Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Niderlandiyaning «Elsevier» kompaniyasi bilan hamkorlikda «Ilm-fan – 2020» milliy rivojlanish dasturini ishlab chiqqan. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda oliy ta’lim dargohlari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishdan iborat.
Milliy rivojlanish dasturi doirasida yurtimizdagi ilmiy jurnallarni «SCOPUS» va «ScienceDirect» xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi tizimiga kiritish, yosh olim va doktorantlarga maqolalar tayyorlash va ularni nufuzli nashrlarda chop etishiga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.
Xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo‘yicha
“Maslahat markazi”
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi negizida Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo‘yicha professor o‘qituvchilar, doktorant va talabalar uchun ko‘maklashuvchi “Maslahat markazi” tashkil etildi.
“Maslahat markazi”ning tarkibi
“Maslahat markazi” ga qo‘yidagi vazifalar yuklatildi:
Institutda faoliyat yuritayotgan har bir kafedrada xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanishni tashkil etish va uning monitoringini olib borish bo‘yicha kafedra mudirlari va har bir kafedradagi ilmiy faoliyatga mas’ul o‘qituvchi belgilandi.
Xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanishni tashkil etish va uning monitoringini olib borish bo‘yicha mas’ullar ro‘yxati
Norganik, fizik va kolloid kimyo | Sharipov A.T. |
Analitik kimyo | Fatxullaeva M. |
Dori turlari texnologiyasi | Karieva Yo.S. |
Farmakognoziya | O‘rmonova F.F. |
Toksikologik kimyo | Usmonalieva Z.U. |
Dori vositalarini standartlashtirish va slfat menejmenti | Jalilov F.S. |
Organik va biologik kimyo | Karimov A |
Farmatsevtika ishini tashkil qilish | Umarova SH.Z. |
Farmakologiya va klinik farmatsiya | Saidov S.A. |
Farmatsevtik kimyo | Olimov X.Q. |
Dori vositalarining sanoat texnologiyasi | Xaydarov V.R. |
Biotexnologiya | Zoirova H.T. |
Tibbiy va biologic fanlar | Nuralieva X.O. |
Fizika, matematika va axborot texnologiyalari | Shodmonov K.K. |
Tillar | Tuychieva S.M. |
Ijtimoiy fanlar | Ismailov K.K. |
Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash | Olimov N.Q |
Farmasevtika ishini tashkil qilish va farmasevtik texnologiya | Iskandarova SH.F |
Institut “Farmatsevtika jurnali” jurnalini Scopus xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kiritish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi:
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar tayyorlandi.
Xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga a’zo bo‘lish va ulardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomani quyidagi xavolalardan ko‘chirib olish mumkin.