“Xalqaro tinchlik kuni” munosabati bilan 2017-yil 21-sentyabr “Tinchlik – xalq farovonligining garovidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

22.09.2017, 14:19 Institut yangiliklari, Yangiliklar 61

Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan 1981-yilda ta’sis etilgan 21-sentyabr – “Xalqaro tinchlik kuni” munosabati bilan 2017-yil 21-sentyabr kuni institut faollar zalida “Tinchlik – xalq farovonligining garovidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, sanoat farmatsiyasi fakulteti, Mirobod tumani “Baynalminal” mahalla MFY hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani X.Sh.Ilxomov, Mirobod tumani “Baynalminal” MFY faollari Mirzaxamdamov Ortiq Zokirovich, Murod Sharipov hamda institut sanoat farmatsiyasi fakulteti talabalari ishtirok etdi. Suhbat jarayonida mahalla faollari va institut faxriy professor – o‘qituvchilari S.N.aminov, X.M.Mamedovlar mavzu yuzasidan ma’ruzalar qilishdi. Suhbat jarayonida mamlakatimiz taraqqiyoti, hayotimiz farovonligi yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, totuvlik va hamjihatlikka bevosita bog‘liqligi, eng katta boyligimizni ko‘z qorachig‘idek asrash, bugungi shiddatkor zamonda doimo ogoh va hushyor bo‘lib yashash zarurligi xususida to‘xtalib o‘tildi.  Shuningdek, bugungi kunda xorijdagi ayrim etakchi ommaviy axborot tarmoqlarida vayronkor g‘oyalarni tarqatish orqali yoshlarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik kabi noxush hissiyotlarni singdirayotganligi, bunday vaziyatlarda, axborot xavfsizligini ta’minlash va barkamol avlodni tarbiyalash masalalariga jiddiy e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi. Tadbir so‘ngida “Vatanga daxldorlik eng oliy maqsadimiz” mavzusida film namoyish etildi. Tadbirda jami 250 nafar professor-o‘qituvchilar, faxriylar, rahbar xodimlar, mahalla faollari va talabalarning ishtiroki ta’minlandi.