Vatan erkinligi uchun o‘z jonini qurbon qilganlar xotirasi hamisha barhayot

10.05.2016, 06:53 Institut yangiliklari, Yangiliklar 514

Institut rahbariyati 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan 2016-yil 7-may kuni Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar xonadoniga tashrif buyurishdi. Jumladan, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Studentlar ko‘chasi, 36-uyda yashovchi Xodjanova Oksana, o‘g‘illari Temur va Salavatlar bilan uchrashishdi. Suhbat jarayonida Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan kichik serjant Xodjanov Boris Isangaliyevichning olib borgan ishlari, jangovarlik mahoratlari yodga olindi. Ushbu xonadonga institut sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani, dotsent X.Sh.Ilxomov, farmatsevtik kimyo kafedrasi assistenti A.Muxitdinovlar tashrif buyurishdi hamda ular tomonidan estalik sovg‘alari taqdim etildi.

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan

ishlash bo‘limi.

2016-233     2016-234

2016-235     2016-236