“Yoshlar orasida kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

26.09.2017, 15:37 Institut yangiliklari, Yangiliklar 260

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-martdagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida 2017-yil 25-sentyabr kuni institut axborot-resurs markazida talaba-yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida “Yoshlar orasida kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Suhbat jarayonida farmakognoziya kafedrasi dotsenti Xodjayeva Muattar Asadullayevna, axborot-resurs markazi rahbari F.N.Xolmurodova, tillar kafedrasi o‘zbek tili o‘qituvchisi Ashurova Nigora Xayitovna mavzu yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi.