Xalqaro hamkorlik bo’limi tarixi

BO’LIM TARIXI

Toshkent Farmasevtika institutida malakali farmasevt kadrlarni tayyorlashda xorijiy Oliy ta’lim muassasalari bilan ham hamkorlik aloqalarini olib boradi. Institutda xalqaro aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida 2003-yilda Xalqaro hamkorlik bo’limi o’z faoliyatini boshladi. Xalqaro hamkorlik bo’limi tashkil etilishidan avval, Toshkent farmatsevtika instituti mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab O’zbekiston Respublikasi farmatsevtika ta’lim sohasini isloh qilishda birinchilar qatorida bo’ldi. 6 yil davomida ToshFarmi EuroWHO mintaqaviy idorasining MDH mamlakatlari orasida farmatsevtika ta’lim sohasini  isloh qilishga qaratilgan maxsus loyihasida ishtirok etdi. JSST mutaxassis expertlarining fikriga ko’ra, loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishda  ToshFarmi muhim mavqega ega bo’ldi, xususan, sog’liqni saqlash tizimining talablariga asosan, dori vositalarining xavfsiz qo’llanilishi va samarali foydalanishiga qaratilgan, hamda sifat tamoyillarini joriy etishga yo’naltirilgan yangi fanlarni o’quv jarayoniga joriy etish bo’yicha birinchilar qatorida bo’ldi.

Toshkent farmasevtika instituti Xalqaro aloqalar bo’limi bevosita institute rektoriga bo’ysunadi.

2003-yildan – 2016-yilga qadar institut Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i lavozimida Rasulova Svetlana Abdujabbarovna.

2016-yildan – 2017-yilga qadar Shamshiddinova Maftuna Husniddinovna,

2017-yil 27-martdan – 2017-yil 6-sentabriga qadar f.f.d Ubaydullaeva Zebiniso Alisherovna.

2017-yildan – 2018-yilga qadar Allambergenova Nargiza Farhadovna.

2018-yildan – 2018-yilga qadar Saliev Akramjon Rasulovich.

2018-yildan – 2018-yilga qadar Foziljonova Malika Shuxratjonovna

2019-yil fevraldan-2019-yil aprelga qadar Abdullayeva Albina Ergashevna faoliyat olib borishgan.

2019-yil maydan boshlab hozirgi kunga qadar Zaripova Nargiza Tolibdjanovna faoliyat ko’rsatmoqda.

Xalqaro hamkorlik bo’limi metodisti lavozmida 2019 yil 15-oktyabrdan hozirgi kunga qadar Ochilova Maxliyo Sayfullaevna faoliyat olib bormoqda.

 

10.02.2020, 16:50 220