“Yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyatini shakllantirish”

05.05.2017, 12:34 Institut yangiliklari, Yangiliklar 292

    

2017 yil 4 may kuni Toshkent farmatsevtika instituti Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Qo‘yliq maishiy xizmat kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘rtasida “Yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyatini shakllantirish” va “Erta nikohning oldini olish choralari” kabi mavzularida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Toshkent farmatsevtika instituti Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Y.Saidova, farmakalogiya va klinik farmatsiya kafedrasi o‘qituvchisi F.Saidaliyeva so‘zga chiqib, o‘quvchi-qizlarni sharmu hayo, ibo, iffat singari o‘zbekona odob-axloq qoidalari asosida tarbiyalashning ahamiyatini keng targ‘ib qilish, muomala, kiyinish, yurish-turish borasida chetdan kirib kelayotgan, milliy qadriyatlarimizga butkul yod bo‘lgan “madaniyat”larning o‘quvchi-qizlar orasida tarqalishiga qarshi kurashish hamda erta nikohning salbiy oqibatlari xususida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi. Tadbirda Qo‘yliq maishiy xizmat kasb-hunar kolleji rahbar xodimlari, o‘qituvchilar, Toshkent farmatsevtika instituti Xotin-qizlar qo‘mitasi a’zolari va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Jami ishtirokchilar soni 48 nafarni tashkil etdi.

    

Xotin-qizlar qo‘mitasi a’zosi

Ashurova Nigora Xayitovna