Toshkent Farmatsevtika institutining 8 mart – Xotin-qizlar kuni ga bag‘ishlangan tadbir

07.03.2016, 07:06 Institut yangiliklari, Xalqaro yangiliklar 392

2016-yil 5-mart kuni Toshkent farmatsevtika instituti miqyosida 8 mart – Xotin-qizlar kuni bayrami keng nishonlandi. Tadbir O‘zbek Milliy Akademik drama teatrida bo‘lib o‘tdi va kirish so‘zini institut rektori professor A.N.Yunusxo‘jayev ochib berdi hamda barcha ayolllarni bayram bilan muborakbod etdi. 8 mart – “Xotin-qizlar kuni” munosabati bilan institutda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda, ularni barkamol, komil inson qilib tarbiyalashda faol xizmat ko‘rsatayotgan va ish faoliyati davomida yuqori ko‘rsatkichlarga erishayotgan 25 nafar ustozlar va xodimlar institut Xotin-qizlar qo‘mitasi, kasaba uyushma qo‘mitasi hamda ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining taklifiga binoan qimmatbaho sovg‘alar va fahriy yorliklar bilan taqdirlandi. O‘zbek Milliy Akademik drama teatri jamoasi tomonidan “Alisher Navoiy” spektakli namoyish etildi va barchada katta taassurot qoldirdi. Jami ishtirokchilar soni 540 nafarni tashkil qildi.

2016_5       2016_4

2016_6       2016_7