Vatan seni unutmaydi

24.03.2016, 14:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 424

“Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlash, xalqimiz orasida milliy  qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish hamda Vatanimizning bugungi musaffo va yorug‘ kunlarga yetib kelishda o‘zining misilsiz jangovor mehnat-u, jasoratlarini namoyon etgan va xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning xonadoniga “Navro‘z” umumxalq bayrami arafasida tashrif buyurish, ular holidan xabar olish institut rahbariyati tomonidan amalga oshirilib kelindi. Bu kabi xayrli ishlarni amalga oshirish nafaqat “Navro‘z” bayrami arafasida balki, institut rahbariyati tomonidan muntazam ravishda amalga oshirilib kelinadi. Shu an’anani davom ettirgan holda 2016-yil 24-mart kuni soat 11-00da institut rahbariyatiga biriktirilgan Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar xonadoniga tashrif uyushtiridi. Jumladan, tadbir jarayonida Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan kichik serjant Xodjanov Boris Isangaliyevich va Kapitan Ibragimov Farhod Asrorovichning oilalariga tashrif uyushtirildi va ularning olib borgan ishlari, jangovarlik mahoratlari, tinchlikni, osoyishtalikni saqlash yo‘lidagi olib borgan jasoratlari yodga olinadi. Tadbir 2016-yil 27-28-mart kunlari “Yoshlar” va “O‘zbekiston” telekanallarining “Davr” infarmatsion dasturlari hamda “Vatanparvar” ko‘rsatuvi orqali efirga uzatildi. “Vatanparvar”  gazetasining 2016-yil 1-aprel sonida ham keng yoritib berildi.

2016_95     2016_96

2016_97     2016_98