«Yagonasan – muqaddas Vatan!»

06.05.2015, 11:33 Institut yangiliklari 440

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 7-apreldagi “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-1091-son qarorida belgilangan vazifalar hamda institutda tahsil olayotgan talabalarning Vatanga sadoqat, uning taqdiri uchun dahldorlik hissi yo‘g‘rilgan, mazmunan teran, badiiy yetuk qo‘shiqlar yaratishini rag‘batlantirish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015-yil 16-apreldagi 132-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, institutda 2015-yil 5-may kuni talabalar o‘rtasida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi va talabalar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga doir qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tdi. Hamda o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlovning asosiy maqsad va vazifalari xususida to‘xtalib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari vatanparvarlik mavzularida kuy-qo‘shiqlar ijro etdilar. Hakamlar hay’ati a’zolari ijro etilgan kuy-qo‘shiqlarni Nizom asosida baholadi hamda quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:

I o‘rin: Sanoat farmatsiyasi fakulteti 1kurs talabasi R.Po‘latov 

II o‘rin: Sanoat farmatsiyasi fakulteti 2kurs talabasi  S.Rasuljonov  

III o‘rin: Sanoat farmatsiyasi fakulteti 1kurs talabasi  F.Abduvaxobov