Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
ABDURAXMONOV Baxromjon Alisherovich
Ilmiy darajasi va unvoni: Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqti: Dushanba, Chorshanba, Juma, (13:30-16:30)
E-pochta: b.abduraxmonov@pharmi.uz
KAFEDRA TARIXI
Toshkent farmatsevtika instituti tashkil etilgandan (1937 y.) to 1948 yilgacha fizika va matematika fanlari Toshkent tibbiyot institutining fizika kafedrasi bazasida o'qitilgan. 1948 yildan boshlab ma'ruzalar Toshkent farmatsevtika instituti bazasida fizika va matematika kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi, prof.V.N.Mixalkov tomonidan o'qilgan, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari esa o'rindosh o'qituvchilar (katta o'qituvchi S.S.Rumi, assistentlar V.A.Litosh, V.I.Nogornov, M.G.Gaziev, Ya.I.Postupalskiy tomonidan ToshMIning fizika kafedrasi bazasida o'qitilgan. 1958 yili Toshkent farmatsevtika instituti bazasida mustaqil fizika va matematika kafedrasi tashkil etilidi, unga kafedra mudiri etib, O'zFAning muxbir a'zosi, dotsent I.I.Islomov tayinlangan. Bu vaqtda kafedraning moddiy-texnik bazasi bo'lmagani uchun laboratoriya asosan ToshMIning fizika kafedrasi bazasida assistentlar V.A.Litosh, V.I.Nogornov, M.G.Gaziev, va S.S. Azizovalar tomonidan olib borilgan.
Keyinchalik 1960 yilda kafedraga mudir etib fizika-matematika fanlari nomzodi S.G.Chernomorchenko, so'ngra 1980 yilda biologiya fanlari nomzodi P.I.Isaev saylandi. 1992 yilda fizika va matematika kafedrasi ikkita kafedraga: «Oliy va amaliy matematika» va «Fizika» kafedralariga ajratilgan.
1992 - 2004 yillar davomida «Oliy va amaliy matematika» kafedrasiga fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Z.Ilxomov, 2004 - 2005 yillari M.Pozilov mudirlik qildilar, «Fizika» kafedrasiga esa 1992 - 1996 yillarda dotsent A.K.Saakova, 1996 - 2000 yillarda dotsent B.Sapaev, 2000 – 2005 yillarda dotsent N.X.Ulug'murodovlar mudir bo'lib faoliyat olib borishgan. 2005 yildan yana bu ikki kafedra birlashtirilib «Fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi» deb atala boshlandi. 2005 - 2009 yillarda kafedrani texnika fanlari nomzodi, dotsent N.X.Ulug'murodov, 2009 - 2015 yillarda kafedraga texnika fanlari nomzodi, dotsent X.Sh.Ilxomov, 2015 - 2016 yillarda texnika fanlari doktori, dotsent S.Yo.Inog'omov, 2016 - 2021 yillarda kimyo fanlari nomzodi, dotsent K.K.Shadmanov mudir lavozimida faoliyat olib borishgan.
2021 yil 06 sentyabridan hozirgi kungacha kafedraga fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent B.A.Abduraxmonov mudirlik qilmoqda.
MUDIR HAQIDA MA’LUMOT VA ERISHGAN YUTUQLARI.
Abduraxmonov Baxromjon Alisherovich – fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 1997 yil Namangan davlat universitetining Matematika fakultetini tamomlagan. Ish faoliyatini 1997 yil Chust tumanidagi 43-maktabda o‘qituvchi lavozimda boshlab, 1999 yil Namangan davlat universtitetida tadqiqotchi lavozimida davom ettirgan. 1999 yildan 2010 yilgacha O‘zR FA Ramonovskiy nomidagi Matematika institutining Amaliy matematika bo‘limida aspirant, kichik ilmiy xodim va katta ilmiy xodim, 2010 yildan 2014 yilgacha Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi 2-sonli akademik litsey Bosh o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. 2014 yildan boshlab, Toshkent farmatsevtika institutining “Fizika, matematika va AT” kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, 2021 yil 06 sentyabridan kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
2007 yil “Устойчивость положения равновесия и регулярный синтез оптимального управления нелинейных систем специального вида” mavzusida 01.01.02 – Differensial tenglamalar ixtissosligi bo‘yicha himoya qilgan.
B.Abduraxmonov Toshkent farmatsevtika instituti talabalari uchun “Matematika va matematik statistika” fanidan zamon talablariga mos o‘quv-me’yoriy hujjatlarni tayyorlash, qayta ishlash, mashg‘ulotlarni ilmiy asosda tashkil qilish va o‘tkazish, tayyorlangan o‘quv dasturi va o‘quv-uslubiy majmualarni o‘quv jarayoniga tadbiq etib kelinmoqda. Shu bilan birgalikda institut talabalari uchun “Oliy matematika” (2-qismli) hamda “Matematik induksiya metodi” va “Tengsizliklarni yechishni klassik usullari” o‘quv qo‘llanmalari va bir nechta o‘quv uslubiy ko‘rsatma muallifi va xammuallifi. Respublika va halqaro ilmiy anjumanlarda o‘z ilmiy ishlari bilan faol qatnashadi. U 60 dan ziyod ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar muallifi.
KAFEDRA SHU VAQTGA QADAR ERISHGAN YUTUQLARI
Mustaqillik davrida kafedra yangi texnik jihozlar bilan boyidi, ya'ni o'quv va ilmiy ishlar uchun zarur bo'lgan asboblar va jihozlar olinib, institut bazasida to'liq o'quv jarayoni bilan birgalikda ilmiy ishlar ham yo'lga qo'yildi. Kafedrada dastlab, Farmatsiya fakulteti talabalariga 3 ta fan fizika, biofizika va matematika fanlari o'qitilgan bo'lib, hozirgi kunda esa Farmatsiya va Sanoat farmatsiyasi fakul'tetlari talabalariga bakalavrlar uchun 9 ta fan (Matematika va matematik statistika, Fizika, Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish, Amaly mexanika (tanlov), Tibbiyot va farmatsevtikada metrologiya, Ishlab chiqarishning metrologik ta’minoti, Nazorat, tadqiqot va o’lchashlarni avtomatlashtirish, Farmatsevtik informatika, Kompyuterli matematik tizimlar) magistrlar uchun 1 ta fan (Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) zamonaviy talablarga mos fan dasturi va ishchi dasturlar asosida o'qitilmoqda.
KAFEDRA JAMOASI HAQIDA BATAFSIL MA’LUMOT
Hozirgi vaqtda kafedra mudiri, dotsent B.A.Abduraxmonov rahbarligida kafedrada 12 ta professor-o'qituvchilar faoliyat yuritayotgan bo'lib, ulardan texnika fanlari doktori, professor S.Yo.Inog'omov, dotsentlar X.Sh.Ilxomov, D.Z.Narzullayev, N.T.Qodirova, katta o'qituvchilar A.S.Baydullayev, N.X.Samigova, N.B.Sodiqova, Z.B.Tursunova, G.A.Qodirova, A.T.Tursunov, o’qituvchi N.M.Aliyeva talabalarga bilim berib kelishmoqda.

“FIZIKA” BO’LIMI
|
F.I.SH. Inog‘omov Sobit Yoqubjonovich Lavozimi: Kafedra professori, t.f.d. Tug‘ilgan vaqti: 30.10.1957 e-mail: s.inagamov@pharmi.uz
|
1976-1981 y. ToshDU. 1975-1992 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muxandislari instituti, fizika kafedrasi laborant va laboratoriya boshlig‘i, kichik xodim, ilmiy xodim. 1992-1993 yy. - O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Suv muammolari institutida ilmiy xodim. 1993 dan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika instituti “Fizika” kafedrasi assistenti, “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, Agrobiotexnologiya fakulteti dekani, “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi, kafedra dotsenti, 2021 yil 6 sentyabrdan kafedra professori. |
|
|
F.I.SH. Qodirova Nazokat Turaevna Lavozimi: Kafedra dotsenti, t.f.n. Tug‘ilgan vaqti: 13.08.1969 e-mail: n.qodirova@pharmi.uz |
1986-1991 yy SamDU talabasi. 1991 – 2015 yy. – Termiz davlat universiteti “Umumiy fizika” kafedrasi laboranti, o’qituvchisi, kata o’qituvchisi, dotsenti, kaferda mudiri. 2015 –2020 yy Toshkent farmatsevtika instituti “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti. 2020 -2021 yy - I.A.Karimov nomidagi TDTU Termiz filiali “Yengil sanoat va kimyo texnologiyalari” fakulteti dekani. 2021 yildan xozitgi kungacha Toshkent farmatsevtika instituti “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti. |
|
|
F.I.SH. Sodiqova Nargiza Baxtiyorovna Lavozimi: Katta o‘qituvchi Tug‘ilgan vaqti: 02.07.1973 e-mail: n.sadikova@pharmi.uz
|
1990-1995 yy. ToshDU talabasi. 1995 yildan hosirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika instituti “Fizika” kafedrasi laboranti, assistenti, “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi. |
|
|
F.I.SH. Tursunova Zuxra Botirovna Lavozimi: Katta o‘qituvchi Tug‘ilgan vaqti: 03.01.1972 e-mail: z.tursunova@pharmi.uz
|
1989-1994 yy. ToshDU talabasi. 1995-2002 yy. - Toshkent viloyati, Krasnogorsk shahri, 47-maktab o‘qituvchi. 2002 yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika instituti, “Fizika” kafedrasi o‘qituvchisi, “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi. |
“MATEMATIKA” BO’LIMI
|
F.I.SH. Abduraxmonov Baxromjon Alisherovich Lavozimi: Kafedra mudiri, f-m.f.n., dotsent. Tug‘ilgan vaqti: 05.03.1975 e-mail: b.abduraxmonov@pharmi.uz |
1992-1997 yy. Namangan davlat universiteti talabasi. 1997-1998 yy. - Namangan viloyati, Chust tumani, 43-maktab o‘qituvchisi. 1998-1999 yy. - Namangan davlat universiteti stajyor-tadqiqotchisi 1999-2002 yy. - O‘zR FA Matematika instituti aspiranti. 2002-2007 yy.- O‘zR FA Matematika instituti “Amaliy matematika” bo‘limi kichik ilmiy xodimi. 2007 -2010 yy. - O‘zR FA Matematika instituti “Amaliy matematika” bo‘limi katta ilmiy xodimi. 2010 –2014 yy. – TATU qoshidagi 2-sonli akademik litsey bosh o‘qituvchisi. 2014 – 2021 yy. Fizika, matematika va AT kafedrasi katta o’qituvchisi, dotsenti. 06.09.2021 - h.v. - kafedra mudiri. |
|
|
F.I.SH. Samigova Nodira Xamidullaevna Lavozimi: Katta o‘qituvchi Tug‘ilgan vaqti: 10.07.1972 e-mail: n.samigova@pharmi.uz
|
1989-1994 yy. Toshkent davlat universiteti talabasi. 1994-2001 yy. - Toshkent shahridagi 20-maktab o‘qituvchisi. 2001 yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmasevtika instituti “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi. |
“AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” BO’LIMI
|
F.I.SH. Ilxamov Xisamiddin Shatursunovich Lavozimi: Kafedra dotsenti, t.f.n. Tug‘ilgan vaqti: 15.11.1958 e-mail: x.ilxamov@pharmi.uz
|
1976-1981 yy. - Toshkent davlat universiteti talabasi. 1981-1986 yy. - Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ilmiy laboratoriya muhandisi, 1986-1989 yy - O‘zR FA Mexanika va inshoatlar seysmik mustaxkamligi, instituti aspirant, 1989-1991 yy. –Toshkent temir yo‘llar instituti xisoblash markazi dasturlovchisi, 1991-1993 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jalik mashinalari injenerlari instituti o‘qituvchisi, 2003-h.v. - Toshkent farmatsevtika instituti katta o‘qituvchisi, dotsenti, “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri, “Sanoat farmatsiyasi” fakulteti dekani, “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti. |
|
|
F.I.SH. Narzullayev Davronbek Zikrullayevich Lavozimi: Kafedra dotsenti, t.f.n. Tug‘ilgan vaqti: 25.08.1960 e-mail: d.narzullayev@pharmi.uz
|
1977-1982 yy. - Toshkent davlat universiteti talabasi, 1982-2003 yy. - «Kibernetika» birlashmasi muxandisi, aspiranti, katta ilmiy xodimi, 1988-1992 yy. - Toshkent oliy partiya maktabi muxandis-dasturlovchisi, 2001-2001 yy. - «Uzintur» firmasi bosh istruktori, 2002-2011 yy. - «Uzbekinvest» eksport-import milliy sugurta kompaniyasining menejeri, 2011-2012 yy. - O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining dotsent vazifasini bajaruvchisi, 2012-2014 yy. - «Ilmiy texnika axboroti» davlat unitar korxonasining katta ilmiy xodimi, 2015-2018 yy. - «Ilmiy texnika axboroti resurslari» ma’suliyati cheklangan jamiyatining direktori, katta ilmiy xodimi, 2019-2019 yy. - Toshkent viloyati xududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazining katta ilmiy xodimi, 2019 y. - h.v. - Toshkent farmasevtika instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti. |
|
|
F.I.SH. Baydullaev Abduraxmon Serikovich Lavozimi: Katta o‘qituvchi Tug‘ilgan vaqti: 07.01.1967 e-mail: a.baydullayev@pharmi.uz
|
1984-1985 yy. ToshDU talabasi. 1985-1987 yy. Xarbiy xizmatda. 1985-1991 yy. ToshDU talabasi. 1991-1994 yy. – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muxandislari instituti (TIQXMMI), “Hisoblash texnikasi va programmalash” kafedrasi laboranti, dasturchi-mixandisi. 1994 yildan hozirgi kungacha Toshkent farmatsevtika instituti, Ta’limning texnik vositalari (TTV) laboratoriysi dasturchi-muxandisi, “Test markazi” muxandis-dasturchi, bo‘lim boshlig‘i, “Test markazi” boshlig‘i, “Axborot texnologiyalari va masofaviy o’qitish markazi” boshlig‘i, “Axborot texnologiyalari” boshlig‘i, Farmatsevtlar malakasini oshirish fakulteti muxandisi, Fizika, metematika va axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi. |
|
|
F.I.SH. Qodirova Gulchexra Aliaskarovna Lavozimi: Katta o’qituvchi Tug‘ilgan vaqti: 06.02.1971 e-mail: g.qodirova@pharmi.uz
|
1989-1995 y ToshDU talabasi. 1995 yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika institutining “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti, kata o’qituvchisi. |
|
|
F.I.SH. Tursunov Alisher Tulqunovich Lavozimi: Katta o’qituvchi Tug‘ilgan vaqti: 28.08.1987 e-mail: a.tursunov@pharmi.uz |
2005-2012 yy. Toshken davlat texni universiteti (TDTU) bakalavr, magistratura talabasi. 2009-2010 yy. - «O’zbekenergo» DAK mutaxasis. 2012-2013 yy. – Toshkent viloyati, Zangiota tumani, “Sanoat va biznes” KHK katta o‘qituvchisi. 2013-2014 yy. - Toshkent iqtisodiyot KHK monitoring bo‘limi boshlig‘i. 2014-2016 yy. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, “Ijtimoiy sohalar” kafedrasi assistenti. 2017 yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmasevtika institutining “Fizika matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti, katta o’qituvchisi. |
|
|
F.I.SH. Aliyeva Nodira Maxkampo’latovna Lavozimi: O‘qituvchi Tug‘ilgan vaqti: 23.02.1971 e-mail: n.aliyeva@pharmi.uz
|
1988-1993 yy. Toshken davlat texnika universiteti (TDTU) talabasi. 1998-1999 yy. Qibray 1- kasb-hunar litseyi laboranti, 1999-2009 yy. Qibray qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji informatika o’qituvchisi, 2010-2012 yy. “Mediya” xususiy korxonasi ish yurituvchisi, 2012-2015 yy. O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti “Axborot texnologiyalar” kafedrasi assistenti, 2015-2019 yy. Yunusobod dizayn KHK informatika va AT o’qituvchisi, 2019-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmasevtika institutining “Fizika matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti. |
O’QUV YORDAMCHI XODIMLAR
|
F.I.SH. Djuraeva Saida Iskadarovna Lavozimi: Kabinet mudiri Tug‘ilgan vaqti: 04.02.1982 e-mail: saida_djurayeva@mail.ru
|
2002-2012 yy. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti bakalavr, magistratuta talabasi. 2004-2007 yy. Toshkent Davlat Aviatsiya institute, “Matematika” kafedrasida operator. 2007-2011yy. Toshkent farmatsevtika institutida FITQ kafedrasida kabinet mudiri. 2015-2017 yy. TKTI qoshidagi akademik litseyi kata o’qituvchisi. 2017-2021 yy. Toshkent farmatsevtika instituti, “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti. 2021 yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika institutining “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi cabinet mudiri. |
KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN O‘QUV-USLUBIY
FAOLIYAT HAQIDA MA’LUMOT.
Kafedrada olib borilayotgan o‘quv ishlar (O‘tilayotgan fanlar, rejalar, vazifalar, mavzular, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ochiq ma’ruzalar ro‘yhati)
Kafedrada o’qitiladigan fanlar:
Bakalavriat:
· Matematika va matematik statistika;
· Fizika;
· Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish;
· Amaly mexanika (tanlov);
· Tibbiyot va farmatsevtikada metrologiya;
· Ishlab chiqarishning metrologik ta’minoti;
· Nazorat, tadqiqot va o’lchashlarni avtomatlashtirish;
· Farmatsevtik informatika
· Kompyuterli matematik tizimlar)
Magistratura:
· Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.
Kafеdrada oxirgi o’quv yili davomida 30 dan ortiq tеzis va maqolalarni Rеspublikamizda va xorijda chop etilgan. Kafеdraning uslubiy ishlari ham salmoqli bo’lib oxirgi o’quv yili davomida 10 dan ziyod darslik, o’quv qo’llanma, uslubiy qo’llanma, uslubiy ko’rsatmalar tayyorlandi. N.X.Ulug’murodov, S.Yo.Inog’omovlar mos ravishda Avtomatika va Elеktrotеxnika fanlaridan darslik va o’quv qo’llanmalari tayorlashdi va chop ettirishdi. Kafеdra profеssor-o’qituvchilari TIJ va Rеspublika fan olimpiyadalariga talabalarni tayyorlab, quvonarli yutuqlarga erishib kеlishmoqda. Shu bilan bir qatorda kafеdra profеssor-o’qituvchilari institutda o’tkaziladigan barcha jamoat ishlarida faol ishtrok etib kеlmoqdalar.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladigan fanlarning barchasida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari keng qo‘llaniladi. Agar ma’ruza darslarida to‘liq axborot texnologiyalaridan foydalanilsa, amaliy va laboratoriya darslarida ham axborot texnologiyalaridan foydalanish ulushi salmoqlidir. Kafedra professor-o‘qituvchilari fanlar bo‘yicha elektron darsliklar, laboratoriya darslari uchun virtual laboratoriyalarni tayyorlab, ularni o‘quv jarayoniga tatbiq qilib borishmoqda. Kafedrada 3 ta kompter sinfi tashkil qilingan bo‘lib, foydalaniladigan zamonaviy kompyuterlar Internet tarmog‘iga ulangan. Bulardan foydalanib, kompyuterlarda talabalar bilimini nazorat qilish va oraliq nazoratlarni o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.
Toshkent farmatsevtika institutida joriy etilgan modulli o‘qitish tizimi (moodle dasturiy ta’minoti) orqali kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalar uchun onlayn kurslari yaratilgan. Hozirgi kunda “Farmatsevtikada axborot texnologiyalari” fanidan dars jarayonlari to‘liq Moodle o‘qitish tizimi orqali amalga oshirilib kelinadi. Talabalar barcha amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlaridan berilgan topshiriqlarni va mustaqil ishlarni elektron shaklda (pdf, word va x.k) onlayn tarzda topshiradilar. Ma’ruzalarning HTML versiyalari, prezentatsiyalar va har bir mavzu bo‘yicha testlar Moodle tizimida amalga oshiriladi. Institut elektron kutubxonasi ham ushbu tizimga ulangan bo‘lib, talabalar tomonidan kompyuterlar, planshetlar va telefon vositalari orqali ushbu tizimdan foydalanishlari uchum imkoniyatlar yaratilgan.