Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig'i

Yunusxodjaeva Nodira Abdulxamitovna

(90) 186-06-88

educat@pharmi.uz

Dushanba-Shanba

Farmatsevtika fanlari doktori

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

Yunusxodjaeva Nodira Abdulxamitovna 1981 - yilda  Toshkent shaxrida  tug‘ilgan, millati o‘zbek. 2003 - yilda Toshkent farmatsevtika institutini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

        Mehnat faoliyati:

1998-2003  yy. - Toshkent farmatsevtika instituti talabasi

2005-2008 yy. - Toshkent farmatsevtika instituti aspiranti

2008-2012 yy. - Toshkent farmatsevtika instituti “Farmatsevtik kimyo” kafedrasi assistenti

2013-2014  yy. - Toshkent farmatsevtika instituti “Farmatsevtik kimyo” kafedrasi katta o‘qituvchisi

2014-2016  yy. - Toshkent farmatsevtika instituti “Farmatsevtik kimyo” kafedrasi dotsenti v.b.

2016-2020 yy. - Toshkent farmatsevtika instituti “Farmatsevtik kimyo” kafedrasi dotsenti.

Ilmiy ishlari gemostatik  va qandli diabetga qarshi ta’sirga ega o‘simlik xom ashyolari asosida nastoyka va ekstraktlar olish, sifatini baholash, zamonaviy tahlil usullarini ishlab chiqish va standartlash hamda tibbiyot, farmatsevtika amaliyotiga joriy etishga bag‘ishlangan.

2008 - yilda “Achchiq toron suyuq ekstrakti va qush toron nastoykasini standartlash” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi va OAK qarori bilan farmatsevtika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.

 2019 - yilda «Nastoyka va ekstraktlarni sifatini ta’minlash va standartlashdagi metodologik yondashuvni takomillashtirish» mavzusida fan doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan.

Ilmiy tadqiqotlari yuzasidan 100 dan oshiq ilmiy maqolalar,  1 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta darslik  15 ta  o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi hisoblanadi.

Ilmiy natijalar asosida tibbiyot amaliyotiga bir necha  original dori vositalarini tadbiq etgan:  “Qush toron» nastoykasi” (FM 42 Uz-1249-2016), «Gemostat» suyuq ekstrakti (FM 42 Uz-0215-2019),  “Achchiq toron” suyuq ekstrakti, “Fito diabetol” nastoykasi (Ts15005859-02:2016). Pedagogik staji -12 yil.

21 Dec, 2024 1234