Toshkent Farmatsevtika institutida «Xotira» darsi

05.09.2016, 11:32 Institut yangiliklari, Yangiliklar 457

IMG_6888    IMG_6940

4 sentyabr kuni Toshkent farmatsevtika instituti faollar zalida O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovning porloq xotirasiga bag’ishlangan “Xotira” darsi tashkil etildi. “Xotira darsi”da institut rektori Yunusxo’jayev Axmadxo’ja Nig’manovich, institut professor-o’qituvchilari va 250 nafar 1-kursga qabul qilingan talabalar ishtirok etdilar.

15ggy     Безымянный

Xotira darslarini Toshkent farmatsevtika instituti rektori A.N.Yunusxo’jayev ochib, Mustaqil davlatimiz asoschisi, buyuk davlat arbobi Muhtaram  Prezidentimizning ibratli hayoti, mamlakatimiz va xalqaro maydonda olib borgan dono siyosati va amalga oshirgan ulug‘vor ishlari haqida ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzasida buyuk bobolarimizga xos hayot maktabini yaratgan ulug‘ Yurtboshimizning hayoti va faoliyatiga keng to‘xtaldi. Shuningdek, I.Karimov rahnamoligida O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlab olganligi, Prezidentimizning Vatan oldida, Tarix oldida, Insoniyat oldidagi xizmatlari nechog‘li buyuk ekanligini bugun odil hakam – Vaqt ko‘rsatib turganligini,butun tinchliksevar insoniyat uning xizmatlarini e’tirof etayotganligini ta’kidladi. So‘ngra talabalarga “Marra bizniki” deb nomlangan videofilm namoyish etildi.

45asdse     56ljiu

“Xotira darsi” davomida O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovning Vatanimizni, xalqimizni sobiq sho’ro mustamlakaligidan ozod qilish, millatimizning azaliy qadriyatlarini tiklash, yoshlarimizning hech kimdan kam bo’lmay barkamol avlod bo’lib voyaga yetishlari uchun tarixiy rol o’ynaganligi, butun dunyoda tan olingan rivojlanishning “O’zbek modeli” asosida mamlakatimizni misli ko’rilmagan yuksalish darajalariga olib chiqqanligi, mamlakatimiz o’z mustaqilligining 25 yili davomida dunyoda o’z nomi, o’rni va maqomiga ega bo’lganligi, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda erishilgan ulkan yutuqlarining xayotbaxsh manbai bo’lgan mustaqillikning xalqimiz, mamlakatimiz tarixidagi beqiyos mazmun-mohiyati va ahamiyati talaba-yoshlarga tushuntirib berildi.