Xotin qizlar qo‘mitasi

Saidova Mamlakat Yadgarovna

Ilmiy darajasi va unvoni:

Lavozimi:

Xotin-qizlar qo'mita raisi

Qabul vaqti:

Payshanba (13:00-15:00)

Tel.:

Veb-sayt:

«Biz dunyo go’zalligini, hayot falsafasini va ma’no -mazmunini avvalambor ayol siymosida,
uning fidoyi qalb, vafo va sadoqatida ko’ramiz ,his etamiz».

Islom Karimov

«Biz dunyo go’zalligini, hayot falsafasini va ma’no -mazmunini avvalambor ayol siymosida, uning fidoyi qalb, vafo va sadoqatida ko’ramiz ,his etamiz». Islom Karimov Vatanimiz fidoyi ayollarga, el-yurt ravnaqi uchun sidqidildan mehnat qilayotgan xotin – qizlarga boy. Mustaqillik bo’y- basti bilan qad ko’tarayotgan bir paytda,ayollar Vatanimizning chinakam tayanchi,istiqlolning asl ximoyachilariga aylanib bormoqda. Hamma o’z mehnat jarayonida, har kim o’z qalb amri bilan unga ko’mak bermoqda. Bu yuksaklikda Toshkent farmatsevtika instituti ayollarining ham o’z o’rni bor. Bugungi o’zbek ayoli oqila va dono, zamonamizning zabardast olimasiyu, tinib-tinchimas jamoat arbobi. O’zbek ayolining siymosida – Sharq ayolining aqlu zakosi,fazlu kamoli mujassam. Birgina farmatsiya sohasini olib qaraydigan bo’lsak, aholi salomatligini muhofaza qilishda o’zining boy tajribasi, oqilayu donoligi, iqtidorini ishga solib, egniga ilgan oq libosini ardoqlab kelayotgan qanchadan- qancha opa – singillarimiz bor. Qarang, bugun yurtga dong’i ketgan olima opalarimiz, ishxonalarida ardoqli xizmatchi, uylarida mehribon ona, sevimli yor. Mustaqillik yillari uzoq yillar davomida institutning Xotin-qizlar qo’mitasini quyidagi dotsent A.I.Nuriddinova va dotsent N.A.Toshmatova, Qodirova Sohibjamol Xamzaevnalar boshqarib kelganlar. Farmatsevtika sohasining o’zida ayollardan chiqqan qanchadan-qancha fozila olimalar, professorlar, etuk mutaxassislar etishib chiqan.Ulardan, prof. T.P.Po’latova, prof. Z.A.Nazarova, prof. X.M.Yunusova, prof. F.F.Urmonova, prof. K.S.Maxmudjonovna,  f.f.d. V.N.Abdullabekova, prof. G.Tillaeva, f.f.d. Yo.Kariyeva, f.f.d. M.I.Alixodjaeva, Sh.F.Iskandarovalar. Hozirgi kunda farmatsevtika institutida 499 ayol faoliyat ko’rsatmoqda, ulardan 8 nafari fan doktorlari, 65 nafari fan nomzodlari. Undan tashqari 70 nafar iqtidorli talabalardan 46 nafari talaba-qizlardir. «Professor M.A.Azizov» nomli stipendiya sohibasi -4, «Dori-Darmon» DAK stipendiyasi sohibalari-3 nafar. Toshkent farmatsevtika instituti Xotin – qizlar qo’mitasi raisi etib, 2014 -2015 o’quv yillida Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi katta o’qituvchisi Saidova Mamlakat Yodgarovna saylangan. Qo’mita faoliyatini xotin-qizlar qo’mitaning raisi ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari bo’yicha prorektor bilan muvofiqlashtiradi. Institut Xotin – qizlar qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Xotin – qizlar qo’mitasining boshlang’ich tashkiloti faoliyati to’g’risidagi 2011 yil 16 iyul XXXIX – sonli rayosati qarori asosida Nizom tuzilgan bo’lib, u asosida ish yuritadi Oliy va O’rta mahsus ta’lim vazirligi, Xotin – qizlar qo’mitasi, «Kamolot», «YoIH», Markaziy kengashi hamkorligida institutda tahsil olayotgan talaba-qizlar o’rtasida olib boriladigan ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha olib boriladi:

1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli muvofiqlashtirishga doir tashkiliy masalalar.

2. Shaxsning ma’naviy kamolotini yuksaltirish.

3. Diniy bag’rikenglik madaniyatini shakllantirish.

4. Siyosiy-huquqiy bilim va madaniyatni shakllantirish.

5. Ekologik bilim va madaniyatni shakllantirish.

6. Sog’lom turmush tarzi va jismoniy madaniyatni shakllantirish.

7. Mafkuraviy immunitet va g’oyaviy kurashchanlikni shakllantirish.

8. Milliy bayramlar, tarixiy sanalar va buyuk ajdodlarimiz tavalludini nishonlash.

9.Kasbiy mahorat , bilim, ko’nikma va malaka.

Toshkent farmatsevtika instituti Xotin-qizlar qo’mitasining tarkibi:

1. Qo’mita raisi – katta o’qituvchi  M.Ya. Saidova

2. Ma’naviyat va ma’rifat ishlari – S.M.Yuldasheva, N.X.Ashurova.

3. Onalik va bolalikni muhofaza qilish – F.A.Saydalieva, Z.Fayzullayeva.

4. Sport va sog’lomlashtirish ishlari – V.S.Qosimova.

5. «Orasta qizlar » to’garagi N.A.Sodiqova, B.Muxammedova.

6. Zulfiya mukofatiga tayyorlash ishlari – I.M.Iminova, N.Farmonova.

7. Talabalar turar joyida yashovchi qizlar bilan ishlash – D.Qodirova, U.Yunusova.

8. Ibn Sino salomatlik markazi – B.Boltayeva.

9. Kotiba – B.Boltayeva.

O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan 2011 yil 13 oktyabrda o’tkazilgan XXXX rayosat yig’ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institutda jamoatchilik asosida «Orasta qizlar» to’garagi tashkil etildi. «Orasta qizlar» to’garagi o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’ydi: talaba-qizlarda shaxsiy gigienik qoidalarni to’g’ri shakllantirish, tibiy madaniyatni oshirish,atrof-muhitning tozaligiga e’tiborni qaratish, ekologik va tibbiy madaniyatni yuksaltirish, qizlarning o’zaro munosabatlarni to’g’ri olib borish, nikoh yoshdagi qizlar o’rtasida oila muqqadasligini, xomiladorlikka oid jarayonlar haqida tushunchalar berish. «Oila sog’lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqaror» degan insonparvar tamoyildan kelib chiqqan holda «Mustahkam oila yili» Davlat dasturida belgilangan yo’nalishlar institut Xotin – qizlar qo’mitasi faoliyatining bosh vazifalaridir.Amalga oshirishning eng muhim yo’nalishlari etib qo’yidagi vazifalar dolzarb xisoblanadi:

  • Talaba-qizlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda davlatimizda barqarorlikni ta’minlash borasida qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash hamda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan, hotin-qizlar hayoti va faoliyati bilan bog’liq bo’lgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kechalar, uchrashuvlar, seminar-treninglar va konferentsiyalar uyushtirish;
  • Xotin-qizlar o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish hamda talaba-qizlarni har tomonlama etuk inson qilib tarbiyalash;
  • Yosh oilalarga e’tibor va g’amxo’rlikni kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash, moddiy va ma’naviy jihatdan keng qo’llab-quvvatlash;
  • Talaba-qizlarni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat tuyg’usini, jamiyat hayotida faol ishtirok etish, o’z bilimlarini muntazam oshirib borish kabi fazilatlarini tarkib toptirish;
  • Talaba-qizlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ayollar bilan bog’liq tarixiy meros, sharqona ayol an’analari asosida tarbiyalash ishlarini tashkillashtirish;
  • Xotin-qizlar masalasi bo’yicha qabul qilingan xujjatlar mazmun-mohiyatini talaba-qizlarga o’z vaqtida etkazilishi va ulardagi tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;
  • Talabalar turar joylarida yashovchi talaba-qizlar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazish,sharoitlari bilan yaqindan tanishib, rahbariyatga tegishli takliflar kiritish;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi PF – 2326 raqamli «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi Farmonga asosan institutda talaba-qizlar o’rtasida mukofotning mazmun-mohiyatini keng targ’ib etish ishlarini amalga oshirish.

Institut Xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan o’tkazilgan manaviy-ma’rifiy tadbirlar.

 

 

 

 

06.12.2016, 11:23 191