“Yosh kitobxonlar” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichida institut talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

27.05.2017, 18:12 Institut yangiliklari, Yangiliklar 371

Talaba-yoshlar o‘rtasida badiiy asarlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini targ‘ib qilish orqali yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, ularning kitobdan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 16 maydagi 310-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash  maqsadida, Toshkent moliya institutida 2017 yil 26 may kuni “Yosh kitobxonlar” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazildi:

– “Kitob tafakkur xazinasi” maqolalar yo‘nalishi;

– “Eng faol badiiy asarlar targ‘ibotchisi” yo‘nalishi;

– “Yosh ijodkor talaba” yo‘nalishi;

– “Asarlardan yaralgan sahna asarlari” yo‘nalishi;

– “Asarlardan yaralgan navolar” yo‘nalishi.

Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi institutimiz talabalari g‘olib deb topildi:

 

O‘rin tartibi

Talabalar F.I.SH.

Ta’lim yo‘nalishi

“Yosh ijodkor talaba” yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin To‘raeva Sadoqat Solijon qizi Farmatsiya fakulteti kasbiy ta’lim yo‘nalishi

3 kurs 2/1 guruh talabasi

“Eng faol badiiy asarlar targ‘ibotchisi” yo‘nalishi bo‘yicha:
2-o‘rin Fazliev Sunnatullo Aloyiddinovich Farmatsiya fakulteti

3 kurs 6/1 guruh talabasi

“Asarlardan yaralgan navolar” yo‘nalishi bo‘yicha:
2-o‘rin Po‘latov Rustam Mamirjonovich Farmatsiya fakulteti

3 kurs 1/1 guruh talabasi

“Kitob tafakkur xazinasi” maqolalar yo‘nalishi bo‘yicha:
3-o‘rin Pazliddinov Abdulvohid Vahobjon o‘g‘li Sanoat farmatsiyasi fakulteti 3 kurs 6/2 guruh talabasi
“Asarlardan yaralgan sahna asarlari” yo‘nalishi bo‘yicha:
3-o‘rin Jalilova Umida Asqarali qizi Sanoat farmatsiyasi fakulteti Metrologiya yo‘nalishi 1 kurs 1/2 guruh talabasi