Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

Kariyeva Yoqut Saidkarimovna

Ilmiy darajasi va unvoni:

Farmatsevtika fanlari doktori, professor

Lavozimi:

Kafedra mudiri

Qabul vaqti:

Dushanba-Chorshanba-Juma (9:00-15:00)

Tel.:

(0 371) 256-19-63

E-pochta:

Veb-sayt:

 

Dori turlari texnologiyasi kafedrasida o‘qitiladigan fanlar farmatsevtik amaliyotni yo‘naltiruvchi fanlardan hisoblanib, u o‘rta va oliy farmatsevtik ta’lim muassasalarida asosiy ixtisoslik fanidir. Kafedra 1934-yili Toshkent tibbiyot instituti hududida «Dori turlari va galen preparatlari texnologiyasi» kafedrasi nomi bilan tashkil topgan. Uning tashkil topishida ToshDavTI qoshidagi dorixona mudiri K.I.Ruben va xodimlari M.P.Frimerman va Ya.D.Kutiklar astoydil tashabbus ko‘rsatgan. O‘sha yillarda kafedrada atigi 4 ta xodim bo‘lib, farmatsiya magistri dotsent V.I.Sheblikin kafedraga mudirlik qilgan.

1941-yili kafedra kengayib, uni farmatsevtika fanlari doktori, professor Z.M.Umanskiy boshqardi. Professor Z.M.Umanskiy ilmiy salohiyati yuqori, yuksak ma’naviyat va madaniyatga ega, bag‘ri keng inson-ustozlardan biri edi. Bu davrda kafedra har tomonlama yuksalib rivojlandi. Kafedraning professor-o‘qituvchilar tarkibi 7 kishidan iborat bo‘ldi: Z.M.Umanskiy, Z.N.Nazirov, A.SH.Xamzina, T.K.Qosimova, E.A.Yudovich, N.G.Berezina va laborant L.I.Fedotova (1941-1960 yy.).

1950-yildan boshlab kafedraning ilmiy salohiyatini yuksaltirish maqsadida institut bitiruvchilaridan aspirantura orqali yosh ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Kafedraning dastlabki aspirantlari A.Sh.Xamzina, T.K.Kosimova va I.M.Mansurxanovalar edi.

Kafedra assistenti Z.N.Nazirov R.L.Xazanovich rahbarligida «Zarafshon molochay o‘simligining farmakognostik o‘rganish» mavzusida ilmiy ishlar olib borgan va 1957-yilda Tartu shahrida (Estoniya) dissertatsiya ishini himoya qilib, farmatsevtika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.

Institutning birinchi aspiranti T.Q.Qosimova 1960-yilda Tartu shaxrida «Toshkent ko‘llarida ajgon o‘simligini o‘stirish va undan dorivor preparatlar olinishi» mavzusida farmatsevtika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini yoqlagan. Shu yillarda kafedra xodimi ass. E.A.Yudovich «Inula o‘simligini farmakognostik o‘rganish» dissertatsiya ishi ustida prof. R.L.Xazanovich rahbarligida ish olib borgan va 1960-yilda farmatsevtika fanlari nomzodi darajasiga ega bo‘lgan.

Prof. Z.M.Umanskiy rahbarligida A.Sh.Xamzina tomonidan gidrofob moddalardan hab dori turining texnologiyasi taklif etildi va 1961-yili Tbilisi shahrida «Dorixona xab dorilar texnologiyasining yaxshilash borasida» mavzusi bo‘yicha farmatsevtika fanlari nomzodi darajasini olish uchun dissertatsiya ishini himoya qildi.

1958-1963 yillardagi tadqiqotlarda N.G.Berezina, A.Sh.Xamzina va Z.M.Umanskiylar hab dorini olish uchun obakilash qozonidan foydalanishni birinchi marta taklif etganlar. Prof. Z.M.Umanskiy rahbarligida I.M.Mansurxanova o‘rik yelimini emulsiyalarda ishlatilishini taklif etgan va 1969-yilda «Ayrim dori turlarini emulsiyalar asosida tayyorlash» mavzusi bo‘yicha farmatsevtika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.

1969-yili Moskvada professor Z.M.Umanskiy rahbarligi ostida M.X.Islamgulov «Qattiq dori moddalarini maydalash va ularning dispersligini dori turlarida aniqlash» mavzusida farmatsevtika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qildi.

Dorixona sharoitida qo‘llash uchun M.X.Islamgulov tomonidan ixcham tegirmon taklif etilgan va uni qattiq dori moddalarini maydalash va aralashtirish uchun mo‘ljallangan asbob deb atalgan. Ushbu asbobdan hozirgi kungacha o‘quv jarayonida qo‘llanilib kelinmoqda.

Kafedrada nafaqat dorixonadagi dorilar muammosi bo‘yicha izlanishlar olib borilgan, balki tayyor dorilar ichida katta o‘rinni egallagan tabletka dori texnologiyasi bo‘yicha tadqiqotlar ham olib borilgan bo‘lib, ushbu tadqiqotlarni institutni endigina bitirgan yosh xodim S.M.Mahkamovga topshirilgan edi. S.M.Mahkamov tabletka texnologiyasi bo‘yicha keng ko‘lamli ilmiy izlanishlar olib borib, shu sohada katta yutuqlarga erishdi. U 1962-yilda Sobiq Ittifoqda birinchi bo‘lib ushbu dori turi texnologiyasi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Shu davrga kelib, kafedradagi tayyor dorilar texnologiyasi bo‘yicha tadqiqotlar ko‘lami kengayib, 1963-yilda kafedra mustaqil ikkita kafedraga ajraldi: “Sanoat dorilari texnologiyasi” va “Dorixona dorilari texnologiyasi” kafedralari.

Bu davrga kelib, “Dorixona dorilari texnologiyasi” kafedrasining professor-o‘qituvchilar jamoasi ham son hamda sifat jihatidan yuksalib bordi. Yosh ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlashni davom ettirish maqsadida kafedraga institut bitiruvchilari orasidan 1964-yilda stajer-tadqiqotchi sifatida Z.A.Nazarova va aspiranturaga L.A.Barasanova va L.P.Nikonovalar qabul qilindi. Z.A.Nazarova paxta moyi chiqindisidan “Soapstok mahsulotidan surtma asosini olish”, L.A.Barasanova esa “Eglifinni olish va uning asosida V guruh vitaminlar saqlovchi shamchalarni tayyorlash” va L.P.Nikonova “Katta qora andiz o‘simligining fitokimyo o‘rganish va davolovchi preparatini ishlab chiqish” mavzularida ilmiy ishlar olib borishdi va 1973-1977 yillarda muvaffaqiyatli farmatsevtika fanlari nomzodi darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qildilar.

Kafedraga 1976-1985 yillarda farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent Z.N.Nazirov mudirlik qildi. Z.N.Nazirov mudirligini ko‘p yillar davomida institut partiya tashkiliy qo‘mitasi raisligi bilan qo‘shib olib bordi. U Dori turlari texnologiyasi fani bo‘yicha qator ilmiy maqolalar va 20 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning muallifi bo‘lib, 1976-yilda “Dori turlari texnologiyasi” nomli darslikni texnikum talabalari uchun o‘zbek tilida chop ettirgan. Z.N.Nazirov ilmiy rahbarligida 4 ta fan nomzodlari tayyorlandi (M.A.Azimov, N.F.Zufarov, A.I.Nuritdinova, X.A.Xamidova). Ular o‘ta ziyoli, shirinso‘z, nozik tabiatli inson bo‘lib, hozirgi kunda qarilik gashtini surmoqdalar.

Bu vaqtga kelib, kafedra xodimlari 18 kishidan iborat bo‘ldi va ular quyidagi lavozimlarda faoliyat yuritganlar: T.Q.Qosimova, Z.N.Nazirov dotsent, A.Sh.Xamzina katta o‘qituvchi, E.A.Yudovich, I.M. Mansurxanova, N.G.Berezina, L.A.Barasanova, Z.A.Nazarova, M.X.Islamgulov, K.A.Xodjayeva, E.I.Telishevskaya, L.P.Nikonova, M.M.Miralimov, Sh.N.Syaripov, F.N.Zufarov, X.A.Xamidova, A.X.Xalimov, X.Abdusamatovlar assistentlik, so‘ngra dotsentlik lavozimlarida ishlaganlar. Keyinchalik kafedra safiga yangi xodimlar qo‘shilib, uning salohiyati oshdi. Bular: U.Akromov, M.Mirzayeva, D.Nuriddinova va boshqalar.

Dori turlari texnologiyasi kafedrasi o‘quv uslubiy va ilmiy izlanishlarning ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetakchi kafedralar qatorida edi. Laboratoriya darslarida talabalarning o‘quv-tadqiqot ishlari joriy etildi. Kafedraning ilmiy izlanishlari bo‘yicha Respublika va ittifoqning yetakchi ilmiy markazlari bilan hamkorlik o‘rnatildi. Dori turlari texnologiyasi kafedrasining professor-o‘qituvchilari Moskva, Kiyev, Riga kabi shaharlarning nufuzli institutlarida o‘z malakalarini oshirib keldilar. Talabalarni dori turlari texnologiyasi fanidan ishlab chiqarish amaliyotini Respublika viloyatlarini eng yaxshi dorixonalarida o‘tish yo‘lga qo‘yildi. Kafedraning professor-o‘qituvchilari tarkibini kengaytirish va salohiyatini oshirish maqsadida qator xodimlar: M.M.Miralimov, A.X.Xalimov, U.Akramov, Sh.Mavlyanjanov, L.P.Frik Moskva tibbiyot institutining farmatsiya fakulteti aspiranturasiga o‘qishga qabul qilindilar va farmatsevtika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishga muvaffaq bo‘ldilar.

1984-yilda Institut ilmiy kengashining qarori bilan Toshkent shahar “Dori-darmon” boshqarmasining 150-markaziy dorixonasi qoshida institut provizorlar malakasini oshirish fakultetining “Dori turlari texnologiyasi va farmakologiya” kafedrasi alohida tashkil etildi. M.M.Miralimov 1984-1989 yilarda kafedraga mudirlik qildi. Ushbu davrga kelib kafedra zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi. Ilmiy xodimlarning ilmiy va pedagogik salohiyati oshdi. M.M.Miralimov rahbarligida 3 ta fan nomzodi tayyorlandi: (G.S.Yusupova, X.Q.Abdullayeva, N.A.Azimova).

1989-2003 yillarda ushbu kafedraga Z.A.Nazarova mudirlik qildi. U ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi SSVning dorixona xodimlariga toifalar berish bo‘yicha Oliy Attestatsiya komissiyasi a’zosi sifatida birga olib bordi. U 1996-yilda esa farmatsevtika fanlari doktori darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qildi. Z.A.Nazarova rahbarligida surtmalarning strukturasi, xossalari va ta’siri asoslar yordamida kolloid-kimyo va texnologik aspektda boshqarishga asoslangan yangi ilmiy yo‘nalish rivojlantirildi. Z.A.Nazarova tomonidan 150 dan ortiq ilmiy maqolalar, 10 ta dastlabki patent va ijobiy ixtirolar, 9 ta VFM lari, 2 ta darslik va 40 ga yaqin uslubiy qo‘llanmalar chop etildi. Uning rahbarligida 4 ta fan nomzodlari: (S.Tajixo‘jayev, Ya.Q.Nazirova, M.M. Ziyamuxamedova, A.V.Tulanova) va 1-ta fan doktori (I.A.Xodjayeva) tayyorlandi. Z.A. Nazarova 1998-2002 yillarda D.087.12.01 ixtisoslashgan kengashning ilmiy kotibi va 2003-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining OAKini ekspertlar guruhi a’zosi bo‘lgan. U O‘zR Prezidenti qarori bilan “O‘zbekiston Mustaqilligining I yilligi”, “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak medallari va O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorliqlari bilan mukofotlangan.

2003-yildan boshlab kafedra Dori turlari texnologiyasi kafedrasi bilan birlashtirildi va 2004-yilgacha kafedrani dotsenti M.M.Miralimov boshqardi. Ushbu davrda ilk bora bitiruv malakaviy ishi himoyasi o‘quv jarayoniga kiritildi. Bitiruvchi kurs talabalaridan har yili 30-40 nafari kafedrada bitiruv malakaviy ishini bajarib, himoyaga olib chiqqanlar.

2004-yildan boshlab dori turlari texnologiyasi kafedrasini farmatsevtika fanlari doktori, professor K.S. Maxmudjanova boshqara boshladi. Bu davrda kafedradagi o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlarining ko‘lami yanada rivojlantirildi. 2004-2005 o‘quv yilidan boshlab o‘quv jarayonini ishlab chiqarishga yaqinlashtirish va talabalarni o‘zlashtirishni yaxshilash maqsadida “In’eksion dori turlari” mavzusidagi amaliy darslarni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazidagi dorixonada olib borish yo‘lga qo‘yildi.

2004-2014 yillar davomida professor K.S. Maxmudjonova boshqardi. Kafedrada uning boshchiligida 200 dan ortiq ilmiy ishlar va hammualliflikda 50 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 5 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma va 3 ta ilmiy monografiya chop etilgan, uchta Davlat patenti va 10 ortiq VFM loyihalarini tayyorlashda ishtirok etgan. Professori K.S.Maxmudjanovaning rahbarligida S.A.Karimova, F.A.Umarova, N.M.Rizayeva, Sh.F.Iskandarova va N.E.Mamatmusayevalar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildilar.

Kafedra dotsentlari G.M.Tureyeva va Sh.N.Shodmonovalar rahbarligida M.A.Xodjayeva va N.E.Toirovalar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar.

2005-2006 o‘quv yilidan boshlab kafedrada “Dori turlari texnologiyasi” keyinchalik “Dori vositalar va preparatlar texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talabalarini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu yillar mobaynida 50 ga yaqin magistratura talabalari magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladilar va magistr akademik darajasiga ega bo‘ldilar.

Hozirgi kunga kelib kafedrada quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqdalar: professorlar: Z.A.Nazarova, dotsentlar: G.M.Tureyeva, Sh.N.Shodmonova, N.S.Fayzullayeva, Ya.Q.Nazirova, Sh.F.Iskandarova; katta o‘qituvchilar: F.A.Umarova, N.M.Rizayeva va assistentlar: F.X.Maqsudova, A.S. Normurotov,  N.A.Azimova, I.Sh. Sharipova, M.B.Baratova, N.S.Abduxalilova.

Kafedrada o‘tiladigan laboratoriya darslarini kerakli dori va yordamchi moddalar, reaktivlar, idishlar, havoncha, o‘lchov asboblari bilan ta’minlanishida kabinet mudiri va laborantlar jamoasining xizmatini alohida ta’kidlab o‘tish zarur: M.Tulyaxodjayeva, Sh.Azizova, D.Aliyeva, O.D.Berdiqulova va boshqalar.

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash kafedra professori, f.f.d. Z.A.Nazarova va kafedra mudiri, f.f.d. Yo.S.Kariyeva tomonidan yo‘lga qo‘yilgan, tashkil etilgan “Texnolog” va “Kosmetolog” to‘garaklarida esa talabalar dori turlari va kosmetik vositalar texnologiyasining tarixi, zamonaviy holati, rivojlanish istiqbollari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lmoqdalar. Shu bilan birga talabalar bajargan ilmiy ishlar natijalari bilan har yili an’anaviy o‘tkaziladigan Talabalar Ilmiy Jamiyatining anjumanida faol qatnashib kelmoqdalar va sovrinli o‘rinlarni egallamoqdalar.

Kafedra xodimlari hamdo‘stlik mamlakatlaridagi farmatsevtika fakultetidagi xodimlari bilan o‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqotlarda yaqindan hamkorlik qiladilar. Kafedra xodimlari Tojikiston, Qozog‘iston, Rossiya, Ukraina, Belorusiya, Turkiya, Armanistondagi nufuzli ilmiy oynomalarida o‘z ilmiy ishlarini muntazam ravishda chop etadilar hamda u erda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etadilar.

Oxirgi yillarda kafedrada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar ko‘lami kengayib, quyidagicha bo‘ldi:

-dorivor o‘simliklardan hamda tabiiy va sintetik usulda ajratib olingan biofaol moddalardan turli xil dori shakllarining texnologiyasini yaratish;

-tabiiy mahalliy xom ashyolar asosida kosmetik va parfyumeriya vositalari texnologiyasini yaratish;

-noan’anaviy davolash usullarida ishlatiladigan gomeopatik dori turlari texnologiyasini yaratish.

-tabiiy mahalliy xom ashyolardan biologik qo’shimchalar texnologiyasini yaratish.

Dori turlari texnologiyasi kafedrasi xodimlari O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan 2009-2011, 2012-2014 va 2015-2017 yillar uchun e’lon qilingan 5 ta ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalarda ishtirok etdilar. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilgan ilmiy ishlar natijalari bo‘yicha 15 ta dori vositalari uchun me’yoriy hujjatlar tasdiqlanib tibbiyotda qo‘llash uchun ruxsat etildi. Shu bilan birga oxirgi yillarda jami 6 ta dori vositasi uchun patentlar olindi va patent olish uchun O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligiga talabnomalar topshirildi.

Dori turlari texnologiyasi kafedrasi bugungi kunda ilmiy salohiyati bo‘yicha institutda birinchi o‘rinlardan birini egallaydi. O‘tgan davr mobaynida 9 fan doktori, 30 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlangan. So‘ngi 5 yil mobaynida Dori turlari texnologiyasi kafedrasida 5 doktorlik dissertatsiyalar Yo.S.Kariyeva, Sh.F.Iskandarova, F.X.Maksudova, I.A.Xodjayeva va I.Sh.Sharipovalar  tomonidan muvaffaqiyatli  himoya qilindi.

Kafedrada talabalarga bakalavriat bosqichida “Farmatsevtik texnologiya”, “Farmatsevtik texnologiya” (qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun) va “Maxsus dori turlari texnologiyasi” fanlari o‘qitilib kelinmoqda. Ushbu fanlarni samarali o‘qitish uchun zamonaviy talablarga javob beruvchi darsliklar (2009, 2013, 2014 yillarda) va o‘quv qo‘llanmalar (2017-yilda) chop etildi.

Magistratura bosqichida “Dori vositalarini modifikasiyalash va yo’naltirish tizimlari”, “Gomeopatik va veterinar dori vositalarini ishlab chiqarish”, “Dori turlari texnologiyasini rivojlantirish istiqbollari”, “Parafarmatsevtik preparatlar texnologiyasi” va “Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi” fanlari muvaffaqiyatli o‘qitilib kelinmoqda.

2005-2006 o‘quv yilida ochilgan “Kosmetsevtika” yo‘nalishi talabalariga kafedrada birinchi marta “Fitokosmetika”, “Aromalogiya”, “Amaliy kosmetologiya asoslari” hamda “Kosmetik va parfyumeriya preparatlari texnologiyasi” fanlarini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi va ushbu fandan K.S.Maxmudjanova boshchiligida hammualifflar- prof. Z.A.Nazarova, dotsentlar G.M.Tureyeva, N.S.Fayzullayeva, Ya.Q.Nazirovalar yuqorida nomlari keltirilgan fanlardan ma’ruzalar matni, so‘ngra darsliklar chop etildi.

Kafedra xodimlari muntazam ravishda talabalarning guruhlariga murabbiylik qilmoqdalar. Institutda har oy o‘tkaziladigan ma’naviyat kunlarida ular o‘z ma’ruzalari bilan faol qatnashadilar. Shu bilan birga yotoqxonaga muntazam tashrif buyurishadi va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib turadilar.

2014-yil iyul oyidan boshlab kafedrani f.f.d, dots. Kariyeva Yokut Saidkarimovna boshqarib kelmoqda. U 2003-yil 15.00.01–Dori texnologiyasi va farmatsevtika ishini tashkil etish ixtisosligi bo‘yicha “Immunomodulinning quruq sharbati va burun tomchilari texnologiyasini yaratish” mavzusida nomzodlik va 2011-yilda esa 15.00.01–Dori texnologiyasi va farmatsevtika ishini tashkil etish ixtisosligi bo‘yicha “Interferon induktorlik va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega dori preparatlari texnologiyasini yaratish” mavzusida doktorlik disertatsiyalarini yoqladi. Bugungi kungacha Yo.S.Kariyeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasida hamdo‘stlik mamlakatlarida hamda xorijiy davlatlarda chop etiladigan jurnallarda 110 dan ortiq maqolalar chop etilgan. U 15 dan ortiq hammualliflikda o‘quv uslubiy qo`llanmalar va 2-ta o‘quv qo`llanmaning xammualifidir. Yo.S.Kariyeva olib borgan ilmiy izlanishlar natijasida 5 dori vositasiga FM tasdiqlandi va ular tibbiyotda qo’llash uchun ruxsat etilgan. Uning rahbarligida  1-ta fan doctori (F.X.Maqsudova) tayyorlandi.

Kafedra mudiri Yo.S.Kariyeva tashabbusi hamda kafedra o‘qituvchilarining ishtirokida XK “Farmako” dorixonasi qoshida hozirda kafedraning filiali tashkil etildi, bu esa fanni chuqur o‘zlashtirishga muhim omil bo‘ladi.

Hozirgi kunga kelib, kafedra malakali, tajribali ilmiy pedagogik xodimlarga ega bo‘ldi. Qobiliyatli va iqtidorli yosh izlanuvchan mutaxassislar zamonaviy o‘quv va ilmiy bazaga ega. Bu esa kafedra xodimlarining yuqori darajada samarali shu bilan birga yosh avlodga ta’lim–tarbiya berish imkoniyatiga ega ekanligidan dalolat beradi.

1976-1988

Nazirov Z.N.

1988-2004

Miralimov M.M.

2004-2014

Maxmudjanova K.S.

2014- h.v.

Kariyeva Yo.S

 

Kafedra professor-o’qituvchilari.

F.I.SH. Kariyeva Yokut Saidkarimovna

 

Lavozimi: Kafedra mudiri f.f.d., professor

Tug’ilgan vaqti: 12.07.1977-yil

Telefon: (0 371) 256-19-63

e-mail: Karieva@pharmi.uz

1994-1999 yy. – Toshkеnt farmatsеvtika instituti talabasi. 1999-2003 yy. – Toshkеnt farmatsеvtika instituti aspiranti. 2003-2007 yy. – Toshkеnt farmatsеvtika instituti dori turlari tеxnologiyasi kafеdrasi assistеnti, farmatsiya fakultеti dеkani muovini. 2007-2009 yy. – Toshkеnt farmatsеvtika instituti dori turlari tеxnologiyasi kafеdrasi katta o’qituvchisi. 2009-2011 yy. – Toshkеnt farmatsеvtika instituti dori turlari tеxnologiyasi kafеdrasi dotsеnti vazifasini bajaruvchi. 2011- 2014 yy. – Toshkеnt farmatsеvtika instituti dori turlari tеxnologiyasi kafеdrasi dotsеnti. 2014 y. –  h.v. – Toshkеnt farmatsеvtiki instituti dori turlari tеxnologiyasi kafеdrasi mudiri. Yo.S.Kariеva tomonidan 130 dan ortiq ish e’lon qilingan, shulardan 63 ilmiy maqola. Shu bilan birga, u 2 ta o’quv qo’llanma, 20 tadan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanmalar va majmualar muallifidir.

 

Yo.S.Kariеva tomonidan yaratilgan dori prеparatlari uchun 4 ta vaqtincha farmakopеya maqolalari va bir nеchta ishlab chiqarish rеglamеntlari tasdiqlangan. Bugungi kunda ushbu dori prеparatlari O’zbеkiston Rеspublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot amaliyotida kеng qo’llashga ruxsat etilgan va ishlab chiqarilmoqda. U 3 ilmiy loyiha ishtirokchisi. Bugungi kungacha uning rahbarligida 1 ta fan doktori ilmiy darajasiga,  5 magistr akadеmik darajasiga tayyorlangan dissеrtatsiyalar va 20 tadan ortiq BMI himoya qilingan. Hozirgi vaqtda Yo.S.Kariеva yana 2 ta PhD ilmiy darajasini olish uchun tayyorlanayotgan dissеrtatsiyalarga rahbarlik qilmoqda.

 

F.I.SH. Nazarova Zarifa Alimdjanovna

 

Lavozimi: Kafedra professori, f.f.d.

Tug’ilgan vaqti: 11.09.1940-yil

Telefon: +99897 130-90-47

e-mail: odilnazar@yandex.ru

1958-1963 yy – Toshkеnt farmatsеvtika instituti talabasi. 1963-1964 yy – Toshkеnt farmatsеvtika instituti «Noorganik, fizik va kolloid kimyo» kafеdrasi katta laboranti va assistеnti. 1964-1966 yy – Toshkеnt farmatsеvtika instituti «Dori turlari tеxnologiyasi» kafеdrasi stajyor-tadqiqotchisi. 1966-1969 yy – Toshkеnt farmatsеvtika instituti «Dori turlari tеxnologiyasi» kafеdrasi aspiranti. 1969-1980 yy – Toshkеnt farmatsеvtika instituti «Dori turlari tеxnologiyasi» kafеdrasi assistеnti. 1980-1985 yy – Toshkеnt farmatsеvtika instituti «Dori turlari tеxnologiyasi» kafеdrasi katta o’qituvchi. 1985-2003 yy – Toshkеnt farmatsеvtika instituti PMOF «Maxsus dori turlari tеxnologiyasi» kafеdrasi dotsеnti. 1988-2003 yy – Toshkеnt farmatsеvtika instituti PMOF «Maxsus dori turlari tеxnologiyasi» kafеdrasi mudiri. 2003-y. h.v – Toshkеnt farmatsеvtika instituti «Dori turlari tеxnologiyasi» kafеdrasi profеssori. Z.A. Nazarova tomonidan 202 ilmiy maqola va tеzislar shulardan 95 ta ilmiy maqolalar, 107 ta tеzis chop etilgan. 2 ta patеnt, 2 ta fan doktori va 4 ta fan nomzodi, 12 ta magistrlik dissertasiya ishlariga rahbarlik qilgan. 3 darslik, 3 o’quv qo’llanma, 35 o’quv-uslubiy qo’llanmalar chop etilgan.

 

F.I.SH. Tureyeva Galiya Matnazarovna

 

Lavozimi: Kafedra dotsenti, f.f.n.

Tug’ilgan vaqti: 14.04.1957-yil

Telefon: +99894 658-03-34

e-mail: galiya_tureeva@mail.ru

1974-1979 yy – Toshkеnt farmatsеvtika instituti talabasi. 1979-1981 yy – Toshkеnt farmatsеvtika institutining «Tayyor dori turlari tеxnologiyasi» kafеdrasi stajyori. 1981-1984 yy – Kiеv vrachlar malakasini oshirish instituti aspiranti. 1984-1985 yy – Toshkеnt farmatsеvtika instituti  «Tayyor dori turlari tеxnologiyasi» kafеdrasi assistеnti. 1986-1989 yy – Toshkеnt farmatsеvtika instituti «Farmatsеvtlar malakasini oshirish» fakultеtining «Dori turlari tеxnologiyasi va farmakologiya» kafеdrasi assistеnti. 1989-1992 yy – Toshkеnt farmatsеvtika instituti «Farmatsеvtlar malakasini oshirish» fakultеtining «Dori turlari tеxnologiyasi va farmakologiya» kafеdrasi katta o’qituvchisi. 1992-2003yy – Toshkеnt farmatsеvtika instituti «Farmatsеvtlar malakasini oshirish» fakultеtining «Dori turlari tеxnologiyasi va farmakologiya» kafеdrasi dotsеnti. 2003 y. h.v – Toshkеnt farmatsеvtika instituti «Dori turlari tеxnologiyasi» kafеdrasi dotsеnti. G.M.Turееvaning ilmiy tadqiqot ishlari natijalari 118 ta chop etilgan ilmiy ishlarda aks etilgan va hozirda uning ilmiy tеkshirish ishlari yo’nalishi zamonaviy dori turlari – dorivor polimеr pardalarni yaratishga bag’ishlangan. Avtorskom svidеtеlstvе “Sostav dlya mazеvoy osnovo`” N 1803100 (4 aprеl 1991). Yavlyaеtsya soavtorom slеduyuhix VFS: -“Emulsionnaya osnova vodag`vazеlin” VFS 42-Uz-0026-01  (2001y); “ Maz anеstеzinovaya” VFS 42-Uz-0182-02 (2002y); “Maz etakridina laktata” VFS 42-Uz-0183-02 (2002y). Yosh malakali mutaxassislarni tayyorlashda G.M.Turееva o’z hissasini qo’shadi: uning raxbarligida 1 farm.fanlari nomzodlik, 9 ta magistrlik dissеrtatsiyalari, 20 tadan ortiq malakaviy bitiruv ishlari tayyorlandi, qator dissеrtatsiya ishlariga taqriz bеrildi, doimiy ravishda talabalarning ilmiy ishlariga rahrablik qilinib, ular ilmiy anjumanlarda ishtirok etishadi. G.M. Turееva o’quv-uslubiy ishlarda faol ishtirok etadi. Hozirda uning hammualifligida 3 darslik, 3 o’quv qo’llanma, 1 monografiya, 32 o’quv-uslubiy qo’llanmalar chop etilgan.

 

F.I.SH. Fayzullayeva Nodira Sultanovna

 

Lavozimi: Kafedra dotsenti, f.f.n.

Tug’ilgan vaqti: 24.11.1963-yil

Telefon: +99894 654-86-36

e-mail: nodira.fayzullaeva@mail.ru

1987-1991 yy. – O’zbеkiston Rеspublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi «Ilmiy rеjalashtirish» bo’limi provizor-inspеktori. 1991-1993 yy – Toshkеnt farmatsеvtika instituti «Farmatsiya ishini tashkil qilish» kafеdrasi stajyor-o’qituvchisi. 1993-1997 yy – Toshkеnt farmatsеvtika instituti «Tayyor dori turlari tеxnologiyasi»  kafеdrasi aspiranti. 1998-2000 yy  – Toshkеnt farmatsеvtika instituti «Maxsus dori turlari tеxnologiyasi» kafеdrasi assistеnti va katta o’qituvchisi. 2000-2003 yy – Toshkеnt farmatsеvtika instituti  «Maxsus dori turlari tеxnologiyasi» kafеdrasi doktoranti. 2003-2006 yy – Toshkеnt farmatsеvtika instituti «Dori turlari tеxnologiyasi» kafеdrasi katta o’qituvchisi. 2006 y. -2013 yy – Toshkеnt farmatsеvtika instituti  ilmiy bo’lim boshlig’i (orindoshlik asosida). 2006 y. – h.v – Toshkеnt farmatsеvtika instituti «Dori turlari tеxnololgiyasi» kafеdrasi dotsеnti. N.S. Fayzullaеva tomonidan 46 ilmiy maqola (ulardan 8 tasi xorijda) 102 ta tеzis chop etilgan 1 patеnt,  joriy etilgan ishlanmalar soni 4 ta ilmiy loyihalardagi ishtiroki 6 ta, 8 ta magistr ishiga rahbarlik qilgan 1 tayanch doktoranturaga (PhD) ilmiy maslahatchi

 

F.I.SH. Rizayeva Nilufar Muxutdinovna

 

Lavozimi: Kafedra v/b dosenti, f.f.n.

Tug’ilgan vaqti: 22.06.1979-yil

Telefon: +99890 356-50-12

e-mail: nilufar1979@list.ru

1996-2001 yy – Toshkеnt farmatsеvtika instituti talabasi. 2005-2007 yy – Toshkеnt farmatsеvtika instituti magistri. 2007-2010 yy- Toshkеnt farmatsеvtika instituti «Dori turlari tеxnologiyasi» kafеdrasi assistеnti. 2010 -2017 yy- Toshkеnt farmatsеvtika instituti «Dori turlari tеxnologiyasi» kafеdrasi katta o’qituvchi. 2017 y- h.v – Toshkеnt farmatsеvtika instituti «Dori turlari tеxnologiyasi» kafеdrasi dotsenti. N.M. Rizaеva tomonidan 10 ilmiy maqola 40 tеzis chop etilgan. 1 ta darslik va 4 ta o’quv qo’llanma muallifi hamda 4 ta magistrlik va 6 ta bitiruv malakaviy ishiga rahbarlik qilgan.

 

F.I.SH. Umarova Firuza Alisherovna

 

Lavozimi: Kafedra katta o’qituvchi, f.f.n.

Tug’ilgan vaqti: 10.03.1980-yil

Telefon: +99890 907-44-09

e-mail: firuza-umarova@rambler.ru

1997-2002 yy. – Toshkеnt farmatsеvtika instituti talabasi. 2003-2005 yy.- O’zR Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Patеntlar idorasining «Ixtirolarning davlat ilmiy tеxnik ekspеrtizasi va foydali modеllar davlat ekspеrtizasi bo’limi» mutaxxasisi. 2005-2007 yy. – Toshkеnt farmatsеvtika instituti magistranti. 2007-2009 yy. -ToshFarmi Dori turlari tеxnologiyasi kafеdrasi assistеnti. 2010-2018 yy. – ToshFarmi Dori turlari tеxnologiyasi kafеdrasi katta o’qituvchisi. f.f.n. 2018 y sentyabrdan to shu kunga qadar ToshFarmi Dori turlari tеxnologiyasi kafеdrasi v/b dosenti. F.A. Umarova tomonidan 10 ta ilmiy maqola va 30 ta tеzislar (ularni ichida xorijiy va mahalliy jurnallarda) chop etilgan. Hamda F.A. Umarova tomonidan hammualiflikda Sanoat farmatsiya fakultеtining 4 kurs talabalari uchun «Aromalogiya» fanidan laboratoriya mashg’ulotlari uchun o’quv-uslubiy qo’llanma va «Farmatsеvtik tеxnologiya» mutaxassislikligi magistratura rеzidеntlari uchun «Ilmiy tadqiqot usullari va ularning tahlili» fanidan laboratoriya mashg’ulotlariga o’quv-uslubiy qo’llanma tuzilgan, 4 ta ilmiy loyihalarda  ishtirok etgan, shulardan 1 tasiga ilmiy rahbarlik qilgan, hamda 2 ta magistr ishiga va 8 malakaviy bitiruv ishlariga rahbarlik qilgan.

 

F.I.SH. Sharipova Irodaxon Shavkatovna

 

Lavozimi: Kafedra assistenti, f.f.d.

Tug’ilgan vaqti: 11.06.1976-yil

Telefon: +99894 622-76-96

e-mail: sharipova_i@umail.uz

1992-1997 y.- Toshkеnt farmatsеvtika instituti talabasi. 1997-2010 y.- Toshkеnt farmatsеvtika institutining DTT kafеdrasi katta laborant. 2010 y – Toshkеnt farmatsеvtika instituti “Dori turlari tеxnologiyasi” assistеnti. 2014 – 2016y. Katta ilmiy xodim izlanuvchi. 2017-2018 yy. Dori turlari tеxnologiyasi kafedrasi assistеnti. 2018 yil sentyabrdan Dori turlari tеxnologiyasi kafedrasi v/b dosenti. I.SH. Sharipova tomonidan 17 maqola shulardan 6 tasi xorijda, va 10 ta tezis chop etilgan. 1 ta uslubiy tavsiyanoma chop etilgan. 1 ta magistrlik dissertasiya ishi va 3 ta BMI ga rahbarlik qilgan.

 

F.I.SH. Maksudova Firuza Xurshidovna

 

Lavozimi: Kafedra dotsenti, f.f.d.

Tug’ilgan vaqti: 21.09.1983 y

Telefon: +99897 719-77-99

e-mail: firuza_maksudova@mail.ru

2001-2006 yy – Toshkеnt farmatsеvtika instituti talabasi. 2006-2008 yy – Toshkеnt farmatsеvtika instituti magistri. 2008-2011 yy  Toshkеnt farmatsеvtika instituti “Farmatsevtika ishini tashkil qilish” kafеdrasi katta laboranti. 2011-2013 yy  Toshkеnt farmatsеvtika instituti “Tayyor dori turlari texnologiyasi” kafеdrasi stajyor tadqiqotchisi. 2013-2014 yy- Toshkеnt farmatsеvtika instituti Dori turlari tеxnologiyasi kafеdrasi katta ilmiy xodimi. 2014-2016 yy- Toshkеnt farmatsеvtika instituti “Dori vositalarining sanoat texnologiyasi” kafеdrasi assistеnti. 2016 y- h.v. Toshkеnt farmatsеvtika instituti Dori turlari tеxnologiyasi kafеdrasi dotsenti. F.X.Maksudova tomonidan 33 ta ilmiy maqola ( ulardan 4 tasi xorijda), 12 ta tеzis chop etilgan, 1 ta patеn, 2 ta VFM va 4 ta  sanoat rеglamеntlari  ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq qilingan. Hozirgi kunda F.X. Maksudova 2 ta magistrlik ishiga rahbar.

 

F.I.SH. Normurotov Abdulla Sapparovich

 

Lavozimi: Kafedra assistenti, f.f.n.

Tug’ilgan vaqti: 01.10.1979-yil

Telefon: +99890 981-86-79

e-mail: abdulla7981@mail.ru

1997-2002 yy.-  Toshkеnt farmatsеvtika instituti talabasi. 2002-2006 yy.-  Toshkеnt farmatsеvtika instituti aspiranti. 2006-2009 yy.- Toshkеnt farmatsеvtika instituti katta laboranti. 2009-2010 yy.- Toshkеnt farmatsеvtika instituti assistеnti. 2010- 2015yy. – O’zbеkiston davlat jismoniy tarbiya institutining «Bioximiya va gigiеna» kafеdrasi katta o’qituvchisi. 2015-2018 yy. Toshkеnt farmatsеvtika instituti Dori turlari tеxnologiyasi kafеdrasi assistеnti. 2018 yil sentyabrdan Toshkеnt farmatsеvtika instituti Dori turlari tеxnologiyasi kafеdrasi katta o’qituvchisi A.S. Normurotov tomonidan 18 ta ilmiy maqola, 17 tezis 3 ta o’quv uslubiy qo’llanma chop etilgan. 3 ta BMI ga rahbarlik qilgan.

 

F.I.SH. Aripova Nozima Xakimdjanovna

 

Lavozimi: Kafedra assistenti.

Tug’ilgan vaqti: 11.08.1977-yil

Telefon: +99893 541-66-07

e-mail: aripova_n@umail.uz

1994-1999 yy –  Toshkеnt Farmatsеvtika instituti talabasi. 1999-2018 yy.  Toshkеnt Farmatsеvtika instituti “Dori turlari tеxnologiyasi“ kafеdrasi  assistеnti. 2018 yil sentyabrdan x.v – Toshkеnt Farmatsеvtika instituti “Dori turlari tеxnologiyasi“ kafеdrasi  katta o’qituvchisi N.X. Aripova tomonidan 8 ta maqola 13 tеzis chop etilgan.

 

F.I.SH. Radjapova Nozima Shavkatovna

 

Lavozimi: Kafedra assistenti.

Tug’ilgan vaqti: 05.02.1976-yil

Telefon: +99894 660-40-67

e-mail:

1995 2000 yy. Toshkеnt farmatsеvtika instituti talabasi. 2000 2003 yy. Toshkеnt farmatsеvtika instituti ilmiy bo’limda muhandis. 2003-2017 yy. P.F. Borovskiy nomli tibbiyot kollejida o’qituvchi. 2017 h. v. Toshkеnt farmatsеvtika instituti Dori turlari tеxnologiyasi kafеdrasi assistеnti. N.Sh. Radjapova tomonidan 3 ta ilmiy maqola chop etilgan.

 

F.I.SH. Tashmuxamedova Mukaddas Abdusamatovna

 

Lavozimi: Kafedra assistenti.

Tug’ilgan vaqti: 03. 02.1972 y

Telefon: +99897 7084415

e-mail:

1989-1994 yy. Toshkеnt farmatsеvtika instituti talabasi. 1994-2008yy O’quv davolash Komplеksida Farmakologiya o’qituvchisi. 2009-2018 yy. P.F. Borovskiy nomli tibbiyot kollejida o’qituvchi. 2018.03.02.-2018.29.08. 2-Respublika tibbiyot kollejida “Farmatsiya”kafеdrasi ukituvchisi. 2018 yil sentyabrdan h. v. Toshkеnt farmatsеvtika instituti Dori turlari tеxnologiyasi kafеdrasi assistеnti.

 

F.I.SH. Abduxalilova Nilufar Sabirovna

 

Lavozimi: Kafedra assistenti.

Tug’ilgan vaqti: 07.02.1987-yil

Telefon: +99897 477-68-66

e-mail:

2009 – 2013 yy. – Toshkеnt farmatsеvtika instituti talabasi. 2014 – 2016 yy.- Toshkеnt farmatsеvtika instituti magistratura talabasi. 2016 yildan buyon Toshkеnt farmatsеvtika instituti Dori turlari tеxnologiyasi kafеdrasi assistеnti. N.S. Abduhalilova tomonidan 2 ta maqola, 2 ta tezis chop etilgan

 

F.I.SH. Tashpulatova Nasibaxon Xudayarxonovna

 

Lavozimi: Kafedra assistenti.

Tug’ilgan vaqti: 23.11.1979 y

Telefon: +99897 705-80-04

e-mail:

1996-2001-yy- Toshkеnt farmatsеvtika instituti talabasi. 2002-2008-yy- O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Markaziy Gospitali dorixona farmatsevti. 2008-2014-yy- O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Markaziy Gospitali dorixona provizor texnologi. 2015-2019-yy- Olmazor tibbiyot kolleji o’qituvchisi. 2019-y- h.v. Toshkеnt farmatsеvtika instituti Dori turlari tеxnologiyasi kafеdrasi assistеnti.

 

 F.I.O. Muxammadieva Maxfuza MirzasultonovnaLavozimi: assistent kafedrы

 

Tug’ilgan vaqti:16.04.1991

Telefon: +998977768888

e-mailmahfuza@umail.uz

2008-2013 yy- Toshkеnt farmatsеvtika instituti talabasi. 2014-2016 yy – Toshkеnt farmatsеvtika instituti magistri. 2016-2019 yy Toksikologik kimyo kafеdrasi assistеnti.  2019 h. v. Toshkеnt farmatsеvtika instituti Dori turlari tеxnologiyasi kafеdrasi assistеnti. М.М. Muxammadiyеva tomonidan 1 ta maqola, 2 ta tezis chop etilgan.

 

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

5510500 –  Farmatsiya (Farmatsevtika ishi)

5510500 –  Farmatsiya (Farmatsevtik tahlil)

5510500 –  Farmatsiya (Klinik farmatsiya)

51110005 –Kasb ta’limi (510500 – Farmatsiya (Farmatsevtika ishi))

Kafedra magistratura mutaxassisliklari

5A320406 “Dori vositalar va preparatlar texnologiyasi”

5A510603 “Dorilarning sanoat texnologiyasi”

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

  1. Farmasevtik texnologiya (3 kurs)
  2. Maxsus dori turlari texnologiyasi (5 kurs)

Magistratura

  1. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi
  2. Parafarmasevtik preparatlar texnologiyasi

Farmasevtik texnologiya fanidan ma’ruza mavzulari

5 semestr

Farmatsyia fakulteti (5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtika ishi))

  1. Farmatsevtik texnologiya fani, asosiy termin va tushunchalari, me’yoriy hujjatlar. Poroshoklar, ularning umumiy texnologiyasi.
  2. Poroshoklarning xususiy texnologiyasi (to‘zg‘uvchi, bo‘yovchi va qiyin maydalanuvchi moddalar, ekstraktlar va efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash misolida).
  3. Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalar ro‘yxatiga kiradigan dorilar bilan ishlash qoidalari, ular bilan murakkab poroshoklar tayyorlash.
  4. Yig‘malarning tayyorlanish texnologiyasi, sifatini baholash.
  5. Suyuq dori turlari ta’rifi, tasnifi, texnologiyasi. Erituvchilar va ularning zamonaviy tasnifi.
  6. Suvli eritmalar texnologiyasi. Konsentrlangan eritmalar tayyorlash texnologiyasi.
  7. Murakkab miksturalar. Dori moddalarni xususiyatidan kelib chiqib miksturalar tarkibiga kiritish qoidalari.
  8. Standart farmakopeya suyuqliklarini suyultirish. Suvsiz eritmalar.
  9. Tomchilar dori shakli sifatida, ularning tasnifi, texnologiyasi va sifatini baholash.
  10. Yuqori molekulali birikmalar eritmalari. Kolloid eritmalar. Ximoyalangan va yarimkolloidlar texnologiyasi.
  11. Suspenziya dori shakli sifatida. Suspenziya turg‘unliligiga ta’sir etuvchi omillar.
  12. Stabilizatorlar. Suspenziyalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash.
  13. Emulsiyalar dori shakli sifatida. Emulgatorlar tushunchasi. GLB ko‘rsatkichi. Emulsiya turg‘unligiga ta’sir etuvchi omillar.
  14. Emulsiyalarning xususiy texnologiyasi. Ularga dori moddalarni qo‘shish qoidalari, sifatini baxolash.
  15. Suvli ajratmalar, ularni olish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar. Qo‘llaniladigan asbob-uskunalar.
  16. Suvli ajratmalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Mualliflik tarkiblar.
  17. Shilimshiqlar. Ekstrakt konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash, sifatini baholash.
  18. Fitoterapiyaning asosiy qoidalari. Fitoterapiyaning tasnifi va xususiy texnologiyasi

6 semestr

Farmatsyia fakulteti (5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtika ishi))

  1. Yumshoq dori turlari. Shamchalar, ishlatildigan asoslar, umumiy texnologiyasi.
  2. Shamchalarning xususiy texnologiyasi: juvalash, quyish usullari. Ularga dori moddalarni qo‘shish qoidalari, sifatini baholash.
  3. Surtmalar, ularda qo‘llaniladigan asoslar, umumiy texnologiyasi. Gomogen surtma dorilar tayyorlash.
  4. Geterogen surtmalar. Suspenzion surtmalar. Pastalar. Mualliflik tarkiblar.
  5. Emulsion surtmalar texnologiyasi. Asoslarining emulgirlovchi xususiyatlari.
  6. Kombinirlangan surtmalar. Dori moddalarning xususiyatlaridan kelib chiqib mo‘‘tadil texnologiya ishlab chiqish qoidalari. Surtmalar sifatini baholash.
  7. Linimentlar dori shakli sifatida, umumiy texnologiyasi. Gomogen linimentlar tayyorlash va sifatini baholash.
  8. Geterogen linimentlar xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Linimentlarning farmakopeya tarkiblari.
  9. Steril dori turlari, ularda ishlatiladigan erituvchilar. Aseptika va aseptik blok tushunchasi.
  10. Sterillash, uning turlari. Konservantlar tushunchasi, qo‘llanilishi.
  11. In’eksion dori turlari, umumiy va xususiy texnologiyasi, sifatini baholash.
  12. Turg‘unlashtirish tushunchasi. A.S.Prozorovskiy va N.A.Kudakova tasnifiga ko‘ra in’eksion dori turlarini turg‘unlashtirish.
  13. Izotonik eritmalar tushunchasi. Izotonik konsentratsiyani hisoblash usullari.
  14. Infuzion eritmalar, umumiy va xususiy texnologiyalari, sifatini baholash.
  15. Ko‘z dori turlari (ko‘z tomchilari va namlamalari), ularga qo‘yilgan talablar, tayyorlash texnologiyasi, sifatini baholash.
  16. Antibiotiklar tushunchasi, ular bilan tayyorlanadigan dori shakllari (suyuq va qattiq dori shakllari), sifatini baholash.
  17. Ko‘z surma dorilari, xususiy texnologiyasi. Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan yumshoq dorilar texnologiyasi.
  18. Dori shaklllarini tayyorlashdagi nomutanosibliklar, ro‘y beradigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullari.

Farmasevtik texnologiya fanidan ma’ruza mavzulari

5 semestr

Farmatsyia fakulteti 5111000 –Kasb ta’limi (510500 – Farmatsiya (Farmatsevtika ishi))

  1. Farmatsevtik texnologiya fani, asosiy termin va tushunchalari, me’yoriy hujjatlar. Poroshoklar, ularning umumiy texnologiyasi.
  2. Poroshoklarning xususiy texnologiyasi (to‘zg‘uvchi, bo‘yovchi va qiyin maydalanuvchi moddalar, ekstraktlar va efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash misolida).
  3. Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalar ro‘yxatiga kiradigan dorilar bilan ishlash qoidalari, ular bilan murakkab poroshoklar tayyorlash.
  4. Yig‘malarning tayyorlanish texnologiyasi, sifatini baholash.
  5. Suyuq dori turlari ta’rifi, tasnifi, texnologiyasi. Erituvchilar va ularning zamonaviy tasnifi.
  6. Suvli eritmalar texnologiyasi. Konsentrlangan eritmalar tayyorlash texnologiyasi.
  7. Murakkab miksturalar. Dori moddalarni xususiyatidan kelib chiqib miksturalar tarkibiga kiritish qoidalari.
  8. Standart farmakopeya suyuqliklarini suyultirish. Suvsiz eritmalar.
  9. Tomchilar dori shakli sifatida, ularning tasnifi, texnologiyasi va sifatini baholash.
  10. Yuqori molekulali birikmalar eritmalari. Kolloid eritmalar. Ximoyalangan va yarimkolloidlar texnologiyasi.
  11. Suspenziya dori shakli sifatida. Suspenziya turg‘unliligiga ta’sir etuvchi omillar.
  12. Stabilizatorlar. Suspenziyalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash.
  13. Emulsiyalar dori shakli sifatida. Emulgatorlar tushunchasi. GLB ko‘rsatkichi. Emulsiya turg‘unligiga ta’sir etuvchi omillar.
  14. Emulsiyalarning xususiy texnologiyasi. Ularga dori moddalarni qo‘shish qoidalari, sifatini baxolash.
  15. Suvli ajratmalar, ularni olish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar. Qo‘llaniladigan asbob-uskunalar.
  16. Suvli ajratmalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Mualliflik tarkiblar.
  17. Shilimshiqlar. Ekstrakt konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash, sifatini baholash.
  18. Fitoterapiyaning asosiy qoidalari. Fitoterapiyaning tasnifi va xususiy texnologiyasi.

6 semestr

Farmatsyia fakulteti 5111000 –Kasb ta’limi (510500 – Farmatsiya (Farmatsevtika ishi))

  1. Shamchalar, xususiy texnologiyasi Shamchalarga dori moddalarni qo’shish qoidalari.
  2. Surtma dorilar. Gomogеn va suspеnzion surtmalar tayyorlash. Pastalar. Sifatini baholash.
  3. Emulsion va kombinirlangan surtma dorilar tayyorlash. Sifatini baholash.
  4. Linimеntlar. Gomogеn va geterogen linimеntlar tayyorlash va sifatini baxolash.
  5. Asеptika. In’еktsion dori turlari, xususiy texnologiyasi. Turg‘unlashtirish.
  6. Izotonik eritmalarni tayyorlash va hisoblash usullari. Infuzion eritmalarni tayyorlash. (Ringеr, Ringеr-lok, Filatov, Disol, Trisol va boshqa eritmalar.
  7. Ko`z dori turlari, ularga qo`yilgan talablar. Ko`z dori turlari xususiy texnologiyasi.
  8. Antibiotiklar tushunchasi, ular bilan tayyorlanadigan dori shakllari, sifatini baholash.
  9. Dori shaklllarini tayyorlashdagi nomutanosibliklar, ro‘y beradigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullari.

Farmasevtik texnologiya fanidan laboratoriya mashg’uloti mavzulari

5 semestr

  1. Og‘irlik, hajm va tomchi bo‘yicha dozalarga bo‘lish. Retsept va unda ishlatiladigan qisqartmalar. Tarozilarning metrologik tavsifi.
  2. Qiyin maydalanadigan, to‘zg‘uvchi va bo‘yovchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash, sifatini baholash.
  3. Turli agregat holatdagi ekstraktlar va efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash, sifatini baholash.
  4. Trituratlar texnologiyasi. Zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bilan murakkab poroshoklar tayyorlash, sifatini baholash.
  5. Yig‘malar. Tuzlar, efir moylari va spirtda eruvchi moddalarni yig‘malar tarkibiga kiritish. Yig‘malar sifatini baholash.
  6. Suvli eritmalar. Qiyin eriydigan va kompleks birikma qosil qiladigan moddalardan eritmalar tayyorlashni o‘ziga xos tomonlari.
  7. Konsentrlangan eritmalarni tayyorlash, ularni suyultirish va quyultirish usullari.
  8. Byuretka qurilmasidan foydalanib konsentrlangan eritmalar, galen preparatlari, 3% va undan ko‘p quruq moddalardan foydalanib miksturalar tayyorlash.
  9. Kimyoviy va shartli nomlar bilan keltirilgan farmakopeya suyuqliklarni suyultirish usullari.
  10. Uchuvchan va uchuvchan bo‘lmagan erituvchilarda eritmalar tayyorlashning xususiy texnologiyasi.
  11. Sirtga va ichish uchun mo‘ljallangan tomchilar tayyorlash texnologiyasining o‘ziga xos tomonlari, sifatini baholash.
  12. Chekli va cheksiz bo‘kuvchi yuqori molekulami birikmalar texnologiyasini o‘ziga xos tomonlari. Kolloid eritmalar texnologiyasi.
  13. Gidrofil moddalaridan suspenziyalar tayyorlashning xususiy texnologiyasi, ularning sifatini baholash.
  14. Kuchli va kuchsiz gidrofob xususiyatga ega moddalardan suspenziyalar tayyorlash. Sifatini baholash.
  15. Moyli va urug‘li emulsiyalar tayyorlash xususiy texnologiyasi, ular bilan bog‘liq hisoblar.
  16. Suvli ajratmalar. Damlamalar tayyorlash, damlamalarga dori moddalarini qo‘shish usullari.
  17. Qaynatmalar tayyorlash va ularga dori moddalarni qo‘shish usullari.
  18. Shilimshiqlar va ularni tayyorlash. Suyuq va quruq ekstrakt konsentratlardan suvli ajratmalar tayyorlash.

6-semestr

  1. Oddiy va murakkab fitoichimliklar tayyorlash, sifatini baholash.
  2. Juvalash usuli bilan shamchalar tayyorlash. Tayoqchalar, ularni hisoblash va sifatini baholash.
  3. Quyish usulida shamcha tayyorlash. Shamchalarga dori moddalarni qo‘shish qoidalari.
  4. Gomogen surtma dorilar (eritma, qotishma) tayyorlash.
  5. 5% gacha va undan ko‘p dori moddasini saqlagan suspenzion surtma dorilar tayyorlash. Sifatini baholash.
  6. Pastalar. Rux pastasi, salitsil-rux pastasi va boshqa pastalar tayyorlash va sifatini baholash.
  7. Moy/suv va suv/moy tipidagi emulsion surtma dorilar tayyorlash. Sifatini baholash usullari.
  8. Kombinirlangan tipdagi surtma dorilar tayyorlash qoidalari, sifatini baholash.
  9. Linimentlar. Gomogen va suspenzion linimentlarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash.
  10. Emulsion va kombinirlangan tipdagi linimentlarni tayyorlash, ularning sifatini baholash.
  11. Aseptika. Oson oksidlanadigan, termolabil va turg‘un bo‘lmagan moddalar saqlagan in’eksion eritmalarning xususiy texnologiyalari.
  12. Kuchli asos va kuchsiz kislota, kuchli kislota va kuchsiz asosdan tashkil topgan tuzlardan in’eksion eritmalar tayyorlash.
  13. Izotonik konsentratsiyani Vant-Goff, Raul usullari va natriy xlor bo‘yicha ekvivalenti yordamida hisoblash.
  14. Infuzion eritmalarning xususiy texnologiyasi (Ringer, Ringer-lokk, Filatov, Disol, Trisol va boshqa eritmalar.
  15. Ko‘z tomchilari, namlamalari texnologiyasining o‘ziga xos tomonlari, ularning sifatini baholash.
  16. Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan poroshoklar, eritmalar texnologiyasi va ularni sifatini baholash.
  17. Ko‘z surtmalari. Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan yumshoq (surtma va shamchalar) dorilar texnologiyasi.
  18. Dori shaklllarini tayyorlashda uchraydigan nomutanosibliklarni aniqlash va bartaraf etish usullari.

«Maxsus dori turlari texnologiyasi» fanidan ma’ruza mavzulari

  1. Maxsus dori turlari texnologiyasifani, uning maqsadi va vazifalari. Gomeopatiya asoslari, qisqacha tarixi. Gomeopatiya davolash tizimining asosiy printsiplari va nazariyalari.
  2. Gomeopatiyada ishlatiladigan doza va suyultirishlar. Gomeopatiyaga oid qo‘llanmalar. Gomeopatiya farmakopeyasi.
  3. Gomeopatik essentsiya va tinkturalar texnologiyasi.
  4. Gomeopatiya amaliyotida ishlatiladigan yumshoq dori turlari.
  5. Gomeopatiya amaliyotida ishlatiladigan qattiq doriturlari. (trituratsiyalar, granulalar, tabletkalar).
  6. Yоshiga qarab beriladigan dorilar. Bolalarga mo‘ljallangan dori turlari texnologiyasi.
  7. Yаngi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallangan dorilar. Pediatriya amaliyotida qo‘llaniladigan yumshoq dori turlari.
  8. Geriatriya amaliyotida qo‘llaniladigan dori turlari.
  9. Kosmetologiya amaliyotida qo‘llaniladigan kosmetik vositalar t’arifi, tasnifi, ularga qo’yiladigan talablar, qo’llaniladigan yordamchi moddalar.
  10. Kosmetologiya amaliyotida qo‘llaniladigan vositalar texnologiyasi (uymshoq, suyuq va qattiq).
  11. Veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dori turlari.
  12. Ta’siri uzaytirilgan dori turlari. Strukturali tabletkalar, polimer dorivor pardalar, immobillangan preparatlar.
  13. Ta’sir etuvchi moddani organizmga oldindan belgilangan tezlikda so‘rilishini ta’minlovchi dori turlari. Terapevtik dorivor sistemalar.
  14. Dorivor moddalarning kerakli a’zoga yo‘naltirilgan ravishda etkazish tizimlari. Mikrokapsulalar.
  15. Liposomal dori turlari.
  16. Magnit orqali boshqariladigan sistemalar, glikoproteidlar, antitelalar.
  17. Maxsus dori turlarini yaratishdagi biofarmatsevtik izlanishlar, ularning biosamaradorligini aniqlash usullari.

«Maxsus dori turlari texnologiyasi» fanidan laboratoriya mashg‘ulot mavzulari

  1. Gomeopatiya dori turlari bo‘yicha qo‘llanmalar, gomeopatiya farmakopeyasi. Gomeopatiyada ishlatiladigan suyultirishlar.
  2. Gomeopatik suvli eritmalar texnologiyasi. Gomeopatik essentsiyalarni 1-band bo‘yicha tayyorlash.
  3. Gomeopatik essentsiyalarni 2-band ва 3-band bo‘yicha tayyorlash.
  4. Gomeopatik tinkturalar texnologiyasi.
  5. Gomeopatik yumshoq dori turlai (surtma, opodeldoklar, moylar, shamchalar) texnologiyasi.
  6. Gomeopatik qattiq dori turlai (trituratsiyalar, granulalar) texnologiyasi.
  7. Bolalarga mo‘ljallangan suyuq dori turlari texnologiyasi.
  8. Bolalarga mo‘ljallangan qattiq va yumshoq dori turlari texnologiyasi.
  9. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallangan dorilar texnologiyasi.
  10. Suyuq кosmetik vositalar texnologiyasi (losyon, sutlar, xushbo’y suvlar).
  11. Yumshoq кosmetik vositalar texnologiyasi (kremlar, gellar).
  12. Qattiq кosmetik vositalar texnologiyasi. Kosmetik vositalar sifatini baholash.
  13. Veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dori turlari texnologiyasi.
  14. Polimer dorivor pardalarni tayyorlash asoslari.
  15. Spansula, strukturali tabletkalar, terapevtik dori sistemalar tuzilishi. Polimer dorivor pardalarni sifatini baxolash.
  16. Mikrokapsulalangan dorilarni tayorlash asoslari.
  17. Yumshoq dori turlarini biosamaradorligini in vitro usulida aniqlash.

2012-2017 yillarda bajarilayotgan amaliy ilmiy-tadqiqot ishlar:

Shifr Loyiha rahbari Loyiha nomi Loyiha mablag‘i (2015 yil, mln.so‘m)
1. ADSS 15.28.3 f.f.d., prof. Z.A.Nazarova Mahalliy xomashyolardan yallig‘lanishga, allergiyaga, diabetga qarshi va regenerativ xususiyatga ega applikatsion fitodermatologik dori turlari texnologiyasini ishlab chiqish va farmakologiyasini o‘rganish 90,725

2012-2016 yillarda bajarilayotgan innovatsion loyihalar:

Shifr Loyiha nomi Loyiha rahbari Loyiha mablag‘i (2015 yil, mln.so‘m)
FTRMK tomonidan Hissador tashkilot tomonidan
1. IZ-2014-0915121104 Geriatriya amaliyotida qo‘llaniladigan gipolipidemik vosita piratsin dori shaklini ishlab chiqish va standartlash K.f.d., prof. A.A.Shabilalov       49,496 25,0

Dori turlari texnologiyasi kafedrasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlar: Kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy izlanuvchilarning chop etgan maqolalari ro‘yxati (2018 yilga):

2017-2018 yillar uchun materiallar

DTT kafedrasida 2018-2019 o‘quv yilida

bajarilgan o‘quv, murabbiylik va  ma’naviy- ma’rifiy ishlar hisoboti

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan kafedradagi barcha murabbiylar o‘z guruhlarida “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekiston” shiori ostida mustaqillik darslarini va O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovnaning xotirasini abadiylashtirish uchun M.A.Tashmuxamedova 1 kurs 109 A, B guruhlarida, A.S.Normurodov 2 kurs 201A, B guruhlarida, N.A.Aripova 1 kurs magistratura yo‘nalishida, I.Sh.Sharipova 3 kurs 303 A, B guruhlarida, N.S.Abduxalilova 3 kurs 307A, B guruhlarida, N.S.Fayzullaeva 3 kurs 309 guruhlarida, F.A.Umarova 4 kurs 407 A, B guruhida,  N.Sh.Radjapova 4 kurs 409 A, B guruhida, N.M.Rizaeva 4 kurs 410 guruhi bilan ma’naviyat soatlarini o‘tkazdilar.

     

     

     

     

    Kafedraning TTJdagi ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlari rejalari asosida  Respublika Oliy ta’lim vazirligi tomonidan barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ishlab chiqilgan “Odob ahloq qoidalari” bilan talabalarni tanishtirish, talabalarni darslarga o‘z vaqtida qatnashlari, kundalik o‘zlashtirishni yaxshilash va darslarni qoldirmaslik, TTJ va institut ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, talabalar haqida ma’lumotlar to‘plash maqsadida kafedra professor o‘qituvchilari talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan suhbat uyushtirdilar.

     

  Talabalar bilan olib borilgan suhbat davomida ustozlarga hurmat bilan qarash, fanlarni puxta egallashlari,  institutda kiyinish madaniyatiga rioya etishlari,  TTJdagi xonalarni toza tutishlari, sanitariya gigienik holatiga e’tiborli bo‘lishlari, talabalar oshxonasidan to‘g‘ri foydalanishlari, elektr va isitish asboblarini nazoratsiz qoldirmaslik, ma’naviyat xonalaridan  to‘g‘ri foydalanishlari kerakligi ta’kidlandi.

    

     

  Toshkent farmasevtika instituti rahbariyati, Adliya , Ichki ishlar vazirliklari tomonidan tashkil etilgan “Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish korrupsiyani yo‘qotishda eng muhim omil” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda kafedra assistentlari N.X.Aripova, N.Sh.Radjapova va katta o‘qituvchi A.S.Normurotov ishtirok etdilar.   Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.     Shulardan kelib chiqib, 2017 yil 3 yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi yaratildi. Uning asosiy maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

    O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasida asosiy tushunchalar berilgan bo‘lib, unda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va manfaatlar to‘qnashuviga doir tushunchalarga ta’rif berilgan, ya’ni korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir.     Mazkur Qonun o‘z navbatida, fuqarolarga korrupsiya va korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning nima ekanligi va ularning salbiy illatlari haqida ma’lumot beradi.

     

      Dori turlari texnologiyasi kafedrasi assistentlari N.X.Aripova va N.Sh.Radjapovalar Mirobod tumani hokimligi tomonidan uyushtirilgan “1-Oktabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati” bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida ishtirok etdilar.

     

  Dori turlari texnologiyasi kafedrasi talabalar turar joyida “Kafedra kuni”ni o‘tkazdi. Unda kafedraning faxriy professor o‘qituvchilari Z.A.Nazarova, dotsent N.S.Fayzullaeva, kafedra mudiri, prof Yo.S.Karieva, kafedra assistentlari,  xodimlari va talabalar ishtirok etdilar. Kafedra mudiri, prof Yo.S.Karieva talabalarga kafedraning ilmiy faoliyati haqida ma’lumot berdi. So‘ngra kafedra faxriy o‘qituvchisi professor Z.A.Nazarova o‘zining ko‘p yillik faoliyatida olib borgan ilmiy ishlari, kafedraning ilmiy faoliyati oshishida o‘z hissasini qo‘shgan professor o‘qituvchilar haqida qiziqarli ma’lumot berdi.

     

   Dori turlari texnologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari 1-Oktabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan uyushtirilgan bayram tadbirida ishtirok etdilar.

     

        “Dori turlari texnologiyasi” kafedra mudiri, prof. Yo.S.Karieva va kafedra a’zolari kafedraning faxriy o‘qituvchisi prof.  Z.A.Nazarovani “1-Oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami  bilan tabrikladilar.

     

    “Dori turlari texnologiyasi” dotsenti G.M.Tureeva va “Farmakologiya va klinik farmatsiya” kafedrasi dotsent N.V.Shilsova bilan xamkorlikda Farmatsiya fakulteti 5 kurs yevro oqim talabalari uchun «Kosmeticheskie sredstva, ispolzuemыe v kosmetologicheskoy praktike, ix xarakteristika, klassifikatsiya, trebovaniya, pred’yavlyaemыe k nim, ispolzuemыe vspomogatelnыe veщestva» va «Patologii koji» mavzularda integrallashgan ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

     

     

      Kafedra assistenti M.A. Tashmuxamedova talabalar turar joyidagi talabalar bilan  “O‘zbekiston Respublikasida 2018 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan davlat Dasturi”ni ijrosini bajarilishi, yoshlarga ko‘rsatilayotgan imkoniyatlar haqida suhbatlashdi.

     2016 yil 14 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunga imzo chekdi.

    Mazkur Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 12 avgustda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2016 yil 24 avgustda ma’qullangan edi. Ushbu qonunning maqsadi yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonun 33 moddadan iborat.

     

    “Dori turlari texnologiyasi” dotsenti G.M.Tureeva 1kurs  magistrlik  talabalari bilan  «Peroral osmotik tizimlar. Flotatsiyali va peroral mukoadgeziv tizimlar» mavzusida ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

      Dori turlari texnologiyasi kafedrasining “Farmasevtik texnologiya” fanidan “Konsentrlangan eritmalarni tayyorlash, ularni suyultirish va quyultirish qoidalari”  mavzusidagi laboratoriya mashg‘ulotlarini DTT kafedrasining filiali “Afsonak 63” xususiy dorixonasida  olib borildi. Mazkur mashg‘ulot farmatsiya fakulteti   3 kurs 302 B guruh talabalari bilan  DTT kafedrasi dotsenti N.M. Rizaeva boshchiligida olib borildi. Mashg‘ulot  jarayonida konsentrlangan eritmalar tayyorlash texnologiyasi va ularni suyultirish va quyultirish qonun-qoidalarini qo‘llashni o‘rgandilar va ular o‘rtasida amaliy ko‘nikmalar shakllandi.

     

Dori turlari texnologiyasi kafedrasining “Farmasevtik texnologiya” fanidan “Yuqori molekulali birikmalar eritmalari. Kolloid eritmalar. Himoyalangan va yarimkolloidlar texnologiyasi”  mavzusidagi integral ma’ruza  “Dr.Mardon Group”  Farmaceutical compani bilan birgalikda olib borildi. Mazkur ma’ruza farmatsiya fakulteti   3 kurs 1 oqim 301, 302 va 310 guruh talabalari bilan  DTT kafedrasi dotsenti N.M. Rizaeva va “Dr.MardonGroup” Farmaceutical compani yetakchi xodimlari T.K. Axmedova, G.M. Rasulovalar bilan olib borildi. Ma’ruza  jarayonida “Dr.MardonGroup” Farmaceutical compani kolloid eritmalar texnologiyasiga oid videorolik, taqdimot  va ishlab chiqarilayotgan preparatlar nomenklaturasi va texnologiyasi bilan  tanishtirdilar.

    Dori turlari kafedrasi assistenti N.S.Abduxalilova 2-Respublika Tibbiyot kolleji o‘qituvchilariga “Murakkab tarkibli poroshoklar tayyorlash va sifatini baholash” mavzusida va assistent N.Sh.Radjapova “Ta’lim vositalari-ta’lim texnologiyasining elementi” mavzularida seminar trening o‘tkazishdi.  Seminar-trening davomida kollej o‘qituvchilariga mavzuga oid prezentatsiya, ko‘rgazmali materiallar namoyish qilindi. Seminar-trening natijasida o‘qituvchilar nazariy va amaliy darslarda qo‘llaniladigan graf organayzerlar bilan tanishib, pedagogik tajriba almashdilar.

     

     

 “Farmasevtik texnologiya” fanidan “Konsentrlangan eritmalarni tayyorlash, ularni suyultirish va quyultirish qoidalari” mavzusidagi laboratoriya mashg‘ulotini DTT kafedrasining filiali “Afsonak 63” xususiy dorixonasida olib borildi. Mazkur mashg‘ulot farmatsiya fakulteti 301 A guruh talabalari bilan DTT kafedrasi v/b dotsenti F.A. Umarova boshchiligida olib borildi.

     

   “Dori turlari texnologiyasi”  kafedrasi “Farmasevtik texnologiya” fanidan “Suvli eritmalar. Qiyin eriydigan va kompleks birikma hosil qiladigan moddalardan eritmalar tayyorlashni o‘ziga xos tomonlari” mavzusidagi laboratoriya mashg‘ulotlarini “Afsonak 63” xususiy dorixonasida   olib bordi. Mazkur mashg‘ulot institut “Farmatsiya”  fakulteti  farmatsiya yo‘nalishi 3 kurs  310 A guruh talabalari  DTT  kafedrasi  assistenti M.A.Tashmuxamedova  boshchiligida o‘tkazildi.  Mashg‘ulot   jarayonida  konsentrlangan eritmalarni suyultirish va quyultirish  texnologiyasi bo‘yicha talabalar tomonidan laboratoriya ishlari olib borildi va ular o‘rtasida amaliy ko‘nikmalar shakllandi.

     

   Kafedraning murabbiylari “Odob ahloq qoidalari” bilan o‘z guruhlaridagi talabalarni tanishtirib, talabalarni darslarga o‘z vaqtida qatnashlari, kundalik o‘zlashtirishni yaxshilash va darslarni qoldirmaslik, TTJ va institut ichki tartib-qoidalariga rioya qilish haqida  suhbat uyushtirdilar.

     

     

     

     Sankt Peterburg Tibbiyot Universiteti professori S.Z.Umarov va sanoat farmatsiyasi kafedrasi mudiri prof  A. Narkevich  bilan bo‘lgan uchrashuvda DTT kafedra mudiri, prof Yo.S.Karieva, prof Z.A.Nazarova, dotsent G.M.Tureeva va kafedra  assistentlari N.Sh.Radjapova va N.S. Abduxalilovalar ishtirok etdilar.

     

  Dori turlari texnologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi N.X.Aripova tomonidan 1-Respublika Tibbiyot kolleji 2-kurs o‘quvchilariga “Qattiq dori turlari. Yig‘malar” mavzusida  ma’ruza o‘tkazildi.  Ma’ruza davomida kollej o‘quvchilariga mavzuga oid prezentatsiya, ko‘rgazmali materiallar namoyish qilindi. Ma’ruza natijasida o‘quvchilar nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.

     

  Dori turlari texnologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi N.X.Aripova tomonidan 1-Respublika Tibbiyot kolleji 2-kurs o‘quvchilariga “Qattiq dori turlari. Yig‘malar” mavzusida  ma’ruza o‘tkazildi.  Ma’ruza davomida kollej o‘quvchilariga mavzuga oid prezentatsiya, ko‘rgazmali materiallar namoyish qilindi. Ma’ruza natijasida o‘quvchilar nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.

     

      “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi o‘qituvchilari va TTJ pedagog-tarbiyachisi N.E. Yusupovalar tomonidan Talabalar turar joyida “Buyuk allomalar hayoti va ijodiy faoliyati vatanparvarlik tarbiyasida ibrat manbai” mavzusida suhbat uyushtirdilar.

     

    “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi dotsenti N.M.Rizaeva va assistent N.Sh.Radjapovalar Olmazor tibbiyot kolleji Farmatsiya bo‘limi 3 kurs o‘quvchilariga   “Gomogen tipdagi surtma dorilar texnologiyasi” mavzusida ma’ruza o‘tkazdilar. Ma’ruza davomida kollej o‘quvchilariga mavzuga oid prezentatsiya, ko‘rgazmali materiallar namoyish qilindi. Ma’ruza natijasida o‘quvchilar nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.

     

 “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi murabbiylari o‘z guruhlarida    Harakatlar strategiyasi maqsad va vazifalarini talaba yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish, “Taraqqiyot strategiyasi-farovon kelajagimiz kafolati”  mavzusida suhbat olib bordilar.

     

   “Dori turlari texnologiyasi” assistenti N.Sh.Radjapova farmatsiya fakulteti 5 kurs  kasb ta’limi 501A guruh  talabalari bilan  «Qattiq kosmetik vositalar texnologiyasi. Kosmetik vositalar sifatini baholash» mavzusida ochiq laboratoriya mashg‘ulotini o‘tkazdi.

     

     

    Farmatsiya fakulteti 4 kurs 409 guruh talabalari guruh murabbiyi N.Sh.Radjapova bilan birgalikda Zangiota ziyoratgohiga tashrif buyurdilar. Ziyorat davomida guruh talabalari bilan Zangi buva maqbarasi va Anbar ona maqbaralari ziyorat qilinib, ular haqidagi tarixiy ma’lumotlar bilan tanishdilar.

   Dori turlari texnologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari dotsent M.T.Tureeva, dotsent  N.S. Fayzullaeva, dotsent N.M.Rizaeva, v.b.F.A.Umarova,  katta o‘qituvchi N.X.Aripova va assistent N.Sh.Radjapovalar  TTJdagi kafedraga biriktirilgan 17-24 xonalarni sanitariya-gigienik holatini nazorat qilish uchun tashrif buyurdilar va talabalar bilan suhbat o‘tkazdilar.

     

    V.b. dotsent F.A.Umarovaning murabbiylik guruhi Farmatsiya fakulteti 4 kurs 407 A guruh talabasi N.U.Usmonova Zulfiyaxonim qizlari Respublika ko‘rik tanlovida ishtirok etdi.

     

  Yetakchi tashkilot sifatida Toshkent farmasevtika inctituti Dori turlari texnologiyasi kafedrasida O.S.Charыshnikovaning “Fitoestrogen Ferutininning kalsiyga bog‘liq biologik effektlari” mavzusida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishining  asosiy mazmuni bayon etildi va muhokama qilindi.

 Dissertatsiya 03.00.02-Biofizika va radiobiologiya ixtisosligi bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan.

Muhokamada kafedra professor o‘qituvchilari dos. N.S.Fayzullaeva va dos. G.M.Tureeva qatnashishdi. Kaf. mudiri professor Yo.S.Karieva  mazkur dissertatsiya ishiga  taqrizchi sifatida  o‘z fikrlarini bildirdilar.

     

    Dori turlari texnologiyasi kafedrasi dotsenti  N.M.Rizaeva, v.b. dotsent F.A.Umarova,  assistent N.Sh.Radjapovalar rahbariyat tomonidan tashkil etilgan 8-Dekabr

        Konstitutsiya qabul qilinganligi va Konstitutsiyaning 26-yilligiga bag‘ishlab “Baxtimiz qomusi va farovonlik dasturi” mavzusida va 10-Dekabr Inson manfaatlarini himoya qilish dekloratsiyasining 70 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan tadbirda ishtirok etdilar.

     

      Kafedra professor o‘qituvchisi Z.A.Nazarova O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash borasida ko‘rsatayotgan fidokorona mehnatlarini qadrlash maqsadida va Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.

       Kafedra mudiri, prof Yo.S.Karieva tomonidan “Kosmetolog” to‘garaklarida rejalashtirilgan mavzular asosida ma’ruza o‘qildi. Unda farmatsiya fakultetida ta’lim olayotgan talabalar ishtirok etishdi. Zamonaviy dorilar tarkiblari, texnologiyasi va ularni dorixona sharoitida tayyorlash mavzusi talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

    Shuningdek  “Texnolog” to‘garagida prof. Z.A. Nazarova, dos. G.M. Tureeva, dos. N.S.Fayzullaeva, “Kosmetolog” to‘garagida kafedra mudiri, prof. Yo.S.Karieva, dos. N.M. Rizaeva,  v/b dos. I.Sh.Sharipovalar rahbarlik qilib kelmoqdalar.

     

 Kafedra dotsenti N.M.Rizaeva 1-Respublika Tibbiyot kolleji 2 kurs talabalariga “Emulsiyalar dori shakli sifatida. Emulgatorlar tushunchasi. G/L/B ko‘rsatkichi. Emulsiya turg‘unligiga ta’sir etuvchi omillar”  mavzusida ma’ruza o‘tkazdi. Ma’ruzada tibbiyot kolleji o‘qituvchilari ham ishtirok etdilar.

     

   5 kurs 501, 502 va 503 guruh (1 oqim) talabalariga “Maxsus dori turlari texnologiyasi” fanidan Dori turlari texnologiyasi kafedrasi dotsenti N.S.Fayzullaevaning “Gomeopatiyada ishlatiladigan doza va suyultirishlar. Gomeopatiyaga oid qo‘llanmalar. Gomeopatiya farmakopeyasi” mavzusi bo‘yicha ochiq ma’ruza o‘tkazildi.

     

    Kafedra dotsenti N.M.Rizaeva 410 guruh talabalari bilan 33-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashgan maktab internatiga tashrif buyurib,  u yerda bolalarga yangi yil sovg‘alarini taqdim etdilar.

     

    Dori turlari texnologiyasi kafedrasi assistenti M.A.Tashmuxamedova  Olmazor tibbiyot kollejining  “Farmatsiya”  yo‘nalishi  2 kurs  111 guruh  o‘quvchilariga  “Poroshoklar. Qiyin maydalanuvchi, bo‘yovchi, to‘zg‘uvchi moddalardan  poroshoklar tayyorlash texnologiyasi”  va katta o‘qituvchi  N.X. Aripova  Olmazor tibbiyot kollejining  2 kurs 110 guruh o‘quvchilariga “Kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalardan poroshoklar tayyorlash texnologiyasi” mavzularida laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazishdi va unda  mavzuga oid ko‘rgazmali materiallar, videorolik namoyish qilindi.

     

    Dori turlari texnologiyasi kafedrasi murabbiylari N.S.Fayzullaeva, N.M.Rizaeva, I.Sh.Sharipova, F.A.Umarova, N.X.Aripova, G.M.Tureeva, N.Sh.Radjapova, M.A.Tashmuxamedovalar ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi tomonidan uyushtirilgan guruh murabbiylari yig‘ilishida ishtirok etdilar. Yig‘ilishda talabalar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, talabalar davomati, axborot soatlarini o‘tilish nazorati haqida gapirildi.

     

   Farmatsiya fakulteti 1kurs magistratura     talabalari uchun ”Magnitli nanozarrachalar yordamida dorilarni yo‘naltirish. Magnitli dori turlarini yaratishdagi muammolar” mavzularda integrallashgan ma’ruza bo‘lib o‘tdi.  Ma’ruza  Dori turlari texnologiyasi kafedrasi dotsenti G.M.Tureeva va   Fizika-matematika va axborot texnologiyalar  kafedrasi mudiri dotsent K.K Shodmonov ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

     

        Dori turlari texnologiyasi murabbiylari  N.S.Fayzullaeva, N.M.Rizaeva, I.Sh.Sharipova, F.A.Umarova, N.X.Aripova, G.M.Tureeva, N.Sh.Radjapova, M.A.Tashmuxamedovalar tomonidan  “O‘zbekistonda gaz, elektr energiyasi, kommunal xizmatlar va boshqa to‘lovlar tariflari oshishi sabablarini keng jamoatchilk o‘rtasida targ‘ib qilishga bag‘ishlangan  amaliy qo‘llanma” to‘g‘risida o‘z guruh talabalariga ma’lumot  berdilar.

     

   Toshkent farmasevtika instituti  va Janubiy Qozog‘iston tibbiyot  akademiyasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik Memorandumi asosida mazkur akademiyaning  “Farmatsiya” mutaxassisligining 2 kurs magistrantlari ilmiy stajirovkani o‘tash uchun Toshkent farmasevtika institutiga yo‘llanilgan. Bulardan Kasыmova Amina va Tыnыs Taңsholpan DTT kafedrasiga biriktirilgan bo‘lib,  2018 y 19 dekabr o‘tkazilgan stajirovka natijalari va o‘z ilmiy tadqiqotlarining asosiy mazmuni bo‘yicha  hisobot berishdi.

     

    Kafedra assistentlari M.A.Tashmuxamedova 109 guruh, N.Sh.Radjapovalar 409-guruh talabalari bilan 22-sonli Mehribonlik uyida bo‘lib, u yerdagi ota-ona qarovidan mahrum bo‘lgan yetim bolalar uchun yangi yil sovg‘alari sifatida o‘quv qurollari va shirinliklar taqdim etib, bolalarni quvontirdilar.

     

     

   Toshkent farmasevtika institutining katta faollar zalida soat 9-30  dan 14-15 ga qadar “Isloxotlar –tibbiy oliy ta’limni rivojlantirish yo‘lida” mavzusida o‘quv uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarni institutning ilmiy va innovatsion sohalar bo‘yicha prorektori N.S.Normaxamatov kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda “Innovatsion-taraqqiyot garovi” mavzusida ma’ruza qildi.

    O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i N.A.Abzalova yig‘ilish qatnashchilariga “Islohotlar-tibbiy oliy ta’limni rivojlantirish yo‘lida” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

     Mazkur seminarda kafedrasi professor o‘qituvchilari Yo.S.Karieva, Z.A.Nazarova, G.M.Tureeva, N.S.Fayzullaeva, N.M.Rizaeva, I.Sh.Sharipova, F.A.Umarova, N.X.Aripova va N.Sh.Radjapovalar ishtiroki ta’minlandi.

     

     

   Talabalarni qishki ta’tili davrida tashkil etilgan o‘quv seminar davomida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan taqdim etilgan “Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: xalqaro tajribalar va O‘zbekiston amaliyoti” mavzusidagi taqdimot dasturga kiritildi.

   O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i N.A.Abzalova hamda ilmiy va innovatsion ishlar bo‘yicha prorektor N.S.Normaxamatov tomonidan ma’lumotlar Toshkent farmasevtika instituti professor-o‘qituvchilari e’tiboriga taqdim etildi. Seminarda DTT kafedra mudiri, prof Yo.S.Karieva va professor o‘qituvchilari A.Nazarova, G.M.Tureeva, N.S.Fayzullaeva, N.M.Rizaeva, I.Sh.Sharipova, F.A.Umarova, N.X.Aripova va N.Sh.Radjapovalar tinglovchi sifatida ishtirok etdilar.

     

      Mamlakatimizda ta’lim sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi,  o‘qitishning mazmun va mohiyatini tubdan yangilashda o‘tgan qisqa ikki yil ichida ta’lim islohotlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, nutqlari hamda normativ me’yoriy-xuquqiy hujjatlarining mazmuni, mohiyati va ahamiyatini respublika oliy ta’lim muassasa professor-o‘qituvchilari ongiga singdirish hamda OO‘MTVning 2019 yil 3 yanvardagi 87-03-01-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida seminar-treninglar tashkil etib borilmoqda.

     Toshkent farmasevtika institutining katta faollar zalida “Halqaro hamkorlik borasida islohotlar” mavzusida o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.

  “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendianti, Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Ye.Abdullaeva “Nile (Norowich Intsitutefor language education)-  Buyuk Britaniya, Norvich-til o‘qitish institutda orttirilgan tajriba va malakalarni Toshkent farmasevtika institutida tadbiq etish usullari” mavzusi yuzasidan, sanoat farmatsiyasi fakultetining yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovini Z.U.Mamatqulov “Shaxsiy samaradorlikni oshirishga yaratilgan Self-menejementini shakllatirishda Soft-skills ko‘nikmalarining ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildilar.

   Mazkur seminarda  kafedraning barcha professor-o‘qituvchilarining kafedra mudiri, prof Yo.S.Karieva, A.Nazarova, G.M.Tureeva, N.S.Fayzullaeva, N.M.Rizaeva, I.Sh.Sharipova, F.A.Umarova, N.X.Aripova va N.Sh.Radjapovalar ishtiroki ta’minlandi.

     

   OO‘MTVning 2018 yil 31 dekabrdagi 87-03-4548-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida institutda “Halqaro hamkorlik borasida islohotlar” mavzusidagi seminarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda uzluksiz ta’lim tizimi muassasalari xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy masalalarida malakasini oshirish yuzasidan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimi A.Qodirovning “Uch bosqichli ma’naviy tarbiya konsepsiyasining barkamol jamiyatni shakllantirishdagi ahamiyati” mavzusida tayyorlangan videoroligi namoyish etildi.

   Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 9 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish  to‘g‘risida”gi hamda 2017 yil 24 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzurida budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlarining mazmun mohiyati institut professsor-o‘qituvchilari e’tiboriga yetkazildi.

   Mazkur seminarda kafedraning barcha professor-o‘qituvchilarining Yo.S.Karieva, A.Nazarova, G.M.Tureeva, N.S.Fayzullaeva, N.M.Rizaeva, I.Sh.Sharipova, F.A.Umarova, N.X.Aripova, N.Sh.Radjapova va M.A.Tashmuxamedovalar ishtiroki ta’minlandi.

     

     

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, nutqlari hamda normativ me’yoriy-xuquqiy hujjatlarining mazmuni, mohiyati va ahamiyatini Respublika oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qiituvchilari ongiga singdirish hamda OO‘MTVning 2019 yil 3 yanvardagi 87-03-01-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida seminar-treninglar tashkil etib borilmoqda.

     Toshkent farmasevtika institutining  katta faollar zalida “Pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmoq markazlarida ortirilgan ko‘nikmalarni o‘quv jarayoniga tadbig‘i” mavzusida o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur seminar treningda Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi dotsenti B.Ye.Sultonov,  analitik kimyo kafedrasi dotsenti G.U.Po‘latova,Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi N.S.Karimova, farmasevtik kimyo kafedrasi assistenti  A.A.Jo‘raeva, Organik va biologik kimyo kafedrasi assistenti J.B.Tursunqulovlar dasturda belgilangan mavzular yuzasidan ma’ruza qildilar.

    Seminar so‘ngida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda uzluksiz ta’lim tizimi muassasalari xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy masalalarida malakasini oshirish maqsadida mavzuga doir videofilmlar namoyish etildi.

   Mazkur seminarda kafedraning barcha professor-o‘qituvchilarining Yo.S.Karieva, A.Nazarova, G.M.Tureeva, N.S.Fayzullaeva, N.M.Rizaeva, I.Sh.Sharipova, F.A.Umarova, N.X.Aripova, N.Sh.Radjapova va M.A.Tashmuxamedovalar ishtiroki ta’minlandi.

     

     

      Institutning  katta faollar zalida qishki ta’til vaqtida  tashkil etilgan  seminarning yakuniy qismi bo‘lib o‘tdi.

     “Yosh pedagoglar bilan ishlash kengashi” raisi A.Karimov “Institut yosh pedagoglari bilan ishlash borasidagi muammolar va rejalar”, monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i K.A.Cho‘lponov “Kafedralarning 2018-2019 o‘quv yilining 2-yarmiga tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish natijalari monitoringi” mavzusida, Fizika matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri, dotsent K.K.Shadmonov “Axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlarning hisoboti” mavzularida ma’ruzalar qildilar. Shuningdek seminar treningda  Karaganda tibbiyot universitetida bo‘lib o‘tgan “Perexod k universitetskoy avtonomii v Kazaxstane” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya to‘g‘risida viderolik namoyish etildi.

    Talabalarning qishki ta’tili davomida institut professor-o‘qituvchilari ishtirokidagi seminar-treningni yakunlovchi qismi institutning o‘quv va uslubiy bo‘lim boshlig‘i N.Abzalova hamda monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i K.A.Cho‘lponov nutqi bilan yopildi.

     Mazkur seminarda kafedraning barcha professor-o‘qituvchilarining Yo.S.Karieva, A.Nazarova, G.M.Tureeva, N.S.Fayzullaeva, N.M.Rizaeva, I.Sh.Sharipova, F.A.Umarova, N.X.Aripova, N.Sh.Radjapova va M.A.Tashmuxamedovalar ishtiroki ta’minlandi.

     

     Institutning katta faollar zalida “Vatanni himoya qilish-sharafli, oliyjanob va mas’uliyatli burch”, “Milliy armiya xalqimiz ishonchi, Vatanimiz qudratidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda kafedra assistenti N.Sh.Radjapova ishtirok etdi.

     

Farmatsiya fakulteti 4 kurs klinik farmatsiya yo‘nalishi 410 guruh  talabalari uchun  Dori vositalarining sanoat texnologiyasi dotsenti O.R.Raximova va Dori turlari texnologiyasi kafedrasi dotsenti N.M.Rizaeva tomonidan «Surtmalar tarixi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi»  va «Surtmalar, ularda qo‘llaniladigan asoslar, umumiy texnologiya. Gomogen surtmalar  texnologiyasi» mavzularda integrallashgan ma’ruza o‘qildi.

     

       Z.M.Bobur tavallud topgan kuniga bag‘ishlab “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodida vatanparvarlik tuyg‘ulari” mavzusida  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir va tarjimon Rustam Musurmon va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi va tarixshunos olim Bahodir Qobul bilan katta majlislar zalida uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvga kelgan mehmonlar Boburning katta hajmdagi davlat ishlari, shuningdek uning adabiy-badiiy faoliyati, asarlari haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirdilar va  o‘zlarining ijod namunalaridan o‘qib eshittirdilar.

     

     

Kafedra professor-o‘qituvchilari talabalar turar joyiga tashrif buyurib, o‘zlariga biriktirilgan 17-24 –xonalarni tozaligini  nazorat qildilar va  professor Z.A.Nazarova va dotsent G.M. Tureevalar tomonidan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida talabalarga ma’lumot berildi va   axborot soati materiallari bilan tanishtirildi.

     

      Institut Kasaba uyushmasi qo‘mitasining konferensiyasida kafedra mudiri, prof Yo.S.Karieva, dotsent G.M.Tureeva, assistent N.Sh.Radjapovalar ishtirok etdilar. Konferensiyada Toshkent farmasevtika instituti ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 2018 yil davomida Jamoa shartnomasining ijrosi yuzasidan olib borgan ishlari hisoboti kasaba uyushmasi qo‘mitasi sho‘ba boshlig‘i A.Rajapov tomonidan taqdim etildi. Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi K.K.Ismailov tomonidan 2019-2021 yillar uchun mo‘ljallangan Jamoat shartnomasi haqida batafsil ma’lumot berildi. Mazkur masala yuzasidan delegatlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib muhokamada faol ishtirok etdilar.

     

   Farmatsiya fakulteti 3 kurs 307 guruh talabalari guruh murabbiyi N.S.Abduxalilova bilan birgalikda Zangiota ziyoratgohiga tashrif buyurdilar. Ziyorat davomida guruh talabalari bilan Zangi buva maqbarasi va Anbar ona maqbaralari ziyorat qilinib, ular haqidagi tarixiy ma’lumotlar bilan tanishdilar.

      

     Toshkent farmasevtika instituti DTT kafedrasi dotsenti Sharipova Iroda Shavkatovna,  farmatsiya fakulteti 3 kurs 303 A va B guruh talabalari hamda yoshlar bilan ishlash ma’naviyat  va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i  N.X.Ashurova ishtirokida Toshkent viloyati Zangiota tumani “Tokzor” maxallasi Uch tut  ko‘chasi 2 uyda istiqomat qiluvchi   1 guruh nogironlari bo‘lgan Ismatova Maxsuma, Ismatov Ismatjonlarning  holidan xabar  olish maqsadida xonadonlariga tashrif buyurdilar. Shu bilan birga ularga kerakli dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etdilar.