“Yangi asr avlodi” nashriyoti yarmarkasi

16.04.2018, 19:24 Institut yangiliklari, Yangiliklar 307

Prezidentimizning 2017-yil 13-sentyabrdagi PQ-3271-sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” 35-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yil 13-14-16 aprel kunlari Toshkent farmatsevtika institutida “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iz va o‘zbek yozuvchisi CH.Aytmatovning 90 yillik yubileyi munosabati bilan nashriyot tomonidan keltirilgan adibning sara asarlari ARM bo‘lim mudiri Sotvoldiyeva B tomonidan adibning yozgan asarlari haqida qiziqarli targ‘ib etilib, talabalar va institut xodimlariga qiziqish uyg‘otdi. Adibninig yangi nashrdan chiqqan elga mashhur asar va hikoyalar to‘plami ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Talabalar o‘zlariga manzur bo‘lgan kitoblarni sotib olishdi. ARM xodimlari ham CH.Aytmatov va boshqa yozuvchilar qalamiga mansub kitoblardan xarid qilishdi.

Kitoblar yarmarkasida o‘zbek va jahon adabiyotining buyuk adib va yozuvchilarinig eng sara va tanlangan asarlari o‘rin olgan. Yarmarkadan har xil yoshdagi insonlar uchun, turli mavzularda, bolalar uchun atalgan kitoblar ham joy olgan.