«Vatanparvarlik nafaqat o‘z yurtini balo-qazolardan asrash, balki uning taraqqiyoti uchun kurashish ham demakdir»

08.05.2015, 11:43 Institut yangiliklari 440

O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya vazirligining 2015-yil 7-apreldagi 1-14/7-493-8-sonli xati va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015-yil 14-apreldagi 87-02-849-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida, institutda 2015-yil 7-may kuni soat 15-00 da faollar zalida “Vatanparvarlik nafaqat o‘z yurtini balo-qazolardan asrash, balki uning taraqqiyoti uchun kurashish ham demakdir” yo‘nalishida talabalarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘tkazilayotgan tadbirning asosiy maqsad va vazifalari yuzasidan ma’lumot berdi. Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat va huquq nazariyasi tarixi” kafedrasi dotsenti Muhiddinova Feruza Abdurashidovna ishtirok etdi va institut professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalar o‘rtasida vatanga sodoqatli bo‘lish ko‘nikmasini yaratish, o‘z tug‘ilgan maskaniga hurmat va e’tiborda bo‘lish, uni yomon ko‘zlardan asrash, yot g‘oyalarning salbiy oqibatlari xususida to‘xtalib, qiziqarli ma’ruza qildi. Shuningdek, Vatan tushunchasiga ta’rif berib o‘tdi. Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilgan ishlar hamda tinchlik, osoyishtalikning qadriga yetish, uni asrab-avaylash hamda turli yot g‘oyalarning asl maqsadi hamda  “Inson qadri ulug‘ – xotar muqaddas” mavzusiga to‘xtalib o‘tdi. Suhbat jarayonida mamlakatimizga katta xavf solib turgan diniy ekstremizm va aqidaparast oqimlarning asl maqsadlarini fosh etish, ularning domiga tushmaslik, loqaydlik, bebarvolik singari salbiy illatlarning oldini olish xususida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida “Tinchlik uchun kurashmoq kerak!” filmi namoyish etildi. Talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildi va soha mutaxassisi berilgan savollarga javob berdi. Tadbirda jami 250 nafar professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar ishtirok etdi.