Zulfiya Mo‘minova

05.03.2018, 18:52 Institut yangiliklari, Yangiliklar 376

Ayolga  baxt  bering, saodat  bering.

Demang,kulib yuribdiku jilmayib.

Ayol kulib turib o‘lishi mumkin,

Dunyoni olishi mumkin jilmayib.

Ayolga baxt bering,saodat bering,

Gar ko‘zlari kulib tursa-da

Bo‘g‘zining ostida necha ming xasrat

Oy yuzlari kulib tursada,

Ko‘nglini ko‘tarnig xech bo‘lmaganda,

Qo‘lini silashga sharofat toping.

Yig‘lab turganida hech bo‘lmaganda

Yoshini artishga muruvvat toping.

Nogox erga tushsa oppoq ro‘moli

Bosib o‘tmaslikka shafoat toping,

Chaqaloq yalagan etaklarini

Toza deb aytishga adolat toping.

Ayolga baxt berin, saodat bering

Demang yuribdi-ku kulib, jilmayib.

Ayolga baxt bering, saodat bering

Illohi nur toping, xidoyat toping.

Illoxi qalqonsiz, illox qo‘rg‘onsiz,

G‘iybatlar yirtmasin ko‘ylakkinasin,

Illohi xushyorsiz,illoxi bedorsiz.

Itlar tishlamasin yurrakinasin.

Ayolga baxt bering,saodat bering.

Tog‘ qimirlab, toshlar so‘zga kirsa-da,

Ayolga baxt bering, saodat bering.

Oltmishga kirsa-da, yuzga kirsa-da.