“Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning oldini olish choralari”, “Tinchlik eng aziz ne’mat” mavzularida targ‘ibot tadbiri

23.09.2016, 08:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 726

 

2016 yil 22 sentyabr kuni soat 15-00 da institut faollar zalida “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning oldini olish choralari”, “Tinchlik eng aziz ne’mat” mavzularida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Mirobod tumani IIB voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik profilaktika bo‘limi katta inspektori, mayor C.B.Zaynuddinov, Mirobod tuman IIB huquqbuzarliklarning oldini olish katta leytenanti R.R.Isamuddinov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.U.Aliev, fakultet dekanlari, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi K.Q.Ismoilov, “Kamolot” YOIH BT faollari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.U.Aliev kirish so‘zi bilan ochib berdi va bugungi tadbirning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati, yoshlar o‘rtasida  huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida ma’lumot berib o‘tdi. Mayor S.B.Zaynuddinov talaba-yoshlarning turli ma’naviy taxdidlar to‘g‘risidagi bilim va tushunchalarini yanada boyitish, talaba-yoshlar qalbi va ongida turli g‘oyaviy-informatsion tahdidlarga nisbatan ma’naviy immunitetni kuchliroq shakllantirish hamda talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan masallalarga to‘xtalib o‘tdi. Tadbir so‘ngida odam savdosi masalalariga bag‘ishlangan “Shayton izmidagi malaklar” nomli videofilm namoyish etildi. Jami ishtirokchilar soni  250 nafarni tashkil qildi.

qad32     qwq543

wae523     ereres342

bvcw121     eeahk3