“Vatanni himoya qilish – sharafli, oliyjanob va mas’uliyatli burch”

16.01.2017, 11:30 Institut yangiliklari, Yangiliklar 529

 

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining mamlakat milliy mustaqilligi va xalq erkinligi kafolatini ta’minlashdagi roli, o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash hamda 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan faollar zalida 2017 yil 14 yanvar kuni soat 14-00 da “Vatanni himoya qilish – sharafli, oliyjanob va mas’uliyatli burch”, “Armiya – yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi ramzi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.U.Aliev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Toshkent tibbiyot akademiyasi  huzuridagi xarbiy tibbiyot fakulteti katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Orziev Ziyodullo Fozilovich, TTA huzuridagi harbiy tibbiyot fakulteti zahiradagi va rezervdagi ofitserlar tayyorlash kursi boshlig‘i podpolkovnik Sherboyev Anvar Turg‘unovich hamda bir guruh kursantlar ishtirok etishdi. Tadbir mehmonlari “Tinch va osoyishta hayotimizning ishonchli”, “Vatanni himoya qilish – sharafli, oliyjanob va mas’uliyatli burch” mavzularda ma’ruzalar qildilar. Tadbir davomida “Fidoyilar” videoroligi namoyish etildi. “Kamolot” YOIH BT etakchisi O‘.Yunusov “El ishonchi, yurt tayanchi – O‘zbekiston yoshlari” mavzusida ma’ruza qilib yoshlar oldida turgan vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

IMG_5635     IMG_5645

IMG_5640     IMG_5649

IMG_5666     IMG_5672