Yoshlar tarbiyasida an’ana va qadriyatlarimizning o‘rni va ahamiyati

18.04.2016, 08:48 Institut yangiliklari, Yangiliklar 354

Mamlakatimizda yoshlarning  huquqiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy tarbiyasi dolzarb muammolardan. Bejizga “O‘zbekiston Respublikasida 2016-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”, “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturlarida mazkur tarbiya borasida alohida ahamiyat berilgan. Shu munosabat bilan 2016-yil 15-aprel kuni  institut faollar zalida Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda “Yoshlar tarbiyasida an’ana va qadriyatlarimizning o‘rni va ahamiyati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni institut rektori, professor A.N.Yunusxo‘jayev kirish so‘zi bilan ochib berdi va  mazkur tadbirning asosiy maqsadi, ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Davlat San’at va madaniyat instituti professori Sayyora To‘ychiyeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Muqimiy nomidagi musiqali teatr aktyori Aleksandr Bekjanov, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi mas’ul xodimi Xolimov Sharofiddin Bahodirovich ishtirok etdi. Tadbirda soha mutaxassislari tomonidan qiziqarli ma’ruzalar qilindi va o‘z ma’ruzalarida hozirgi taraqqiy etib borayotgan globallashuv asrida yoshlarimizni har tomonlama yetuk, ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida voyaga yetkazish, ularni intellektual  jihatdan salohiyatli, yuksak ma’naviyatli shaxs qilib tarbiyalash va eng muhimi ma’nan hamda jismonan sog‘lom fikrlaydigan qilib voyaga yetkazish hozirgi kunning dolzarb vazifasi ekanligi haqida to‘xtalib o‘tildi. Jami ishtirokchilar soni 250 nafarni tashkil etdi.

2016-199     2016-200

2016-201     2016-202