Yosh olimlar maktabi

Abdujalilova Zilola Xikmatullayevna

Ilmiy darajasi va unvoni:

Farmatsevtika fanlar nomzodi, dotsent

Lavozimi:

Yosh olimlar kengashi raisi

Qabul vaqti:

Har kuni (14:00-18:00)

Tel.:

E-pochta:

Veb-sayt:

“Yosh olimlar” kengashi haqida

MA’LUMOT

2018 yil 9 oktyabrdagi № 766-sonli buyruqga asosan  Z.X.Abdijalilova  institut “Yosh olimlar” kengashi raisi qilib tayinlandi.

Toshkent Farmatsevtika institutida “Yosh olim” kengashida 10ta a’zolardan tashkil topgan bo‘lib, ular har bir kafedralarga ma’sul qilib tayinlangan. Kengash 35 yoshgacha bo‘lgan olimlar va mutaxassislar, tayanch doktarantlar, mustaqil izlanuvchilardan va iqtidorli talabalardan (bundan keyingi o‘rinlarda yosh olimlar deb yuritiladi) iborat tarkibda shakllantirildi. Institutda 50 tadan ortiq 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar mavjud, ularga ma’sullar tomonidan yangiliklardan bohabar qilish, ularning muammolarini kengashga yetkazish va yechimini topishda yordam berib kelmoqda.

Kengash yosh olimlarning jamoat tuzilmasi bo‘lib, ilmiy-tadqiqot va ijod bilan shug‘ullanuvchi respublika va xorijdagi yoshlarni birlashtirish, oliy ta’lim tizimida yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tizimli asosda yo‘naltirish, yosh olimlarning ilmiy-ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish orqali ta’lim sifatini oshirish va shu tarzda ilmiy kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda yosh olimlarning ijodiy yutuqlarini targ‘ib kilishda ko‘maklashish vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Kengash barcha imkoniyatlarini qo‘llagan holda yosh olimlar ijodiy faolligining rivojlanishiga, ularning mutaxassisliklari bo‘yicha kamol topishiga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi muhim ilmiy va amaliy muammolarning ilmiy jihatdan yechimiii topishga ko‘maklashadi. Yosh olimlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga, o‘z salohiyat va imkoniyatlarini to‘liq namoyon etishlarida yordamlashadi va sharoit yaratadi.

Yosh olimlar kengashining 2018-2019 o’quv yili uchun ish rejasi

Yosh olimlar kengashining 2018-2019 o’quv yili uchun a’zolar tarkibi

Institutda Yosh olimlar kengashi faoliyati to’g’risida. Toshkent farmatsevtika instituti rekrorining 766-sonli Buyrug’i

18.03.2019, 12:05 414