Xorijiy universitetlar bilan institut o‘rtasida memorandumlar imzolandi.

17.11.2017, 18:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 762

     

     

Toshkent farmatsevtika instituti tabarruk  80 yilligi hamda “Farmatsiya: fan, ta’lim, innovatsiya va ishlab chiqarish” mavzusidagi XV-ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida joriy yil 17-noyabr kuni bir qator  xorijiy  universitetlar bilan institut o‘rtasida memorandumlar imzolandi. I.K.Axunbaev nomidagi Qirg‘iziston Davlat tibbiyot akademiyasi, Chechen davlat universiteti huzuridagi Tibbiyot instituti, Isroil davlat universiteti mas’ul vakillari hamda institut rektori professor X.K.Djalilov tomonidan imzolandi.

     

     

     

Mazkur memorandumlar o‘zaro hamkorlik doirasida quyidagi faoliyat nazarda tutilgan:

  • talabalar, magistrantlar va professor-o‘qituvchilarni qisqa muddatli almashinuvlari;
  • o‘zaro hamkorlikdagi ilmiy izlanishlarda ishtirok etish, ularni natijalarini chop etish;
  • seminarlar, konferensiyalar, talabalarning hamkorlikdagi tanlov va ko‘rgazmalarini tashkil etish;
  • sohaning dolzarb masalalari bo‘yicha etakchi professorlarni taklif etish;
  • pedagoglar malakasini oshirishni tashkil etish va b.

     

     

     

     

     

Mazkur memorandum institutni o‘zaro xalqaro hamkorligini kengaytirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2909-son qarori bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida faoliyatini davom ettiradi.