«Zulfiyaxonim izdoshlari»

28.02.2015, 15:14 Institut yangiliklari 487

2015-yil 25-fevral kuni soat 15-00 da O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab, “Yoshlar ta’lim-tarbiyasida so‘z san’atining o‘rni” va “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adiba Salomat Vafo hamda Toshkent Yuridik universiteti “Til o‘rganish markazi” katta o‘qituvchisi, f.f.n. Bozorova Nasiba Po‘latjonovna ishtirok etib, “O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya ijodi va u qoldirgan adabiy meros xususida”, “Zulfiya she’rlarida ruhiyat tasviri” mavzularida ma’ruzalar o‘qishdi.

Shuningdek, tadbir jarayonida institutning iqtidorli talabalari SHavkat Sodiqov va Kumush Egamberganovalar tomonidan sahnaviy ko‘rinishlar va ijod namunalaridan parchalar aytdi. Tadbirda jami 250 nafar professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.