“Vatan himoyasi muqaddas burch”

20.01.2015, 16:34 Institut yangiliklari 319

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014yil 9dekabrdagi R-4390-sonli “Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014yil 11 dekabrdagi  460-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, institutda joriy yilning 14yanvar kuni soat 15-00da ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, “Kamolot” YoIH BT yetakchilari, “Ustoz-murabbiy” kengashi tashabbusi bilan 14yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatan himoyasi muqaddas burch” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirni institut rektori professor A.N.Yunusxo‘jayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilarini tanishtirib o‘tdi. Tadbirda Milliy xavfsizlik chegara qo‘shinlari harbiy qism mayori Xayitov Alijon Eminovich, Milliy xavfsizlik chegara qo‘shinlari harbiy qism podpolkovnigi Xakimov Nusratilla Burxanjonovich, Toshkent madaniyat kolleji talabalari Mirzayev Farrux, Toxirov Behruz, “O‘zbeknavo” estarada birlashmasi xonandalari Oybek va Nigora hamda  institut rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, tadbir mehmonlari Milliy xavfsizlik chegara qo‘shinlari harbiy qism mayori Xayitov Alijon Eminovich, Milliy xavfsizlik chegara qo‘shinlari harbiy qism podpolkovnigi Xakimov Nusratilla Burxanjonovich mavzu yuzasidan qiziqarli ma’ruzalar qilishdi va institut rektori tomonidan mehmonlarga estalik sovg‘alari va tashakkurnomalar taqdim etildi. Tadbir jarayonida “Vatanga qasamyod” mavzusidagi film namoyish etildi.Tadbirning badiiy qismida Toshkent madaniyat kolleji talabalari Mirzayev Farrux, Toxirov Behruz, “O‘zbeknavo” estarada birlashmasi xonandalari Oybek va Nigora hamda institutning iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan vatanparvarlik mavzularida she’rlar, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

 

 

Shundan so‘ng, institut talaba-yoshlarini sportga keng jalb etish, barkamol avlodni tarbiyalashda jismonan sog‘lom yoshlarni kamol toptirishda sport musobaqalarning o‘rni katta. Shu sababli, institut hududida “Minifutbol” sport o‘yingohining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu kabi shart-sharoitlar zamirida talabalarning jismonan sog‘lom bo‘lib kamol topishida hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tarzda o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi hamkorligida  “Minifutbol” sport o‘yingohi tashkil etildi. Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi va sport maydonchasini tashkil qilishda, O‘zbekiston “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi rahbariyatiga, shuningdek, qayta ta’mirlashda faol mehnat qilgan xodimlarga va hamkor tashkilotlarga, talabalarga institut rahbariyati nomidan minnatdorchilik izhor qilindi.

 

Shundan so‘ng, institut talabalar turar joyida yashovchi talabalarga hamda professor-o‘qituvchilarga bayram munosabati bilan dasturxon yozilib, osh tarqatildi.