Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsiyalar

24.10.2016, 08:19 Institut yangiliklari, Yangiliklar 568

 

Ta’lim tizimini isloh qilish, ta’limga innovatsiyalarni olib kirish va uni o‘quv jaranyonida qo‘llash bugungi kun talabidir. 2012 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Perzidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan“Chet tillarni o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875 qabul qilingan edi. O‘tgan qisqa davr mobaynida uzluksiz ta’lim tizimida ushbu qarorning ijrosi bo‘yicha diqqatga sazovor ishlar qilindi.Yangi avlod darsliklari yaratildi, yangi dasturlar va Davlat ta’lim standartlari qayta ko‘rib chiqildi. Bu yo‘nalishda Toshfarmi da ham kator ishlar qilingan2016 yilning 19 oktyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-qarori ijrosini ta’minlash va  oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishda o‘qituvchining innovatsion faoliyatini rivojlantirishmavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

IMG_9424     IMG_9385

Kirish so‘zi bilan prorektori S.U.Aliev, ma’ruza va interaktiv trening bilan Raxmanova Sh.B. va A.Abdullaeva,  “Rossotrudnichesktvo” muassasasining Uzbekistonda vakolatxonasi vakili D.S.Sa’dullaevlar chiqishdi. Toshfarmi talabalari tomonidan ingliz, nemis va rus tillarida prezetnatsiyalar namoyish qilindi. Akademik litsey o‘quvchilari  xorijiy tillarda badiiy kompozitsiya tayyorlashdi. Tadbirda 23 nafar Tillar kafedrasi pedagoglari, shu jumladan 9 nafar TDPU pedagoglari, 17 nafar  talaba yoshlar ishtirok etishdi. Seminar yakunida faol chiqish qilganlarga sertifikatlar topshirildi.

IMG_9405     IMG_9402

IMG_9438     IMG_9432