«Yurt kelajagi»

22.05.2015, 08:11 Institut yangiliklari 480

2015-yil 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fevraldagi PQ-2124-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilib kelinayotgan “Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar respublika tanlovining Mirobod tuman bosqichida institutning bir guruh talabalari  ishtirok etdi va 6 nafar talabalar hududiy bosqichda ishtirok etish uchun yo‘llanma berildi.

Jumladan, “Nazm va nasr” yo‘nalishi bo‘yicha institut talabasi Sadoqat To‘rayeva“Amaliy san’at yo‘nalishi” bo‘yicha Raximova Baxtigul Faxriddin qizi va “Web ishlanmalar” yo‘nalishida Muhammadjon Matazimovlar 1-o‘rinni hamda  “Ratsionalizatorlik taklifi” yo‘nalishi bo‘yicha Nasriddinov Jahongir Rustam o‘g‘li, “Web ishlanmalar” yo‘nalishida Boboyev Zufar Durmamad o‘g‘li 2-o‘rinni va “Nazm va nasr” yo‘nalishi bo‘yicha Azimjon Saidov 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. G‘olib talabalar tuman “Kamolot” YIH kengashi raisi tomonidan diplomlar bilan taqdirlandi.