«Zalolatga eltuvchi yo‘l»

07.02.2015, 14:09 Institut yangiliklari 529

2015-yil fevral oyi “Yoshlar orasida narkotik moddalarning tarqalishiga qarshi kurash” oyligi deb e’lon qilinganligi munosabati bilan institutda bir qator tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan, 2015-yil 6-fevral kuni soat 15-00 da institut faollar zalida “Zalolatga eltuvchi yo‘l”, “Jinoyat uchun jazo muqarrar” mavzularida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda Toshkent shahar Mirobod tumani IIB giyohvandlikka, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘limi mayori B.Botirov, Mirobod tuman IIB giyohvandlikka, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘limi kapitani SH.I.Maxmudov, Mirobod tuman IIB huquqbuzarliklarning oldini olish inspektori R.R.Isamuddinovlar   hamda institut ma’naviy-ma’rifiy  ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev, dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy  ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi va tadbir mehmonlari mavzu yuzasidan ma’ruzalar qilishdi. Tadbirda talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini  olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borilib, Mirobod tumanida giyohvandlik asosida sodir etilgan jinoyatlar, ularga qo‘shilib qolayotgan yoshlar, bunday salbiy holatlarning kelib chiqishlari yorqin misollarda ko‘rsatib berildi hamda “Adashganlar qismati” filmi namoyish etildi. Tadbirda jami 220 nafar talaba va 20 ga yaqin professor-o‘qituvchilar, murabbiylar  ishtirok etdi.