Xalqaro aloqalar

 XORIJIY ABITURIENT QABUL KOMISSIYASIGA QUYIDAGI HUJJATLARNI TOPSHIRADI:

 BAKALAVRIAT

  • Ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma’lumoti yo‘qligi ko‘rsatiladi);
  • o‘rta va o‘rta-maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nushasi;
  • № 086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
  • Pasportning nushasi;
  • 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 ta fotosurat;

Tanlovdan tashqari o‘qishga kirish huquqiga ega bo‘lgan halqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari asl nushadagi tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.

Harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolarga o‘qishga kirishda imtiyozlar beriladigan tavsiyanoma 15-iyulgacha topshiriladi. Tavsiyanomalar berilgan kundan boshlab 3 yil davomida haqiqiy hisoblanadi.

Abiturient tomonidan pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.

Hujjatlarni qabul qilish muddati 15-iyundan 15-iyulgacha.

Suxbat asosida.

XORIJIY ABITURIENT QABUL KOMISSIYASIGA QUYIDAGI HUJJATLARNI TOPSHIRADI:

MAGISTRATURA

  • Mutaxassislik, o‘quv tili ko‘rsatilgan holdagi ariza;
  • Oliy ma’lumot haqidagi hujjatning asl nushasi va ilovasi;
  • №086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
  • Pasportning nushasi;
  • 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 ta fotosurat;

Tanlovdan tashqari o‘qishga kirish huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Davlat stipendiyalari g‘oliblari asl nushadagi tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.

Abiturient tomonidan pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.

Hujjatlarni qabul qilish muddati 1-iyuldan 30-iyulgacha.

Suxbat asosida.

Mustaqil Davlatlar Xamdo‘stligi fuqarolarini Oliy ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha muvaqqat yo‘riqnomasi

Xorijiy xamkorlar bilan tuzilgan va ayni paytda AMALDA BO‘LGAN shartnoma, kelishuv, bitim, memorandum va protokollar

RO‘YXATI

Xorijiy xamkor (OTM, tashkilot, xalqaro tashkilot, fond, muassasa) Mamlakat Xujjatning tulik nomi
1  Changvon Milliy universiteti Janubiy Koreya Memorandum of Understanding
2 Chungbuk milliy universiteti Janubiy Koreya Memorandum of Understanding
3 Komenius universiteti, Bratislava Slovakiya Association agreement in the field of education and scientific activities
4 Sankt-Peterburg Davlat kimyo-farmatsevtika akademiyasi Rossiya Federatsiyasi Farmatsevtika sohasidagi ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash va hamkorlikdagi izlanishlar  shartnomasi
5 Perm Davlat farmatsevtik akademiyasi Rossiya Federatsiyasi Ta’lim va ilmiy sohadagi hamkorlik
6 Lyublin tibbiyot akademiyasi, farmatsevtika fakulteti Polsha, Lyublin Ta’lim va ilmiy sohadagi hamkorlik
7 S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston Davlat tibbiyot akademiyasi Qozog‘iston, Almata Farmatsevtika sohasidagi ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash va ilmiy izlanishlar bo‘yicha hamkorlik shartnomasi
8 I.K.Axunboyev nomli Qirg‘iziston Davlat tibbiyot akademiyasi Qirg‘iziston, Bishkek Ta’lim va ilmiy sohadagi hamkorlik
9 Shimoliy-Kavkaz Federal universiteti Rossiya Federatsiyasi, Kavkaz Farmatsevtika sohasidagi ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash va ilmiy izlanishlar bo‘yicha hamkorlik shartnomasi
10 Ukraina milliy farmatsevtik akademiyasi Ukraina, Xarkov Ta’lim va ilmiy sohadagi hamkorlik
11 Karaganda davlat tibbiyot universiteti Kozoqiston, Karaganda Sog‘liqni saqlash, farmatsevtika sohasidagi ta’lim va fan bo‘yicha memorandum
12 Gall-Vittenberg universitetining farmatsevtika instituti Germaniya Ko‘p yo‘nalishli hamkorlik memorandumi
13 Sibir davlat tibbiyot universiteti Rossiya Federatsiyasi, Tomsk Ta’lim va ilmiy sohadagi hamkorlik
14 Inkarneyt Uord universiteti Fayk farmatsiya maktabi Amerika Qo‘shma Shtatalari Memorandum of Understanding
16 Qozog‘iston-Rossiya tibbiyot universiteti Qozog‘iston, Almata Farmatsevtika sohasidagi ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash va ilmiy izlanishlar bo‘yicha hamkorlik shartnomasi
17 Koreya universiteti, Farmatsiya kolledji Janubiy Koreya Memorandum of Understanding
18 I.M.Sechenov nomidagi Birinchi  Moskva davlat ttibbiyot universiteti Rossiya Federatsiyasi Farmatsevtika sohasidagi ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash va ilmiy izlanishlar bo‘yicha hamkorlik shartnomasi
19 Janubiy-Qozog‘iston davlat farmatsevtika akademiyasi Qozog‘iston, Chimkent Farmatsevtika sohasidagi ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash va ilmiy izlanishlar bo‘yicha hamkorlik shartnomasi

FOTO GALEREYA:

Xalqaro aloqalr bo’limi haqida batafsil:

03.05.2018, 16:06 4435