaliy mashg`ulotlar” o`quv qo`llanmasi 2007 yilda “Yilning eng yaxshi o`quv adabiyoti”tanlovida II o`rinni olgan, “Fizik va kolloid kimyodan masalalar to`plami” 2012 yilda “Yilning eng yaxshi o`quv adabiyoti muallifi-2012” tanlovida III-o`rin bilan taqdirlangan. Ko`p yillik samarali mehnati, tibbiy ta’limni tashkil qilishda qo`shgan hissasi, institutda malakali kadrlarni tayyorlashda, talaba yoshlar ongi va qalbida ma’naviy fazilatlarni kamol topdirishda qat’iyat bilan ishlayotgani, ish faoliyati davomida yuqori natijalarga erishayotgani uchun O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi,O`zbekiston Sog`liqni Saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi va institut rektorining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

 

Azimova Bahtigul Jovli qizi

 

Kafedra assistenti

Tel.:(90) 357-77-58

Tug’ilgan yili: 1977-yil

E-pochtabaxt_gulim@rocketmail.com

1999-yilda Qarshi Davlat Universitetining kimyo fakultetini tugatgan va kimyogar degan mutaxassislikka ega bo‘lgan. U o`z faoliyatini 2000 yda Qarshi shahridagi 26-maktabda kimyo o’qituvchisi sifatida boshlagan. 2004 yda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Biokimyo instituti lipidlar biokimyosi laboratoriyasiga kichik ilmiy xodim sifatida ishlagan. 2005 y dan 2008 y gacha O’zR FA Biokimyo instituti qoshidagi aspiranturada tahsil olgan. 2008 y da akademik Soatov T.S. rahbarligida “Eksperimental kantserogenezda o`sma hujayralarining apoptozi va proliferatsiyasining tiroksin vositasida boshqariluvi” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli ximoya qildi.

O’zining dissertatsiya ishi bajarilishi davomida u tomonidan biokimyoviy va hujayra biologiyasi bo’yicha zamonaviy usullar o’zlashtirib olindi. Aspiranturada tahsil olish chog’ida va keyinchalik ham doimo o’zining ilmiy va professional darajasini oshirish ustida shugullanmoqda, Respublika va xorijiy mamlakatlarning taniqli olimlari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatdi. Bir necha marotaba Respublika va chet el miqyosidagi ilmiy forumlarda o’zining ilmiy ma`ruzalari bilan ishtirok etgan.

2006 y da Azimova B.J. Gannover universiteti (Germaniya) stipendiyasiga sazovor bo’lgan. 2009 y da CAS-TWAS, №3240223269 doktorlik dasturi doirasi tanlovi g’olibi hamda 2010-2011 y larda doktorlik ishlarining ma`lum qismini Xitoy Fanlar Akademiyasi Chengdu biologiya instituti tabiiy moddalar markazida bajargan.  .

Azimova B.J. 2012-2013 y larda FA-0-15105 “Giperandrogeniya sindromiga ega ayollarda aromataza faolligini mahalliy Ekdisten preparati vositasida oshirish uslubini ishlab chiqish” mavzusidagi loyiha rahbari bo’lgan.

U 2016 y da CAS-PIFI doktorlik dasturi doirasi tanlovi g’olibi hamda 2017-2018 y larda doktorlik ishlarining ma`lum qismini Xitoy Fanlar Akademiyasi Chengdu biologiya institutida bajargan. Hozirgi vaqtda esa Toshkent farmatsevtika instituti umumiy va anorganik kimyo kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat ko’rsatmoqda.

U 40 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi hamda maqolalari nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda va Respublika miqyosidagi nashrlarda chop etilgan.

 

Muhammadiyeva Dilrabo Akromovna

 

Kafedra assistenti

Tel.:(97) 464-95-25

Tug’ilgan yili:1978-yil

E-pochtamuhammad.dil@mail.ru

2000-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika istituti (hozirgi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti) tabiiy-geografiya fakulteti kimyo-biologiya bolimini tugatgan va kimyo biologiya o’qituvchisi degan mutaxassislikka ega bo‘lgan. U o`z faoliyatini maktabda boshlagan. 1998-1999yillar Shayhontoxur tumanidagi 141-o’rta maktabda, 2003-2004 yillar Toshkent yuridik texnikumida, 2006-2011 yillar Toshkent Temir Yo;llar Muxandislik institutida, 2011-2016 yillar Toshkent Yuridik kollejida, 2016 2018 yillar 2-Toshkent yuridik kollejda o’qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan. hozirgi vaqtda – Toshkent farmatsevtika instituti “Umumiy va noorganik kimyo” kafedrasi assistenti lavozimlarida ishlagan. Uning ilmiy maqolalari nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda va respublika miqyosidagi nashrlarda chop etilgan. U ko’plab ilmiy maqola va tezislar tezislar muallifidir.

 

Hazratqulova Sevara Musinovna

 

Kafedra Assistent

Tel.:(0 371) 274-22-76

Tug’ilgan yili:1983-yil

E-pochtasevara.hazratqulova.83@mail.ru

2001 yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining kimyo fakultetiga bakalavriat bosqichiga o‘qishga qabul qilingan. 2005 yil shu universitetni Tabiiy birikmalar kimyosi mutaxasisligi bo‘yicha magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingan. 2007–2011 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining kimyo fakultetida 02.00.06 – “YUqori molekulyar birikmalar” ixtisosligi bo‘yicha stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchisi sifatida tahsil olgan. 2011-2018 yildan buyon O‘zbekiston Milliy Universiteti polimerlar kimyosi kafedrasida katta laborantlik lavozimida ishlagan.

2018-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika instituti anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasida assistenti  lavozimida ishlab kelmoqda. 2017- yilda  S.M. Hazratqulova «Tabiiy oksikislotalar N-almashgan akrilamidlarni radikal polimerlanishi» mavzusida kimyo fanlari bo‘yicha PhD doktorlik  dissertatsiyasini himoya qilgan. Assistent S.M.Hazratqulova 40 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir. Uning ilmiy maqolalari nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda va respublika miqyosidagi nashrlarda chop etilgan.

 

Axmedova Nilufar Baxodir qizi

 

Lavozimi: Kafedra assistenti

Tel.:+99897 322-66-64

Tug’ilgan yili:01.05.1994 y

E-pochtachemistry.96@mail.ru

2012-2016 yy – Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi. 2016-2018 yy – O’zbekiston Milliy universiteti magistri. 2018-yildan hozirgi vaqtga qadar Toshkеnt farmatsеvtika instituti “Noorganik, fizik va kolloid kimyo” kafеdrasi assistenti. N.B.Axmedova tomonidan 2 ta ilmiy maqola, 10 ta tеzis chop etilgan.

 

F.I.SH. Jumabayev Farxod Raxmatovich

 

Lavozimi: Kafedra assistenti

Tug’ilgan vaqti: 16.08.1990 y

Telefon: +99899 893-87-50

e-mail: farhodjumabayev@gmail.ru

2013-2017 yy – Nizomiy nomidagi Toshkеnt davlat pedagogika universiteti talabasi. 2017-2019 yy – Nizomiy nomidagi Toshkеnt davlat pedagogika universiteti magistri. 2019 y- h.v. Toshkеnt farmatsеvtika instituti Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafеdrasi assistenti.

“Noorganik kimyo ” bo‘limi

To`xtaev Hakim Rahmonovich

 

Kafedra dotsenti, farmatsevtika fanlari doktori

Tel.:(0 371) 256-36-48

Tug’ilgan yili:1952-yil 

E-pochtaHakim52@mail.ru

1974 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mehnat   faoliyatini O`zbekiston fanlar akademiyasi kimyo institutida  boshlagan. 1987 yildan Toshkent farmatsevtika instituti anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasining dotsenti. Kimyo fanlari nomzodi (1979). Ilmiy sohasi dori dispers sistemlari, geterogen dori shakllari, sirt-faol moddalar va ularni dorilarning xossalarini yaxshilashda qo`llashni o`z ichiga oladi.

Ilmiy tadqiqotlari yuzasidan 100 dan ortiq  ilmiy ishi chop etilgan. Ulardan 51 tasi ilmiy maqola, 10 ta intelektual mulk egaligi hujjatlari, shulardan 6 tasi nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan. Oxirgi 5 yil mobaynida   6 ta maqola shulardan 2 tasi xorijiy jurnallarda nashr qilingan.

Ilmiy- tadqiqot grantlari doirasida davlat granti (I-0227) inovatsion grantga rahbarlik qilgan.

Pedagogik faoliyatida 1998-2013 yillarda  farmatsevtika institutlari talabalari uchun 3 ta o`quv qo`llanmasi va darslik yaratishda ishtirok etgan. 20 dan ortiq uslubiy qo`llanmalar muallifi. 2006 yilda O`zbekiston respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi “Iste’dod” jamg`armasi “ yilning eng yaxshi darsligi va o`quv qo`llanmasi muallifi”grantining sohibi.

Toshkent farmatsevtika instituti huzuridagi DSc. 27.06. 2017.Far|B 32.01 raqamli Ilmiy kengashning va Ilmiy seminarning a’zosi. 2012-2014 yillarda kimyo fani bo`yicha shahar, Respublika va xalqaro olimpiadalarning jyuri a’zosi.

2014 yilda « Dorilarning dispers sistemalarini kolloid-kimyoviy xossalari va texnologik  parametrlarini sirt-faol moddalar yordamida boshqarish» mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. Pedagogik faoliyatida 1998-2013 yillarda  farmatsevtika institutlari talabalari uchun 3 ta o`quv qo`llanmasi va darslik yaratishda ishtirok etgan. 20 dan ortiq uslubiy qo`llanmalar muallifi. 2006 yildaO`zbekiston respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi “Iste’dod” jamg`armasi “ yilning eng yaxshi darsligi va o`quv qo`llanmasi muallifi”grantining sohibi.

Toshkent farmatsevtika instituti huzuridagi DSc. 27.06. 2017.Far|B 32.01 raqamli Ilmiy kengashning va Ilmiy seminarning a’zosi. 2012-2014 yillarda kimyo fani bo`yicha shahar, Respublika va xalqaro olimpiadalarning jyuri a’zosi.

 

Cho’lponov Komiljon Aminjonovich

 

Kafedra dotsenti

Tel.:(0 371) 256-36-48

Tug’ilgan yili:1952-yil 

E-pochta:komiljon2209@gmail.com.

1975-yilda Toshkent davlat  universitetining (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomli O`zMU) kimyo fakultetini tugatgan va fizik-kimyo o`qituvchisi degan mutaxassislikka ega bo’lgan. 1975yil Toshkent Politexnika instituti kimyo texnologiya fakulteti, polimerlar muammosi laboratoriyasining ilmiy xodimi bo’lib ishlagan. 1982-yilda Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1988-yildan boshlab ToshPI kimyo kafedrasining assistenti, dotsenti bo’lib ishlagan. 1993-yildan beri Toshkent farmatsevtika institutida dotsent, Ustoz-shogirt kengashi raisi hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha prorektor lavozimida ishlagan. 70dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir. Shundan 2tasi darslik, 27tasi o’quv uslubiy qo’llanma, 5tasi avtorlik guvohnomasidir. 2006-yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ’’Istedod” jamg’armasi yilning eng yaxshi darsligi va o’quv adabiyoti  muallifi.

 

Sultonov Boxodir Elbekovich

 

Kafedra dotsenti, kimyo fanlari doktori

Tel.:(90) 329-27-59

Tug’ilgan yili:1968-yil 

E-pochtabse-chemist-68@mail.ru

1991-yilda Toshkent davlat  universitetining (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomli O`zMU) kimyo fakultetini imtiyozli tugatgan va kimyogar o’qituvchi mutaxassislini olgan. U o`z mehnat faoliyatini Namangan viloyati “Ijodkor” kichik korxonasida bosh muhandis lavozimida boshlagan; 2000-2003 yillarda O’zbekiston Respublikasi Umumiy va noorganik kimyo instituti kunduzgi bo’lim aspiranti, 2003-2004 yillarda Toshkent kimyo-texnologiya institute “Noorganik moddalar texnologiyasi” kafedrasi muhandisi lavozimida ishlagan. 2004 yilda “Markaziy Qizilqum fosforitlarini boyitish va ularni kompleks o’g’itlarga aylantirish texnologiyasini yaratish” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 2004-2006 yillarda Namangan muhandislik pedagogika instituti “Kimyo” kafedrasida katta o’qituvchi, 2006-2007  yillarda Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumani “S-Elbek” fermer xo’jaligi ish yurituvchisi, 2007-2008  yillarda Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumani “Ekoxim-K” ilmiy-tadqiqot va ta’limot markazi katta ilmiy xodimi, 2008-2011 yillarda Namangan muhandislik pedagogika instituti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasida katta o’qituvchi lavozimlarida ishlagan. 2012-2014  yillarda O’zbekiston Respublikasi Umumiy va noorganik kimyo instituti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi (doktorant). 2017 yilda “Past navli Markaziy Qizilqum fosforitlarini yuqori samarador va tejamkor usulda kimyoviy boyitish texnologiyasi” mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. 2017 yil sentabrdan buyon Toshkent farmatsevtika institutning “Noorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo” kafedrasi dosent lavozimida faoliyat ko’rsatmoqda. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Umumiy va noorganik kimyo instituti “Fosforli o’g’itlar” laboratoriyasida o’rindoshlik asosida etakchi ilmiy xodim lavozimida faoliyat ko’rsatmoqda. Dotsent B.E. Sultonov 2 ta ixtiro va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir. Uning ilmiy maqolalari nufuzli jorijiy ilmiy jurnallarda va respublika miqyosidagi nashrlarda chop etilgan.

 

Kosimova Munisa Bokievna

 

Kafedra assistenti

Tug’ilgan yili:1964-yil

Tel.:(0 371) 256-36-48

E-pochta kosimova_munisa@mail.ru

1987-yilda Toshkent davlat Universitetining (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomli O‘zbekiston Milliy universiteti) kimyo fakultetini tugatgan va kimyogar o`qituvchi degan mutaxassislikka ega bo‘lgan. U o`z faoliyatini Toshkent Davlat Universitetida boshlagan; 1983 yilda kimyo fakulteti anorganik kimyo kafedrasida  laborant, katta laborant,  katta muxandis va  assistent lavozimlarida ishlagan. 2009-yildan  hozirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika instituti anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasida assistant lavozimida  ishlab kelmoqda.  M.B. Kosimova  8 ta o`quv uslubiy qo`llanmalar, shuningdek, 8- tezislar muallifidir. U kafedra ma’naviy, ma’rifiy ishlariga mas’ul. 2017/2018 o’quv yili yakuniy nazorat O’tkazish bo’yicha maxsus komissiya a’zosi.

 

Zaripova Rayima Sharifovna

 

 Kafedra assistenti

Tug’ilgan yili:1965-yil

Tel.:(0 371) 256-36-48

E-pochta:

1993-yilda Toshkent davlat Universitetining (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomli O‘zbekiston Milliy universiteti) kimyo fakultetini tugatgan va kimyogar o`qituvchi degan mutaxassislikka ega bo‘lgan. U o`z faoliyatini Toshkent Davlat Universitetida boshlagan; 1996-2000 yy O`zbekiston Milliy universiteti aspiranti, 2000 yilda kimyo fakulteti katta laboranti, 2004-2012 yy Toshkent shahar energota’mirkimyo korxona laboratoriyasi muhandisi, 2012-2014 yy. – Toshkent shahar 326-sonli maktab o`qituvchisi, 2014 y. – x.v.   – Toshkent farmatsevtika instituti anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi   assistenti lavozimlarida ishlagan. U 1 ta o`quv uslubiy qo`llanmalar, shuningdek, 8-ilmiy maqola va 7- tezislar muallifidir. U kafedra litseylar bilan xamkorlik  ishlariga mas’ul.

 

Xamidov Orifjon Jaxongirovich

 

Kafedra assistenti

Tug’ilgan yili:1983-yil

Tel.:(0 371) 256-36-48

E-pochta:  orif.xamidov@mail.ru

2004-yilda Samarqand davlat Universiteti kimyo fakultetini tugatgan va kimyo fani o`qituvchisi degan mutaxassislikka ega b o`lgan. 2008-yilda Mirzo Ulug`bek nomli O‘zbekiston Milliy universitetini magistraturasini  tugatgan. U  2008-yilda  Toshkent davlat jismoniy tarbiya institutining biokimyo va gigiena kafedrasida o`qituvchi, 2011- yilda Navoiy davlat konchilik institutining kimyoviy texnologiya kafedrasida assistent, 2016-yilda Toshkent kimyo texnologiya instituti analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasida assistent lavozimlarida ishlagan. 2017- yildan  va xozirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika instituti anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda. O.J. Xamidov 5 ta ilmiy maqolalar, 30 dan ortiq  tezislar muallifidir.

 

Tulyametova Ziroat Karimovna

 

Kafedra laborotoriya mudiri

Tel.:(0 371) 256-36-48

Tug’ilgan yili:1952-yil

E-pochta: Ziroat52@mail.ru

1974-yilda Toshkent davlat Universitetining (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomli O‘zbekiston Milliy universiteti) kimyo fakultetini tugatgan va kimyogar degan mutaxassislikka ega bo‘lgan. U o`z faoliyatini Toshkent farmatsevtika zavodi markaziy laboratoriyasida boshlagan; 1985- yildan Toshkent farmatsevtika institutida biologik kimyo kafedrasida katta laborant, 1991-yildan anorganik va fizik kolloid kimyo kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. 2004-yildan hozirgi vaqtgacha noorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasida laboratoriya mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Kafedraning ilmiy to`garagida faoliyat ko`rsatib alohida yutuqlarga erishgan,

“Ibn Sino” nomli Davlat stipendiyasiga sazovor bo`lgan talabalar

Kafedra iqtidorli talabalari Respublika kimyo fan olimpiadalarida sovrinli o`rinlarni olib kelmoqda

Ahmadova G. A. 2013 yil talabalar o`rtasida Respublika fan olimpiadasida “Kimyo” fanidan ishtirok etib faxrli 2-o`rinni egalladi Boboev Z.D. 2015 yil talabalar o`rtasida Respublika fan olimpiadasida “Kimyo” fanidan ishtirok etib faxrli 1-o`rinni egalladi. Fazliev S.A. 2016 yil talabalar o`rtasida Respublika fan olimpiadasida “Kimyo” fanidan ishtirok etib faxrli 1-o`rinni egalladi

AAFK kafedrasidagi “Ar-Roziy” nomli kimyogarlar to`garagiga iqtidorli talabalar jalb etilgan.

 O`zR FA Umumiy va noorganik kimyo institutida AAFK kimyo kafedrasining filialini ochish marosimi.

     

O`zR FA Umumiy va noorganik kimyo institutida 2  kurs  Sanoat farmatsiya talabalari kolloid kimyo dars jarayonida

     

Kafedrada olib borilayotgan o‘quv-uslubiy faoliyat haqida ma’lumot.

Kafedrada olib borilayotgan o‘quv ishlar (O‘tilayotgan fanlar, rejalar, vazifalar, mavzular, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ochiq ma’ruzalar ro‘yhati)

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

5510500 – Farmatsiya (Klinik farmatsiya)

5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtik taxlil)

5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtika ishi)

5111000 – Kasb ta’limi (5510500-Farmatsevtika ishi)

5510600 – Sanoat farmatsiyasi (dori vositalari)

5510600 – Sanoat farmatsiyasi (farmatsevtik biotexnologiya)

5510600 – Sanoat farmatsiyasi (kosmetsevtika)

5320500 – Biotexnologiya (farmatsevtik biotexnologiya)

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

Noorganik kimyo

Fizik va kolloid kimyo

Analitik kimyo

Ma`ruzamashg`ulotlarning kalendar tematik rejasi

t/r Ma`ruza mashg`ulotlarining mavzulari Soat
1 Fizik kimyo predmeti, uning farmatsiyadagi o`rni. Termodinamikaning 1- qonuni. Termokimyo. Gess qonuni 2
2 Termodinamikaning II qonuni. Entropiya. Termodinamik potentsiallar 2
3 Kimyoviy muvozanat termodinamikasi. Massalar ta’siri qonuni. Muvozanat konstantasi. Kimyoviy reaktsiyalarning izoterma tenglamalari 2
4 Fazoviy muvozanat. Fazoviy muvozanat termodinamikasi. Bir komponentli sistemalar. Suvning holat diagrammasi. Ikki komponentli sistemalardagi muvozanat. Gibbsning fazalar qoidasi. Termik analiz. Uning farmatsiyadagi ahamiyati 2
5 Eritmalar. Noelektrolitlar eritmasi. Erish jarayonining termodinamikasi. Suyultirilgan eritmalarning kolligativ xossalari. Raul qonunlari 2
6 O`zaro cheksiz aralashadigan suyuqliklar. Konovalov qounlari. Ikkita o`zaro aralashmaydigan suyuqliklar xossasiga uchinchi komponent ta’siri. Taqsimlanish qonuni. Ekstraktsiya 2
7 Elektrolit eritmalarining elektr o`tkazuvchanligi. Solishtirma va ekvivalent elektr o`tkazuvchanlik. Ionlarning mustaqil harakatlanish qonuni. Elektr o`tkazuvchanlikning amaliy ahamiyati 2
8 Elektrodda sodir bo`ladigan jarayonlar. Nernst tenglamasi. Elektrod turlari, taqqoslash elektrodlari. Galvanik elementlar. EyuK 2
9 Potentsiometriya. Potentsiometrik usulda pHni aniqlash. Oksidlanish -qaytarilish elektrodlari 2
10 Kimyoviy reaktsiyalar tezligi. Reaktsiyalarning molekulyarligi va tartibi. Reaktsiya tartibini aniqlash usullari. Oddiy va murakkab reaktsiyalar 2
11 Reaktsiya tezligiga haroratning ta’siri. Aktivlanish nazariyasi. Dori vositalarining saqlanish muddatini aniqlash. Kataliz. Katalizatorlar ta’sirini izohlovchi nazariyalar

2

12 Sathdagi hodisalar. Sorbtsiya, adsorbtsiya, absorbtsiya, xemosorbtsiya tushunchalari. Qattiq jism sarhidagi adsorbtsiya. Adsorbtsion tenglamalar 2
13 Mono- va polimolekulyar adsorbtsiya. Polyani va BET nazariyalari. Molekulyar va ion almashinish adsorbtsiyalari. Ionitlar.Xromatografiya usullari va ularni dori vositalarini tahlil qilishda qo`llash 2
14 Dispers sistemalar. Ularning tabiati, sinflanishi va olinishi. Kolloid eritmalarni tozalash. Ularning molekulyar-kinetik, optik xossalari 2
15 Kolloid eritmalarning tuzilishi. Elektrokinetik xossalari. Kolloid.eritmalarning barqarorligi va koagulyatsiyasi. Shultse-Gardi qoidasi 2
16 Dag`al dispers sistemalar. Suspenziya, emulsiya,  aerozollar va kukunlar. Sirt-faol moddalar. Ularning sinflanishi, GLB soni. SFM larning halq xo`jaligi  va farmatsiyadagi ahamiyati

2

17 Yuqori molekulyar birikmalar (YuMB). Tuzilishi, sinflanishi, barqarorligi. YuMB larning bo`kishi.va erishi. Chekli va cheksiz bo`kish 2
18 Dispers sistemalarining qovushqoqligi. Shtaudinger tenglamasi. YuMB eritmalarining osmotik bosimi. Ularning xossalari va farmatsiyadagi ahamiyati 2

 

Ma`ruza mashg`ulotlari multimediya qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada akademik guruhlar oqimi uchun o`tiladi

Amaliy mashg`ulotlarning kalendar tematik rejasi

Mash-g`ulot №   Amaliy mashg`ulotlarning mavzulari

Soat

1  3

 

 

  Fazoviy muvozanat

3

2 5

 

 

  Kimyoviy termodinamika. Termokimyo. Seminar

3

3 11

 

 

  Elektrolit eritmalarining elektr o`tkazuvchanligi

3

4 14   E.Yu.K. va elektrod jarayonlari.

3

 

Laboratoriya mashg`ulotlarning kalendar tematik rejasi

Mashg`ulot turi MASHG`ULOT MAVZUSI   Soat  
1

Labor.

Amaliy mashg’ulotlar olib borish tartibi, ishlarni rasmiylashtirish Kalorimetr doimiysini aniqlash   3  
 2

Labor.

Tuzlarning erish issiqligini aniqlash    3  
 3

Labor.

Monobromkamfora salol sistemasining termik tahlili   3  

 

Список опубликованных работ сотрудников кафедры: