Toshkent farmatsevtika institutining 80 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etilgan tadbir.

16.11.2017, 10:42 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 345

     

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2909-son qarorining ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 fevraldagi 126-F-sonli farmoyishi 2-ilovasi 108-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining mo‘ljallangan asosiy tashkiliy tadbirlar rejasi asosida jahonning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlarini joriy etish maqsadida  2017-yil 16-noyabr kuni soat: 09-00 da Toshkent farmatsevtika institutining 80 yillik yubileyi hamda “Farmatsiya: fan, ta’lim, innovatsiya va ishlab chiqarish” mavzusidagi XV-ilmiy-amaliy konferensiyasi Turkiston saroyida o‘tkazildi.

     

Tadbir jarayonida institutda bir necha yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan professor-o‘qituvchilar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan fahriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash xodimlari  Kasaba uyushmasi hamda toshkent shahar Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bir qator rahbarlar va professor-o‘qituvchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandi. Jumladan, Toshkent farmatsevtika institutining 80 yilligi munosabati bilan  “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi professori v.b. A.Abzalov, farmatsevtik kimyo kafedrasi dotsenti  Mavlyanova Muslima Burxanovna, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Xudoyberdiev Olloqul Isoqovich, dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi professori Yunusova Xolida Mannonovnalar taqdirlandi.

     

     

Toshkent farmatsevtika institutining 80 yilligi munosabati bilan  Sog‘liqni saqlash vazirligining faxriy yorlig‘i bilan Sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani Ilxomov Xisomiddin Shotursunovich, Dori turlari texnologiyasi kafedrasi professori Nazarova Zarifa Alimdjanovna, Farmatsiya fakulteti dekani Nurmuxamedov Aziz Abdujalilovich, Anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi professori Shabilalov Azatjan Axmatovich, Farmakognoziya kafedrasi dotsenti Xodjaeva Muattar Asatullayevnalar mukofotlandi. Shuningdek, Toshkent farmatsevtika institutining 80 yilligi munosabati bilan  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorlig‘i bilan Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi mudiri, professori Xaydarov Vosil Rasulovich, Dori turlari texnologiyasi kafedrasi professori Nazarova Zarifa Alimdjanovna, Toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasi professori Yuldashev Zokir Abidovich, Moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor Kazakov Zarif Achilovich, Sanoat farmatsiyasi fakulteti dekan o‘rinbosari Mamatqulov Zuxridin Urmonovich, Farmatsiya fakulteti dekani o‘rinbosari Usmanov Ulug‘bek Xusanovich, Anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi dotsenti Qurbanova Moxira Maxmudovna, Devonxona mudiri Qayumova Dilorom Baxadirovna, Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi katta o‘qituvchisi Saidova Mamlakat YAdgarovna, Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Salimsakova Nilufar Salixovnalar taqdirlandi.

Toshkent farmatsevtika institutining 80 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamda Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari Birlashma Kengashi rahbariyati  tomonidan institutning 20 nafar institut  professor-o‘qituvchilari va xodimlari faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tantanali tadbirda Janubiy Korea, Isroil, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va Qirg‘iston davlatlaridan soxa mutaxassislari tashrif buyurib, institutning 80 yilligi munosabati bilan tabriklashdi. Tadbir jarayonida O‘zbekiston xalq artistlari Munojat Yo‘lchieva, G‘ulomjon YOqubov, Maxmud Nomozov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayxon Ganieva, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Manzura YUldasheva, Anvar Sobirov, Otabek Mutalxo‘jaev, “Navbahor” raqs ansambellari tomonidan diltortar navolar, rang barang raqslar guldastasi taqdim etildi.

     

     

     

     

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi