«Xotira muqaddas, inson qadri aziz»

11.05.2016, 14:38 Institut yangiliklari, Yangiliklar 642

2016 yil 8 may kuni institut rahbariyati Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Erkin mahallasi, Qurilish ko‘chasi, 269-uyda yashovchi Ibragimova Nigora, qizi Shirin,o‘g‘li Sherzodlar bilan uchrashishdi. Suhbat jarayonida Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan kapitan Ibragimov Farhod Asrorovichning olib borgan ishlari, fazilatlari, vatanparvarlik tuyg‘ulari, jangovarlik mahoratlari yodga olindi. Ushbu xonadonga institut rektori A.N.Yunusxo‘jaev, farmatsiya fakulteti dekani A.A.Nurmuxamedov, sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani muovini Z.U.Mamatqulovlar tashrif buyurishdi va estalik sovg‘alari taqdim etildi.

2016-248     2016-249

2016-250     2016-251