Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

Ilmiy va ilmiy pedogogik kadrlar tayyorlash

 

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning samaradorligini oshirish maqsadida institutning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda istiqbolli rejalar shakllantirish, dissertatsiyalar mavzularini tahlil qilish, katta ilmiy xodim-izlanuvchilak institutini samaradorligini oshirish, tugallangan ilmiy-texnikaviy dasturlar natijalarini sanoat tadbig‘i bo‘yicha ishlar olib borish, ularni innovatsiya loyixalari tanlovi uchun taqdim qilish ilmiy bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4456 – sonli Farmoni hamda ushbu Farmonga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi 2012 yil 27 iyuldagi PF-4458 Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida instituda bir qator ishlar amalga oshirildi.

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2017-yil 22- maydagi 304– sonli qarorda ko‘rsatilgan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi qaror” asosida doktorantura va mustaqil izlanuvchilik institutining faoliyati samaradorligi bo‘lim xodimlari tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.

 

O‘zR OAKning 31.12.2020 y. №455-son qaroriga ko‘ra ixtisoslashgan kengash DSc 04/30.12.2019 Far 32.01 shifri bilan qayta tashkil qilindi va quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalarining himoyasini o‘tkazishga ruxsat berildi:

 

15.00.01 – dori texnologiyasi

15.00.02 – farmatsevtik kimyo va farmakognoziya

15.00.03 - farmatsevtika ishini tashkil etish

14.00.17 – farmakologiya va klinik farmakologiya.

 

2021 yilga kelib institutning 21 ta kafedrasida jami 330 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, ularning 43 nafari professor va fan doktorlari, 119 nafar fan nomzodlari va dotsentlaridir. Bugungi kunda institut ilmiy salohiyati 49 % ni tashkil etadi.

 

Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash uchun institut kafedralari etarli ilmiy-tajriba bazasiga ega. Ular zarur asbob-uskunalar, kimyoviy reaktivlar, tajriba hayvonlari, vivariy hamda axborot texnologiyalari bilan to‘la ta’minlangan. Ilmiy kadrlarga zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi, ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan ilmiy maqolalarni e’lon qilinishi uchun “Farmatsevtika jurnali”, o‘quv markazi va ingliz tilini o‘rganish klublari mavjud.

 

Bugunga kelib tayanch doktoranturada (PhD) 19 ta, doktoranturada (DSc) 4ta hamda 17 ta mustaqil izlanuvchilar ta’lim olishmoqda. 2020 yilda institut xodimlari tomonidan 3 ta doktorlik va 14ta Phd dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.

 

Bo‘lim xodimlari ilmiy kadrlar tayyorlash borasida katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilar bilan ish olib borishmoqda, ularning adabiyotlar bilan shug‘ullanishi va ilmiy tadqiqotlarni olib borishida amaliy yordam berib kelishmoqda. Muntazam ravishda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar faoliyatining samarasi monitoring qilib borilmoqda.