Turli yot g‘oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish, milliy immunitetni shakllantirish.

31.03.2016, 11:32 Institut yangiliklari, Yangiliklar 490

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 1-martdagi 87-03-511-sonli xati ijrosini ta’minlash hamda institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining huquqiy savodxonligini oshirish, ular orasida mafkuraviy tushunchalar targ‘ibotini kuchaytirish, turli yot g‘oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish maqsadida institutda 2016-yil 29-mart kuni soat 10-30da faollar zalida “Turli yot g‘oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish, milliy immunitetni shakllantirish” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda institut rektori A.N.Yunusxo‘jayev, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i M.Yuldashev, Rus pravoslav cherkovi semenariyasi o‘qituvchisi O.Shkovorodyuk, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan biriktirilgan mas’ul xodim X.Eshov, institut prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar va 250 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi. Suhbat jarayonida soha mutaxassislari tomonidan qiziqarli ma’ruzalar tinglandi hamda institut talabalari ham tadbir mavzusi bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi. Tadbir yakunida Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari mavzusiga bag‘ishlangan “Fitna” hujjatli filmi namoyish etildi. Tadbir 2016-yil 29-mart kuni “Toshkent” telekanalida hamda “Toshkent” radiosi orqali efirga uzatildi.

2016_123      2016_124

2016_125      2016_126