“Umurtqa pog`onasi shikastlarini davolash uchun qurilma ixtiro qilindi”

12.02.2015, 10:11 Xalqaro yangiliklar 3146

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi xodimi umurtqa pog`onasi shikastlarini davolash uchun qurilma modelini ixtiro qildi, deya xabar beradi Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati. Qurilmadan tibbiyot, travmatologiya va neyrojarrohlikda, umurtqa pog`onasi shikastlari va kasalliklarini davolash uchun foydalanish mumkin. Uning vazifasi suyak strukturasi zaif bo`lgan umurtqa pog`onasi shikastlarini davolash hisoblanadi.

Barcha tayanch-harakat apparati shikastlarining 17% gachasi umurtqa pog`onasi shikastlarini tashkil etadi. Barcha umurtqa pog`onasi shikastlarini asoratli va asoratsiz turlarga bo`lish mumkin. Asoratsiz jarohatlanganda orqa miya va uning ildizchasi lat yemaydi, shikastning falaj, sezgi organlarining buzilishi hamda qo`l va oyoqdagi og`riqlar bilan kuzatilishi umurtqa pog`onasining asoratli lat eyishi hisoblanadi. 

Manbaa: www.jahonnews.uz