Umumxalq hashari. Toshkent farmatsevtika instituti “Botanika” bog’ida.

18.03.2018, 14:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 266

Navro’z bayramini munosib kutib olish va o’tkazish maqsadida, hamda “18-19-mart kunlari Umumxalq xayriya hashari” munosabati bilan Toshkent farmatsevtika instituti talabalari ishtirokida 2018-yil 18-mart kuni “Botanika” bog’ida hashar bo’lib o’tdi. Bunda institutning farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakultetining 2-3-kurs talabalari faol ishtirok etdilar. Ular tomonidan biriktirilgan hududdagi daraxtlarga shakl berildi va oqlandi. Turli chiqindi, shoxlar va begona o’tlardan tozalandi. Barcha yo’lak chetlari oqlandi. Umumxalq hashari 19-mart kuni ham ko’tarinki kayfiyatda davom etadi.