TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTIDAGI DOKTORANTURA, TAYANCH DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIK YO‘NALISHLARI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlagan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq Toshkent farmatsevtika institutida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilik asosida oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlanadi:
Ixtisoslik shifri |
Ixtisoslik nomi |
15.00.01 |
Dori texnologiyasi |
15.00.02 |
Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya |
15.00.03 |
Farmatsevtika ishini tashkil etish |
14.00.17 |
Farmakologiya va klinik farmakologiya |
DOKTORANTURA, TAYANCH DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA NOMZODLARNI QABUL QILISHNING ASOSIY SHARTLARI
Tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning hujjatlari 15-sentabrdan 15-oktabrgacha qabul qilinadi. Tayanch doktoranturaga qabul institutda tuzilgan maxsus komissiya tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi. O‘qish muddati uch yil. Talabgorlar kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra belgilangan tartibda tanlab olinadi. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qonun hujjatlariga va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Tayanch doktoranturaga kiruvchi talabgor quyidagi talablarga javob berishi kerak:
– Oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi, yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;
– muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida 1 ta ilmiy maqolaga va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlarida, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan 2 ta tezisga ega bo‘lish;
TAYANCH DOKTORANTURAGA KIRISH UCHUN TALABGOR QUYIDAGI HUJJATLARNI TOPSHIRADI:
- Ariza;
- Biografik ma’lumotnoma;
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi; (ishlayotgan talabgorlar uchun)
- Oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi, yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi (Doktorantura (DSc) uchun fan nomzodi ilmiy darajasiga egalik to’g’risidagi diplom);
- Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislar), shuningdek ularning nusxalari;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA KIRUVCHI SHAXS QUYIDAGI TALABLARGA MUVOFIQ BO‘LISHI KERAK:
– kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lish;
– bakalavr yoki magistr diplomiga yoxud fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki magistr darajasi joriy etilgungacha olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish (Doktorantura (DSc) uchun fan nomzodi ilmiy darajasiga egalik to’g’risidagi diplom);
– muayyan ilmiy yutuqlarga, fan doktori darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil etishi mumkin bo‘lgan (ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida 1 ta ilmiy maqolaga, ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlarida, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish;
MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA TALABGOR QUYIDAGI HUJJATLARNI TOPSHIRADI:
- Ariza;
- Ish joyidan tavsifnoma;
- Ma’lumotnoma;
- Bakalavr yoki magistr diplomiga yoxud fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki magistr darajasi joriy etilgungacha olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish (Doktorantura (DSc) uchun fan nomzodi ilmiy darajasiga egalik to’g’risidagi diplom);
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- Ilmiy ishlar va ilmiy ishlanmalar (patentlar) ro‘yxati.
Doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilinadigan bakalavr, magistr va fan nomzodi ixtisoslik yo‘nalishi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ixtisosligi mansub bo‘lgan fan sohasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Ixtisosliklar muvofiq bo‘lmaganda yoki oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni fanning turdosh sohalarida olish rejalashtirilgan hollarda talabgorlar OAK hamda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan tartibda qo‘shimcha imtihonlar topshirishi kerak.
Toshkent farmatsevtika instituti 2019-yilga doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) hamda mustaqil izlanuvchilikka quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul e’lon qiladi:
TAYANCH DOKTORANTURA (PhD) va DOKTORANTURA (DSs):
(ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun)
Ixtisoslik shifri |
Ixtisoslik nomi |
15.00.01 |
Dori texnologiyasi |
15.00.02 |
Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya |
15.00.03 |
Farmatsevtika ishini tashkil etish |
14.00.17 |
Farmakologiya va klinik farmakologiya |
QABUL IMTIHONLARI RO‘YXATI:
- Mutaxassislik.
- Chet tili.
Doktoranturaga (DSs) talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- Ariza;
- Biografik ma’lumotnoma;
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi; (ishlayotgan talabgorlar uchun)
- Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSs) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
- Ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezislar nusxasi;
Doktoranturada o‘qish uchun kirayotgan talabgorlar Kollegial organ tomonidan ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar.
SHUNINGDEK, YUQORIDA QAYD ETILGAN IXTISOSLIKLAR BO‘YICHA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA (ISHLAB CHIQARISHDAN AJRALMAGAN HOLDA O‘QISH UCHUN) QABUL E’LON QILADI.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- Ariza;
- Ish joyidan tavsifnoma;
- Biografik ma’lumotnoma;
- Magistra diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik diplom nusxasi;
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi; (kamida ikki yildan kam bo‘lmagan ilmiy-pedagogik stajga yoki aniq ilmiy yutuqqa ixtiroga patent yoki mualliflik guvohnomasiga ega bo‘lish kerak)
- Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislar), shuningdek ularning nusxalari;
- Fan doktori (DSs) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida fan nomzodi yoxud falsafa (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
Qabul qilish:
- Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish ixtisoslik bo‘yicha suhbat natijalari va OTM qabul komissiyasining tegishli xulosasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringi quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
a) o‘qishning birinchi yilida:
- dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tasdiqlangan shaxsiy rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;
- ixtisoslik bo‘yicha tasdiqlangan nazariy-metodologik dasturning mavjudligi va uning bajarilishi;
- OAK ro‘yxatida ko‘rsatilgan tarmoq ilmiy jurnallarida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta ilmiy maqolaning chop etilganligi;
- ilmiy konferentsiyada dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ma’ruza bilan ishtirok etganligi;
- dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumotning mavjudligi;
- OTM yoki ITM seminarida dissertatsiya mavzusiga doir tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot natijalari bo‘yicha (ilmiy rahbar bilan birgalikda) ma’ruza qilganligi;
b) o‘qishning ikkinchi yilida:
- OAK ro‘yxatida ko‘rsatilgan tarmoq ilmiy jurnallarida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davrida chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaning mavjudligi;
- dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davrida ilmiy konferentsiya materiallarida kamida bitta chop etilgan ma’ruza tezisining mavjudligi;
- OAK ro‘yxatida ko‘rsatilgan xorijiy jurnalda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta chop etilgan ilmiy maqola mavjudligi;
- OTM yoki ITM ilmiy-tashkiliy bo‘linmasi (kafedra, laboratoriya, bo‘lim, sektor) ilmiy seminarida dissertatsiya ishining dastlabki natijalari bo‘yicha (mustaqil) ma’ruza bilan ishtirok etish;
- dissertatsiya mavzusi bo‘yicha shaxsiy rejasining bajarilishi bo‘yicha hisobot berish;
d) o‘qishning uchinchi yilida:
- jurnallarda, shu jumladan xorijiy jurnallarda soni OAK talablariga muvofiq chop etilgan ilmiy maqolalari mavjudligi;
- OAK talablariga muvofiq tayyorlangan tugallangan dissertatsiya ishi, avtoreferatining mavjudligi;
- OTM yoki ITM ilmiy-tashkiliy bo‘linmalari majlislarida dissertatsiya va avtoreferatining ko‘rib chiqilganligi va muhokama qilinganligi.
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi monitoringi quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
a) o‘qishning birinchi yilida:
- dissertatsiya mavzusi bo‘yicha shaxsiy rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;
- dissertatsiyaning birinchi va ikkinchi boblari tayyorligi;
- dissertatsiya mavzusi bo‘yicha OAK ro‘yxatida ko‘rsatilgan jurnallarda kamida uchta ilmiy maqola chop etilganligi;
- dissertatsiya mavzusi bo‘yicha respublika va xalqaro ilmiy konferentsiyalar materiallarida kamida bitta ma’ruza tezisi chop etilganligi;
- dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy konferentsiya yoki seminarda ma’ruza qilish;
- dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy sharh;
- dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy sharh natijalari bo‘yicha seminarda so‘zga chiqish;
b) o‘qishning ikkinchi yilida:
- dissertatsiyaning uchinchi va to‘rtinchi boblari tayyorligi;
- OAK ro‘yxatida ko‘rsatilgan jurnallarda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida to‘rtta ilmiy maqola e’lon qilinganligi (jumladan bittasi xorijda);
- dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xalqaro va respublika ilmiy konferentsiyalar materiallarida chop etilgan kamida bitta ma’ruza tezisining mavjudligi;
- dissertatsiya ishining dastlabki natijalari bo‘yicha seminar o‘tkazish;
- konferentsiya yoki seminarda ma’ruza bilan qatnashish (kamida bir marta);
- dissertatsiya mavzusi bo‘yicha shaxsiy rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobot;
d) o‘qishning uchinchi yilida:
- dissertatsiya mavzusi bo‘yicha OAK ro‘yxatida ko‘rsatilgan jurnallarda kamida uchta ilmiy maqola e’lon qilinganligi;
- dissertatsiya natijalari bo‘yicha (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha) chop etilgan monografiyaning mavjudligi;
- OAK talablariga muvofiq tayyorlangan tugallangan dissertatsiya ishi va avtoreferatning mavjudligi;
- dissertatsiya yoki avtoreferatni OTM yoki ITM ilmiy-tashkiliy bo‘linmalarida ko‘rib chiqilganligi va muhokama etilganligi.
HUJJATLAR HAR YILI 15 SENTYABRDAN 15 OKTYABRGACHA INSTITUT ILMIY TADQIQOT VA ILMIY PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH BO`LIMIDA QABUL QILINADI
Manzil: 100015, Toshkent sh., Oybek ko‘chasi, 45
Ma’lumot uchun telefon: (+998 71) 256-37-38; (+998 71) 256-45-04