Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

O’quv-uslubiy bo’lim boshlig'i

Abzalova Nodira Akmalevna

(0 371) 256-38-47

abzalova.n@pharmi.uz

Dushanba-Shanba

Ilmiy unvon/daraja

Uslubchi

Choriyeva Irisgul Abdusalomovna

(890) 958-97-70

gulixonim@mail.ru

Uslubchi

Xalmirzayeva Zuxraxon Kasimovna

(871) 256-38-47

delrus_tashkent@mail.ru

Inspektor

Lutpiddinova Gulbaxor Xabibiddinovna

(871) 256-38-47

lutpiddinova-gul@mail.ru

Inspektor

Sobirova Muhabbat Ismoilovna

(871) 256-38-47

sobirovamuhabbat80@gmail.com

Uslubchi

Tojiboyeva Feruza Mamajonovna

(897) 130-70-72

feruza_2905@mail.ru

Ish yurituvchi

Qo'chqorov Rizobek Ismonali o'g'li

(891) 130-43-41

muhammadrizomuydinov223@gmail.com

O’quv-uslubiy bo’lim haqida

O‘quv-uslubiy bo‘lim Toshkent farmasevtika institutining asosiy tuzilmalaridan biri bo‘lib, u institut rektoriga bo‘ysunadi, o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor tomonidan boshqariladi.

O‘quv-uslubiy bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari, Farmonlari, va Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, ko‘rsatmalari va normativ-huquqiy hujjatlari, institut rektori buyruqlari, o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor farmoyishlari, institut Ustaviga muvofiq amalga oshiradi.

Institutda o‘quv-uslubiy faoliyatni tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son, 2017 yil 5 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2956-son, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3151-son, 2018 yil 14 fevraldagi “Farmasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-3532-son, 2018 yil 4 iyundagi “2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida” PQ-3769-son, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-3775-son, 2019 yil 6 maydagi “Tibbiyot va farmasevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4310-sonli Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish buyicha kompleks chora- tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 7 dekabrdagi PF-5590-son, 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2019 yil 23 sentyabrdagi 797-son Qaroriga amal qilinadi.

Institut tashkil topgandan buyon o‘quv-uslubiy bo‘limga quyidagi yuqori malakali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilib kelganlar:

1. 1971 — 1974 yy Stepanenko Mariya Yakovlevna.

2. 1974 — 1979 yy Melkumova Zinaida Vladimirovna.

3. 1979 — 1982 yy Yevdokimov Pavel Konstantinovich.

4. 1982 — 1989 yy Xonxujaev Olim Xamidovich.

5. 1989 — 1992 yy Urmonova Flyura Faridovna.

6. 1992 — 1994 yy Xalimov Abduraxim Xalimovich.

7. 1994 — 1995 yy Muborakova Feruza.

8. 1995 — 1997 yy Xalimov Abduraxim Xalimovich.

9. 1997 — 1999 yy JumashovaTuxtaUrinovna.

10. 1999 — 2018 yy Umarova Shaxnoz Ziyatovna.

Hozirgi kunda o‘quv-uslubiy bo‘limga Abzalova Nodira Akmalevna rahbarlik qilmoqda. O‘quv jarayonini samarali tashkil etish maqsadida o‘quv-uslubiy bo‘limga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

• O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, shuningdek, rektor buyruqlarining ijrosini ta’minlash, mazmunini kafedralarga, professor-o‘qituvchilarga va talabalarga yetkazib borilishida ishtirok etish;

• Institutning Kengashi, markaziy uslubiy xay’ati, fakultetlar ilmiy kengashlarining o‘quv jarayonini tashkil qilish va ta’minlash haqidagi qarorlarining bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

• Institut Kengashi, rektorat majlislari, markaziy- uslubiy Kengashga o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha ma’lumotlar va qarorlar loyixasini tayyorlash;

• O‘quv jarayonini sifatli tashkil qilish, o‘quv ishlarini uslubiy jihatdan ta’minlash va takomillashtirish;

• O‘quv jarayoniga oid me’yoriy hujjatlarni sifatli tayyorlanishini ta’minlash va o‘quv jarayoniga to‘laqonli tadbiq etish;

• O‘quv rejasiga Davlat ta’lim standartlariga mos ravishda o‘zgartirishlar kiritib borish, turdosh oliy ta’lim muassasalariga amaliy yordam ko‘rsatish;

• Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalari , ishchi-o‘quv rejalari va o‘quv jarayoni jadvallarini tuzish; 

• Institutda o‘quv rejalari va dasturlar asosida o‘quv-uslubiy ishlarni amalga oshirish;

• O‘quv yillari uchun o‘quv jarayoni jadvali, dars jadvallarini tuzish;

• Professor-o‘qituvchilar tomonidan ma’ruzalar va o‘quv mashg‘ulotlarini belgilangan o‘quv jadvali va rejasi asosida o‘tkazilishini shakllantirish va tashkil etish;

• Institut hududidagi va joylardagi kafedralar, auditoriya fondlari va ma’ruza zallaridan to‘g‘ri foydalanishni ta’minlash va nazorat qilish;

• Fanlarning zamonaviy o‘quv adabiyoti bilan ta’minotining nazorati;

• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2019 yil 23 sentyabrdagi 797-son Qarori hamda oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan malaka oshiruvchi pedagoglar kontingentini shakllantirish xamda rejalar ishlab chiqish, pedagoglarni malaka oshirish institutlari va markazlariga reja asosida yuborishni ta’minlash;

• Professor-o‘qituvchilar tomonidan yillik shaxsiy rejalarida belgilangan o‘quv-uslubiy ishlarini ijrosini ta’minlash;

• Soatbay haq to‘lanadigan o‘qituvchilarning ish xajmini aniqlash va ularning o‘quv-uslubiy faoliyatini shakllantirish;

• O‘rindoshlik asosida ishlovchi (ichki va tashqi) professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalar taqsimoti va uning bajarilishini taxlil qilish va xisobini yuritish.

• Muddatli buyurtmalar: professor-o‘qituvchi jurnali, ma’ruzalarni qayd etish jurnali, o‘qituvchining shaxsiy ish rejasi va o‘quv blankalari bilan tegishli bo‘limlar va kafedralarni ta’minlanishini nazorat qilish;

• O‘quv jarayoni va uning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish;

• Kafedra va fakultetlarda o‘quv ishlariga mutasaddilar bilan o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot-kompyuter va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha davriy ravishda seminarlar, konsultatsiyalar tashkil etish va x.k.

 

OZBEKISTIN RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2018 YIL 10 OKTYABRDAGI “OLIY TA’LIM MUASSASALARINI O’QUV ADABIYOTLARI BILAN TA’MINLASH TO’G’RISIDA”GI 816-SONLI QARORI.

O’QUV-USLUBIY BO’LIM ISH REJASI

O'zbekistin Respublikasi OO’MTVning 2017 yil 21 apreldagi “Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilarining lavozimlariga qo’yiladigan malaka talablarini tasdiqlash to’g’risida”gi 240-sonli buyrug’i.

O'zbekistin Respublikasi SSVning 2019 yil 12 avgustdagi “Tibbiyot va farmatsevtika oliy a o’rta maxsus kasb hunar ta’lim muassasalarida ta’lim arayonini tashkil etish bo’yicha me’yoriy hujjatlarni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 209-sonli buyrug’i.

Toshkent farmatsevtika institutida o’quv rejalaridagi fanlarning ishchi o’quv dasturlarini tayyorlash bo’yicha yo’riqnoma.

Toshkent farmatsevtika instituti talabalar bilimini nazorat qilish va baholash bo’yicha yo’riqnoma.

Toshkent farmatsevtika institutida o’quv rejalaridagi fanlarning yangi o’quv-uslubiy majmualarini tayyorlash bo’yicha yo’riqnoma.

5510500 – Farmatsiya (turlari bo’yicha) bakalavriat ta’lim yo’nalishining malaka talablari.

5111000-Kasb ta’limi (5510500 – Farmatsiya (farmasevtika ishi) bakalavriat ta’lim yunalishining malaka talablari.

5510600 – Sanoat farmatsiyasi (turlari buyicha) bakalavriat ta’lim yunalishining malaka talablari.

5310901 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (dori vositalari) bakalavriat ta’lim yunalishining malaka talablari.

5320500-Biotexnologiya (farmasevtik biotexnologiya) bakalavriat ta’lim yunalishining malaka talablari.

Ishchi o’quv rejalar (2019-2020 o’quv yili).

Professor-o’qituvchining shaxsiy ish rejasi namunasi (2019-2020 o’quv yili).

English tearcing-education plan.

Bakalavrlar darslar jadvali (1-2-3-4-5 bosqich)

Magistratura darslar jadvali (1-2 bosqich)

12 Oct, 2024 1234