“Yoshlarni Internet tarmoqlaridan tarqalayotgan buzg‘unchi-vayronkor va axloq normalariga to‘g‘ri kelmaydigan axborotlardan asrash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

16.06.2017, 11:26 Institut yangiliklari, Yangiliklar, Без рубрики 131

     

2017-yil 15-iyun kuni soat 13-00 da faollar zalida professor-o‘qituvchilar va  farmatsiya fakulteti 3-kurs talabalar o‘rtasida “Yoshlarni Internet tarmoqlaridan tarqalayotgan buzg‘unchi-vayronkor va axloq normalariga to‘g‘ri kelmaydigan axborotlardan asrash”,  “Jinoyat uchun jazo muqarrar” va “Harakatlar strategiyasining ustivor yo‘nalishlari” kabi mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Mirobod tuman prokuror yordamchisi Mavlyanova Zarifa Tangirovna, Mirobod tumani IIB jinoyat qidiruv va terrorizm-ekstremizmga qarshi kurashish tezkor bo‘limi vakili Komil Ramazonovlar ishtirok etdi.

     

Tadbir jarayonida soha mutaxassislari tomonidan talab ayniqsa yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik, jinoyatchilik holatlari, bu kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaruvchi omillar hamda odam savdosi, giyohvandlikning oldini olish choralari xususida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Toshkent shahridagi P.F.Borovskiy nomli tibbiyot kolleji o‘quvchilari ishtirokida ro‘y bergan holat xususida talabalar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Mazkur masala yuzasidan institut farmatsiya fakulteti dekani A.A.Nurmuxamedov, “Murabbiylar” kengashi raisi M.A.Xodjayeva, sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani X.Sh.Ilxomov, “Xotin-qizlar” qo‘mitasi raisi M.Y.Saidovalar targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi. Tadbirda jami 260 nafar talablalarning ishtiroki ta’minlandi.