«Umumxalq xayriya hashari»

19.03.2015, 13:07 Institut yangiliklari 435

2015-yil 14-15 mart kunlari institut miqyosida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi. Tadbirda 1500 ta talabalar va 500 dan ortiq professor-o‘qituvchilar va xodimlar faol ishtirok etdi. Hasharda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  •  Hudud chegarasidan 50 metr masofadagi maydonlarda obodonlashtirish, ta’mirlash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
  • Hududlardagi binolar atroflari tozalab,  tartibga keltirildi.
  • Obodonlashtirish ishlarini o‘tkazilishi jarayonida to‘plangan barcha maishiy chiqindilar alohida belgilangan joylarga olib chiqildi.
  • Manzarali gullar ekildi va daraxtlarga shakl berilib, oqlandi.
  • Yerlar yumshatildi va atrofda tozalash ishlari olib borildi.
  • Shuningdek, institut talabalari Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan “Yopiqlik ota” qabristonida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hashar ishlarini olib borishdi. Buning natijasida qabriston hududi turli xil begona o‘t va chiqindilardan tozalandi.