Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
“Toshkent farmatsevtika Instituti talabalar turar joyi”
Davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan yosh avlodni jismonan va ruhan sog‘lom, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni kelajagimizning munosib vorislari etib voyaga etkazishga ko‘maklashishdan iborat ekan, bu borada yurtimizda ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yoshlarning bilim olishi va kasb tanlash borasidagi huquq va imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, sport inshootlari zamon talablari darajasida bunyod etilib, etarli shart-sharoitlar bilan to‘liq ta’minlanmoqda. Biz so‘z yuritmoqchi bo‘lgan Toshkent farmatsevtika institutida ham so‘ngi 2 yil davomida bunyodkorlik, obodonlashtirish va o‘quv binolarida qayta ta’mirlash ishlari olib borildi.
Institut hududida qayta ta’mirlangan va zamonaviy shart-sharoitlarini o‘zida mujassam etgan 1-talabalar turar joyi tubdan yangi qiyofa kasb etdi. Yangi barpo etilgan 1-talabalar turar joyi zamonaviy turur joyga aylantirish barobarida, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. SHuningdek, 1-talabalar turar joyida ham ta’mirlash ishlari olib borilib, talabalarning yashashlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan.
Toshkent farmatsevtika instituti hududida ikkita talabalar turar joyi (TTJ) mavjud bo‘lib, ular 1969 va 1977 yillarda qurilgan. 2019 yil 26 oktyabr kuni 1-sonli talabalar turar joyi kapital ta’mirdan chiqib, talabalarga foydalanish uchun topshirildi. Institutning 1- va 2-sonli talabalar turar joylari 4 qavatdan iborat bo‘lib, har bir qavatida ikkitadan oshxona, yuvinish xonalari va hojatxonalar mavjud. Talabalar uchun barcha qulayliklardan iborat bo‘lgan ushbu talabalar turar joylariningg umumiy sig‘imi 670 nafar talabaga mo‘ljallangan. Chet el hamda qo‘shni respublikalardan kelib institutda tahsil olayotgan talabalar soni 42 nafar bo‘lib, ularning deyarli ko‘p qismi talabalar turar joyida istiqomat qiladi. SHuningdek, akademik almashuv dasturlari doirasida kelgan xorijiy talabalar uchun talabalar turar joyidan xonalar ajratilgan.
Talabalar turar joyining har bir qavatlardagi dam olish joylari yumshoq mebel va televizorlar bilan jihozlangan. TTJda kir yuvish xonalari mavjud bo‘lib, ularda avtomat kir yuvish mashinalari o‘rnatilgan, shuningdek kiyim dazmol qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.