“Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunni hayotga tadbiq qilish, “Narkomaniya va odam savdosiga qarshi kurashish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

17.02.2017, 12:45 Institut yangiliklari, Yangiliklar 311

2017 yil 14 fevral kuni soat 14-00da talaba-yoshlar o‘rtasida “Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunni hayotga tadbiq qilish, “Narkomaniya va odam savdosiga qarshi kurashish” mavzusida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbir Toshkent shahar IIBB, Mirobod tumani IIB  bilan hamkorlikda o‘tkzildi.unda quyidagi mutaxassislar ishtiro etishdi: Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tergov boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik A.M.Yakubov, IIV akademiyasi oliy akademiya kursi tinglovchisi, mayor N.J.Niyozov, Mirobod tumani IIB huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘limi katta inspektori, mayor S.Z.Zaynutdinov, Mirobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi huqubuzarliklarning oldini olish bo‘limi inspektori, leytenant R.R.Isamutdinov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi etakchi eksperti S.Jumanova, Toshkent shahar Narkologiya dispanseri vrach-narkologi N.Bobojonovalar ishtirok etishdi.

     

Talaba-yoshlarga jinoyatga jazo muqarrar ekanligi, hech qanday jinoyat jazosiz qolmasligi tushuntirildi. Giyohvandlikka odatda, ruhan zaif, irodasi bo‘sh, birovlarga taqlid qilishga moyil, o‘ta xudbin kishilar beriluvchan bo‘ladi. Bunday shaxslar o‘z moyilliklariga qarshi kurasholmaydilar. Bora bora organizmdagi moyillik “mutlaq g‘olib” ga aylanadi. Avval tajanglik, kayfiyat buzuqligi, xotira susayishi kabi ruhiy o‘zgarishlar, keyinchalik terlash, yurakning notekis urishi, tanglayning quruqshashi, ozish, qo‘l-oyoqda titroq paydo bo‘lishi, rang siniqishi, ko‘z qorachig‘ining kengayishi kabi jismoniy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bangilik odamni majruh qilib qo‘yadi. Endi u navbatdagi kayfni surish uchun har qanday pastkashlikdan toymaydi. Sotqinlik, aldash, o‘g‘rilik uning kundalik yumushiga aylanadi.Buni natijasida turli xil jinoyatlar qo‘l urishi ko‘plab holatlarda kuzatilgan. Yoshlarning  o‘rtasida  “asr – vabosi” hisoblangan giyohvandlik va og‘ufurushlikka berilishlarning  oldini olish hamda farzandlarimiz qalbini turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish ekanligi ta’kidlandi. Tadbir davomida “Narkobiznes – milliardlar keltirgan kulfat” nomli film namoyish etildi.