Toshkent farmatsevtika institutida «Yоsh siyosatchi» to‘garagi faoliyat olib bormoqda.

14.03.2018, 15:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 287

2018-yilning 14-mart kuni Toshkent farmatsevtika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasida  «Yosh siyosatchi» to‘garagi iqtidorli talabalar orasida navbatdagi mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Mashg‘ulotni katta o‘qituvchi F.A.Abdullayeva va o‘qituvchi M.A.Abduvaliyeva o‘tkazishdi. Uchrashuvning mazmuni O‘zbekistonda  iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonidagi davlat islohatlari buldi.

Xususan, davlat valyutasini konvertatsiya qilish, erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilinishi va buning oqibatida O‘zbekiston iqtisodiyotida kechayotgan o‘zgarishlar haqida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.