Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

Toshkent farmatsevtika institutida  “Oliy ta’limdan keying ta’limdan institutida” tahsil olayotgan tayanch doktorant (Phd), doktorant (DSc) va mustaqil izlanuvchilarning faoliyati samaradorligi monitoringi bo’lib o’tdi

 

 O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta'lim Vazirligining  2019 yil 26 iyundagi 572-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Talabgorlarning yakka  tartibdagi rеjasi bajarilishini xar chorakda monitoring qilish tartibi to’g’risida”gi nizomning ijrosini ta'minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlarlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi  “Oliy ta’limdan keying ta’limdan tizimini yanada takomillashtirish chora -  tadbirlari to‘g‘risidagi”gi 304-son  Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom»ning 52-bandiga muvofiq “Oliy ta’limdan keying ta’limdan institutida” tahsil olayotgan tayanch doktorant (Phd), doktorant (DSc) va mustaqil izlanuvchilarning faoliyati samaradorligi monitoringi bo’lib o’tdi. Monitoringni Toshkent farmatsevtika instituti rektori t.f.d.  K.S.Rizaev, Ilmiy ishlar va  innovatsiyalar bo’yicha prorektori k.f.d.  N.S.Normahamatov va  ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagog  kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i M.T.Mullajonovalar tomonidan o‘tkazildi. Xar bir tayanch doktorant (Phd), doktorant (DSc) va mustaqil izlanuvchilar bilan individual gaplashilib, ularni ilmiy ishlarini reja asosida olib borilayotganligi, chop etilgan maqolalari va kutilayotgan  natijalar to‘g‘risida batafsil suxbatlashildi.

 

 

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI

2022 yil uchun Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul e’lon qiladi

 

Tayanch doktorantura (Phd):

(ishlab chiqarishdan ajralgan xolda o‘qish uchun)

 

  • 15.00.01 - Dori texnologiyasi  
  • 15.00.02 - Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya   
  • 15.00.03 - Farmatsevtika ishini tashkil etish  
  • 14.00.17 -  farmakologiya va klinik  farmakologiya    

 

Talabgorlar taqdim qiladigan xujjatlar:

  • Ariza;
  • Qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka);
  • Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (kamida 1ta maqola va 2 ta tezis) va ularning nusxalari;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etiladi; 
  • Ilmiy raxbarning yozma roziligi;
  • Pasport  nusxasi
  • 3x4 xajmdagi 6 ta fotosurat;
  • Tayanch doktorantura (Phd)da o‘qish uchun kirayotgan talabgorlar ixtisoslik va chet tili bo‘yicha kirish imtihonlarinitopshiradi.

 

 

Doktorantura (DSc):

(ishlab chiqarishdan ajralgan xolda o‘qish uchun)

 

  • 15.00.02 - Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya   

 

Talabgorlar taqdim qiladigan xujjatlar:

  • Ariza;
  • Qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka);
  • Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis) va ularning nusxalari;
  • Ilmiy raxbarning yozma roziligi;
  • Pasport  nusxasi
  • 3x4 xajmdagi 6 ta fotosurat;
  • Doktorantura (DSc) da o‘qish uchun kirayotgan talabgorlar ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadi.

 

Mustaqil izlanuvchilik: 

(ishlab chiqarishdan ajralmagan xolda o‘qish uchun)

 

  • 15.00.01 - Dori texnologiyasi  
  • 15.00.02 - Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya   
  • 15.00.03 - Farmatsevtika ishini tashkil etish  
  • 14.00.17 -  farmakologiya va klinik  farmakologiya  

 

 

Talabgorlar taqdim qiladigan xujjatlar:

  • Ariza;
  • Qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka);
  • Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (kamida 1ta maqola va 2 ta tezis) va ularning nusxalari (PhD);
  • Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis) va ularning nusxalari (DSc);
  • Ilmiy maslaxatchining yozma roziligi;
  • Pasport  nusxasi
  • 3x4 xajmdagi 6 ta fotosurat;
  • Ish joyidan tavsiyanoma.
  •  

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish 2021 yil 30 noyabrgacha bo‘lgan muddatda ixtisoslik bo‘yicha suhbat natijalari va qabul komissiyasining tegishli xulosasiga ko‘ra amalga oshiriladi. 

Xujjatlarni qabul qilish muddati: 2021 yilning  15 oktyabrigacha.

Kirish imtihonlari  2021 yilning 1-25 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni 71-256-39-54 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

http://www.phd.mininnovation.uz. tizimidan ro‘yxatdan o‘tish lozim.

 

Manzilimiz: Toshkent shaxri, Oybek ko‘chasi, 45-uy, Toshkent farmatsevtika instituti, Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi.

 

 

 

"FARMATSEVTIKA SOHASINING BUGUNGI HOLATI: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR" MAVZUSIDA ХALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN

 

 

Toshkent farmatsevtika instituti  “Oliy ta’limdan keying ta’limdan institutida” tahsil olayotgan tayanch doktorant (Phd), doktorant (DSc) va mustaqil izlanuvchilarning faoliyati samaradorligi monitoringi bo’lib o’tdi

 

O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta'lim Vazirligining  2019 yil 26 iyundagi 572-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Talabgorlarning yakka  tartibdagi rеjasi bajarilishini xar chorakda monitoring qilish tartibi to’g’risida”gi nizomning ijrosini ta'minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlarlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi  “Oliy ta’limdan keying ta’limdan tizimini yanada takomillashtirish chora -  tadbirlari to‘g‘risidagi”gi 304-son  Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom»ning 52-bandiga muvofiq    “Oliy ta’limdan keying ta’limdan institutida” tahsil olayotgan tayanch doktorant (Phd) va doktorant (DSc) larning faoliyati samaradorligi monitoringi bo’lib o’tdi. Monitoringni Toshkent farmatsevtika instituti rektori t.f.d.  K.S.Rizaev, Ilmiy ishlar va  innovatsiyalar bo’yicha prorektori k.f.d.  N.S.Normahamatov va  ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagog  kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i M.T.Mullajonovalar tomonidan o‘tkazildi. Xar bir tayanch doktorant (Phd), doktorant (DSc) va mustaqil izlanuvchilar bilan individual gaplashilib, ularni ilmiy ishlarini reja asosida olib borilayotganligi, chop etilgan maqolalari va kutilayotgan  natijalar to‘g‘risida batafsil suxbatlashildi.

  

 

Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash bo’limi

 

“Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-anjuman bo‘lib o‘tdi

 

2020 yil 13 noyabr kuni Toshkent farmatsevtika institutida "Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda AQSH, Kanada, Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya, Ukraina, Hindiston, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi o‘nlab davlatlarning tibbiyot va farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan malakali mutaxassislari ishtirok etishdi.

 

Anjumanning maqsadi - ta’lim, fan va ishlab chiqarishdagi hamkorlikning yangi shakllarini tuzish, farmatsiya sohasidagi yutuqlarni amaliyotga joriy qilish uchun olimlar va ishlab chiqaruvchilarning birgalikdagi faoliyatini keng yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘lib, pandemiya sharoiti tufayli masofaviy tarzda tashkil etildi. Anjumanni Toshkent farmatsevtika instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori Rizaev Kamol Saidakbarovich ochib berdilar. Shuningdek, anjumanning kirish qismida Sog‘liqni saqlash vaziri A.М.Xadjibaev, O‘zbekiston Respublikasi SSV Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori S.Kariev, O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O‘simliklar moddalari kimyosi instituti direktori, professor Sh.Sagdullaev onlayn uchrashuvning maqsadi va vazifalari borasida fikr bildirgan holda, qatnashchilarni qutladi. Anjumanning ochilish qismidan so‘ng, ishtirokchilar o‘zlariga biriktirilgan seksiyalarda ma’ruzalarini taqdim etdilar. Anjuman ishi 7 ta sho‘baga ajratilgan holda, har bir bo‘limga biriktirilgan mas’ullar boshchiligida o‘tkazildi. Kun davomida bo‘lib o‘tgan sessiyalar qizg‘in muhokamalarga boy o‘tdi. Mutaxassislar o‘zaro tajriba almashdilar va kelgusida amalga oshiriladigan maqsadli rejalar, ilmiy hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

 

  

 

 

Toshkent farmatsevtika instituti, Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼlikni saqlash vazirligi va Ibn Sino jamoat fondi bilan hamkorlikda 2020 yil 22 may kuni “Аbu Аli ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar” mavzusidagi III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʼtkazildi.

Toshkent farmatsevtika instituti, Ibn Sino jamoat fondi va Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼlikni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda 2020 yil 22 may kuni “Аbu Аli ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar” mavzusidagi III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman online tarzda ZOOM dasturi orqali farmatsevtika institutida. soat 10:00 dan oʼz faoliyati olib bordi. Аnjumanni kirish soʼzi bilan institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektori N.S.Normaxamatov, oʼquv va tarbiyaviy ishlar boʼyicha prorektori Z.А.Yuldashev hamda Ibn Sino jamoat fondi boshqaruvi raisi N.Mahmudovlar ochib berdilar. Shundan soʼng, farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi mutahassisi Sh.R.Аbzalov Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 apreldagi PQ-4670-son “Yovvoyi holda oʼsuvchi dorivor oʼsimliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash hamda mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori toʼgʼrisidagi maʼruzasi bilan davom ettirdilar.

          

Аnjumanda quyidagi ilmiy yoʼnalishlar boʼyicha ish olib borildi:

Ibn Sino va Oʼrta asrlar Sharqi olimlari ilmiy merosining farmatsiya shakllanishiga qoʼshgan xissasi.

Innovatsion dori preparatlari, kosmetika va biologik faol qoʼshimchalarini ishlab chiqish, ularning sifatini taʼminlash.

Dori vositalarini standartlash, farmatsevtik va toksikologik kimeviy taxlil.

Dorivor oʼsimlik xom-ashyolarini oʼrganish va fitopreparatlar yaratish istiqbollari.

Tabiiy va sintetik birikmalar, dori vositalarning farmakologik tadqiqotlari.

Dori vositalarini yaratish, sotish va ulardan foydalanish bosqichlarida farmako-iqtisodiyot.

Farmatsevtik biotexnologiya, dorivor oʼsimliklar biotexnologiyasi. Farmatsevtik sanoatda nanotexnologiya.

“Dori preparatlari texnologiyasi” va “Biotexnologiya” fanlarining oʼqitish nazariyasi va amaliyoti.

Аnjuman ishtirokchilarni ruyhatga olish, ularga sertifikatlar berish jarayoni avtomatiklashgan raqamli hisobga olish imkoniyatlarini qoʼllagan holda tashkil etildi.

 

Toshkent farmatsevtika instituti, ilmiy-tadqiqot, innovatsiyalar va pedagog kadrlar tayyorlash boʼlimi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019-yil 5-noyabrdagi 8n-4/375-sonli xatiga muvofiq 2019-yil 15-noyabr kuni Toshkent farmatsevtika institutida  “Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muommolar va istiqbollar” nomli xalqaro Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Mazkur “Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” Respublika ilmiy-amaliy (Xalqaro olimlar ishtirokida) anjumanining ochilish marosimi 2019-yil 15-noyabr kuni Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida soat 09:30 da bo‘lib o‘tdi. Anjuman qatnashchilari 08:30 dan 09:30 ga qadar ro‘yhatdan o‘tdilar. Anjumanga turli davlatning soha mutaxassislari hamda professorlari jalb etilgan bo‘lib,  unda ular o‘zlariga biriktirilgan seksiyalarda mavzu yuzasidan ma’ruzalarini taqdim etdilar. Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash  Vazirining birinchi o‘rinbosari B.Q.Yusupaliev va tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan ochib berildi. Konferensiya davomida Seul milliy universiteti bilan Toshkent farmatsevtika instituti o‘rtasida o‘zaro memorandum tasdiqlandi. Shuningdek Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti va Toshkent farmatsevtika instituti o‘rtasida qo‘shma magistratura yo‘nalishini tashkil etish to‘g‘risida kelishuv ham imzolanib kuchga kirdi.

Shu bilan bir qatorda mazkur konferensiyada akademik almashinuv, o‘zaro hamkorlik va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishlar hususida tashrif buyurgan mehmonlar o‘zlarini ma’ruzalarida bayon qildilar va fikr alamshinuvi bo‘ldi. Konferensiya 7 seksiyaga ajratilgan bo‘lib har bir seksiyaga mas’ullar biriktirilgan bo‘lib, seksiya a’zolariga berilgan mavzular yuzasidan ma’ruzalar va muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Mazkur muhokamalar bo‘yicha seminar yakunida xulosa qilinadi. Xulosalar bo‘yicha keyingi izlanishlar, islohotlarni oldindan reja qilinadi. Bundan tashqari anjuman diorasida Rossiyaning (farmoko-nadzor) farmatsevtika nazorat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasidagi farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalari va farmatsevtika sohasiga doir bo‘lgan mutasaddi tashkilotlari ishtirokchilari hamkorlikda aylana stol doirasida 40 dan ortiq ishtirokchilar bilan muhum masalalar yuzasidan kelishuv bo‘lib o‘tdi.

                 

 

“Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” nomli xalqaro Respublika ilmiy-amaliy anjumanning ikkinchi kuni va yopilish marosimi bo’lib o’tdi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 noyabrdagi 8n-4/375-sonli xatiga muvofiq 2019 yil 15- noyabr kuni Toshkent farmatsevtika institutida  “Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” nomli xalqaro Respublika ilmiy-amaliy anjumanning ikkinchi kuni bo’lib o’tdi. Unda tashrif buyurgan mehmonlar o’zlariga biriktirilgan seksiyalarda ma’ruza o’qidilar.

     

 

Tayanch doktorantlar va doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar monitoringi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 martdagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bandlari ijrosini taminlash maqsadida institut 1,2,3 kurs tayanch doktorantlari, doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilari monitoringi o‘tkazildi. Monitoring ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor N.S.Normaxamatov va ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i M.T.Mullajonova tomonidan o‘tkazildi. Xar bir tayanch doktorant, doktorant hamda mustaqil izlanuvchilar bilan individual gaplashilib, ularni ilmiy ishlarini reja asosida olib borilayotganligi, chop etilgan maqolalari va kutilayotgan  natijalar to‘g‘risida batafsil suxbatlashildi.

     

“Karaganda davlat tibbiyot universiteti bilan  xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va tajriba almashish” 

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi va Dori turlari texnologiyasi kafedrasi professor o‘qituvchilari boshchiligida   Karaganda davlat tibbiyot universiteti  professori f.f.d Abdullabekova Raisa Musilmanbekovna bilan ilmiy seminar trening bo‘lib o‘tdi. Seminarda “Разработка состава и технологии лекарственных форм для местного применения на основе углекислотного экстракта из травы Scоliosa ochroleuca L.”  mavzusida ma’ruza qildilar. Bundan tashqari  Karaganda davlat tibbiyot universiteti va u yerda olib borilaetgan ilmiy ishlar haqida doktorantlar bilan suxbatlashildi. Doktorantlar o‘zlarining ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha Abdullabekova Raisa Musilmanbekovnaga savollar berdilar.

      

 

“Хalqaro xamkorlik – zamon talabi” 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PP-2909-sonli qaroriga asosan Toshkent farmatsevtika instituti olimlari yetakchi xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha yo’naltirilgan ish olib bormoqdalar.

Shunday qilib, joriy yilning 17-23 may kunlari institutning bir guruh xodimlari – Farmakognoziya kafedrasi mudiri, prof. F.F.Urmanova, dori-texnologiyasi kafedrasi mudiri, prof. E.Kariyeva va ilmiy, innovatsion va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig’i, dots. MT Mullajonovalar Xitoy Xalq Respublikasining Nanchang shahridagi Jiangxi Xitoy an’anaviy tibbiyot Universitetining 60 yilligini nishonlashda ishtirok etdi. Ushbu davr mobaynida an’anaviy xitoy tibbiy universiteti rahbariyati bilan uchrashuv bo’lib o’tdi, unda ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi va uni amalga oshirish uchun yo’l xaritasi muhokama qilindi va imzolandi.
Institut vakillari universitetning farmatsevtika fakultetining faoliyati bilan tanishdilar, ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish uchun farmatsevtika fakultetining o’quv rejalari, o’quv jarayoni va ilmiy ishlari bilan tanishdilar hamda an’anaviy xitoy tibbiy muzeyiga tashrif buyurdilar.

   

   

   

 

“Malakaviy imtihon”

Toshkеnt farmatsеvtika instituti xuzuridagi DSc.27.06.2017. Far.32.01 raqamli Ilmiy kеngashida mavjud ixtisosliklar bo’yicha tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilar mutaxassislik fanlaridan malakaviy imtihon topshirdilar. Ixtisoslik fanlaridan malakaviy imtihonlarni O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy attеstatsiya komissiyasi Rayosatining 2016 yil fеvralida tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom”i  va 2017 yil 27 iyundagi “Malakaviy imtihonlarni o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomga o’zgartirishlar kiritish haqida” qarori asosida tashkil etildi.