Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

Institut ilmiy faoliyati

 

Institutning yuqori ilmiy salohiyatini e’tiborga olib, ilmiy izlanishlarni ta’lim yo‘nalishlariga to‘liq mos kelgan holda farmatsiyaning quyidagi asosiy yo‘nalishlariga qaratilmoqda:

 

  1. Mahalliy dorivor o‘simliklar va koordinatsion birikmalar asosida original dori vositalari yaratish va tibbiyot amaliyotiga tadbiq etish.
  2. Amaliyotga joriy etilgan generik dori vositalarini yangi takomillashgan texnologiyalarini ishlab chiqish.
  3. Farmatsevtik va toksikologik tahlil usullarini takomillashtirish.
  4. O‘zbekistonda qayd etilgan dori voitalari va tibbiy buyumlarning marketing va farmakoiqtisodiy tahlili.
  5. Fiziologik faol moddalar va biologik faol qo‘shimchalarning farmako-toksikologiyasini o‘rganish.

 

Institut olimlari olib borgan izlanishlar natijalari asosida xisobot yilida e’lon kilingan ishlar soni 771  bo‘lib, shulardan 329 ta makola va 442 ta tezislar, 10 ta monografiya, 4 ta darslik 13 ta uslubiy ko‘llanmalar chop etildi, 6 ta patent hamda 26 ta mualiflik guvohnomalari olindi. 2020 yilda institut qoshidagi ilmiy kengashda 15 ta falsafa (PhD)  va  3 ta fan (DSc)  doktorlik dissertatsiyalarining ximoyasi bo‘lib o‘tdi.

 

 2020  yilda  mo‘ljallangan 2 ta amaliy loyihalar bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Amaliy loyixalarda yosh olimlar, magistratura talabalari va iqtidorli talabalarning keng qamrovdagi ishtiroki ta’minlandi. Grant loyihalari  bo‘yicha 2020 yil uchun mo‘ljallangan ishlar to‘liq bajarildi va hisobotlari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish  vazirligiga topshirildi.  Hisobot yilida 2 ta amaliy loyihalar davlat grantlari doirasida  umumiy hajmi 572000 ming so‘mlik  ilmiy - tadqiqot ishlari olib borildi.    Hisobot yilida institut xodimlari tomonidan 2020 yilda dekabr oyi holatiga Tarmoq vazirliklari va korxonalar buyurtmasi asosida 20 mln. 500 ming so‘m hajmdagi 21 ta xo‘jalik shartnomasi bajarilgan.  2021 yilda institutida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining O‘zbekiston-Xitoy xalqaro ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan tadqiqot loyihasi amaliyotga kiritildi hamda 2021 yil uchun 500.000.000 so‘m miqdorda moliyalashtirildi. Bundan tashqari 2021 yil II-choragidan boshlab Ilmiy texnik kengash qaroriga ko‘ra bajarilishi 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan  “Akvaporin kanallarini biologik faol birikmalar yordamida bloklash orqali saraton hujayralari proliferatsiyasini cheklash: molekulyar darajadagi eksperimental tadqiqotlar” mavzusidagi fundamental loyihasi yiliga 800.000.000 so‘mdan, jami 5.000.000.000 so‘m moliyalashtirilishi hamda bajarilishi 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan hamda  “Razrabotka novoy texnologii polucheniya  suxogo ekstrakta (substansii) uspokaivayushego  deystviya iz  rasteniy zopnik Regelya i pustirnika turkestanskiy” amaliy loyihasi yiliga 800.000.000 so‘mdan, jami 2.400.000.000 so‘m moliyalashtirilishi belgilandi.

 2020 yilida quyidagi 2 ta xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar  bo‘lib o‘tdi:

 

-      Toshkent farmatsevtika instituti,  Ibn Sino jamoat fondi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda 2020 yil 22 may kuni  “Abu Ali ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar” mavzusidagi III xalqaro ilmiy-amaliy tadbir online tarzda ZOOM dasturi orqali o‘tkazildi.  Tadbirda 100 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

-      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi № 56-F -sonli qarori asosida Toshkent farmatsevtika institutida 2020 yilga mo‘ljallangan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga kiritilgan "Farmatsevtika sanoatining hozirgi holati: muammolari va istiqbollari" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi. Anjuman ochilishida 200 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

 

  InnoWeek-2020 haftaligida institut ishlanmalaridan 6 ta ishlanma bilan onlayn ko‘rgazmada ishtirok etdi.   Joriy yilning 25-26 fevral kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligida viloyat hokimliklari hamda oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish forumi o‘tkazildi. Ushbu forumda institut  16 ta ishlanma bilan ishtirok etdi.