“Yoshlarga sog‘lom turmush tarzini o‘rgatish va tibbiy madaniyatni yuksaltirish”mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

08.10.2017, 16:27 Institut yangiliklari, Yangiliklar 128

2017-yil 6-oktyabr kuni soat 15-00 da faollar zalida professor-o‘qituvchilar va  talabalar o‘rtasida kabi “Aholi salomatligini muhofaza qilishning huquqiy asoslari”, “Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish”, ”Hozirgi kunda infeksion kasalliklardan himoya qilishning dolzarb vazifalari” mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni institut o‘quv ishlari prorektori S.U.Aliyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati A.E.Qurbonov so‘zga chiqib,sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga bo‘lgan munosabatlar, inson salomatligi, ayniqsa, o‘sib kelayotgan avlodni jismoniy jihatdan baquvvat qilib, favqulodda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan har qanday vaziyatlarga tayyorlash masalasi  doimo xalq e’tiborida bo‘lgan va har bir davrda mazkur masalaga o‘ziga xos tarzda yondashilgan.Malumot o‘rnida takidlash joizki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan berilgan ma’lumotlarga qaraganda, inson salomatligining 10 foizi tibbiy xizmatlarga, 20 foizi irsiy omillarga, 20 foizi atrof-muhitdagi oldini olish mumkin bo‘lgan omillarning zararli ta’siriga, 50 foizidan ortiqrog‘i esa har bir insonning turmush tarziga bog‘liqligi e’tirof etilmoqda. Oilada tibbiy madaniyatni, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish – jismoniy barkamollik va salomatlikka erishishning muhim omilidir, deb aholi salomatligi muhofaza qilish borasida huquqiy jihatlarga to‘xtalib o‘tdi. Toshkent shahar Salomatlik va tibbiy statistika instituti sog‘lom turmush tarzi bo‘lim boshlig‘i  Rasulova Nargiza Abduazimovna so‘zga chiqib, Mamlakatimizda inson salomatligi jamiyat farovonligini, kelajagini belgilashini inobatga olgan holda tibbiy xizmat sifatini oshirish, jamiyatda tibbiy madaniyatni yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalarning keng tarmog‘i yaratilgani tufayli aholi, eng avvalo, onalar va bolalarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati kengaydi.Bir qator misollar bilan jonli muloqot tarzida mavzuni yoritib berdi. Tadbirda jami 220 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.