Uch avlod uchrashuvi- “Saylovlar va yoshlar”

17.11.2016, 16:23 Institut yangiliklari, Yangiliklar 675

 

2016 yil 16 noyabr kuni soat 15-00 da ”Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi 86-bandi ijrosini ta’minlash hamda professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida milliy ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib qilish, tinchlik qadriga etish kabi g‘oyalarni targ‘ib qilish hamda saylov jarayonlari haqida bilimlarni oshirish maqsadida majlislar zalida 2016 yil 16 noyabr kuni soat 15-00 da “Uch avlod uchrashuvi” ruknida “Saylovlar va yoshlar” mazuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir Mirobod tumani “Nuroniy” jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirda Toshkent shahar “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Umarov Ismat ota hamda Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi ikkinchi jahon urushi veteranlari, “O‘zbekiston”, “Sh.Rashidov”, “Baynalmilal”, ”Temiryo‘lchilar” mahallalarining raislari va faollaridan 12 nafari ishtirok etdi. Ular o‘z ma’ruzalarida yoshlarni hozirgi tinch-osoyishta hayotni qadriga etishga, mustaqil davlatimiz ravnaqiga hissa qo‘shib yashashga chaqirishdi.Hozirgi demokratik taraqqiyot davrida bo‘layotgan siyosiy jarayonlar – saylovlar haqida to‘xtalib o‘tib, partiyalar ko‘rsatgan  munosib nomzodlarga ovoz berishga chaqirdilar. Tadbir yoshlarda katta tassurot qoldirdi. Unda 220 nafar talabalar, fakultet dekanlari, muovinlari hamda o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

IMG_1364     IMG_1378

IMG_1393     IMG_1411

IMG_1391     IMG_1377