Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni yuzasidan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

14.10.2016, 14:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 585

 

2016 yil 13 oktyabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining mazmun mohiyatini targ‘iboti yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi bo‘lim mudiri, yuridik fanlari doktori professor Matkarimova Gulchehra Abdusamatovna, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi eksperti falsafa fanlari doktori Shermuxamedova Jamila Toshpo‘latovna, Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti dotsenti, falsafa fanlari nomzodi Saydalieva Nigora Zaynitdinovna, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimi CHoriev Ikrom Abdushukurovichlar ishtirok etib mavzu yuzasidan ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab, ya’ni joriy yilning 15 sentyabridan kuchga kirdi. Yang qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun 4 ta bob, 33 moddadan iborat.  Qonunda yoshlarga oid davlat siyosati, yoshlar (yosh fuqarolar), yosh oila, yosh mutaxassis hamda yoshlar tadbirkorligi kabi bir qatorda tushunchalar qo‘llanilgan.Umuman ushbu qonun haqida atroflicha tushuntirish ishlari olib borildi.Tadbirdi 25 nafar professor-o‘qituvchilar va 200 nafar talabalar ishtiroketdilar.

IMG_8606     IMG_8636

IMG_8654     IMG_8617