Toshkent farmatsevtika institutida umumxalq xayriya hashari bo’lib o’tdi

13.03.2017, 15:20 Institut yangiliklari, Yangiliklar 396

Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy kadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, institutda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash xamda “Xalq bilan mulokot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida institut rektorining 2017 yil 9 martda 108–sonli buyrug‘i ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Toshkent farmatsevtika institutida dizayn va kichik arxitektura loyixalari asosida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, gul ko‘chatlarini ekish, hududlarni tartibga keltirish hamda sug‘orish tizimlari yaxshi tashkil etilgan va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tizimli tashkil etilgan. Sport zallari, talabalar turar joyi binosi, institut hududlari tegishli ravishda fakultetlarga va kafedralarga biriktirilgan.

     

Shu bilan bir qatorda 2017 yil 11-12 mart kunlari umumxalq xayriya hashari deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, institutda  11 mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. Hashar davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • Institut hududida 2310 nafar professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar jalb etildi.
  • Binolardagi auditoriya va xonalarda tozalik ishlari olib borildi.
  • Institut hududidagi bordyurlar oqlanadi.
  • Institut hududidagi 350 metrli beton ariq va lotoklar tozalandi.
  • 2 gektar er maydoni obodonlashtirildi, 240 ta manzarali va mevali daraxtlarning eri yumshatilib, butalandi hamda oqlandi.
  • Institut hududidagi beton ariqlar tozalandi hamda 5 tn maishiy chiqindilar olib chiqildi.
  • Institut hududiga 800 ta gul ko‘chatlari ekildi.
  • Irrigatsiya hamda sug‘orish tizimlari ko‘rikdan o‘tkazi
  • Institut hududidagi yo‘laklar tartibga keltirildi va 300 metr bardyurlar oqlandi.
  • Institut hududidagi daraxtlarga shakl berildi.
  • Barcha o‘quv binolaridagi fayelar va zinapoyalar yuvib tozalandi, ma’ruza xonalarida, katta va kichik majlislar zalida tozalash ishlari olib borildi.
  • Institut talabalari Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan “Yopiqlik ota” qabristonida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hashar ishlarini olib borishdi. Buning natijasida qabriston hududi turli xil begona o‘t va chiqindilardan tozalandi.

     

Shuningdek, institut rahbariyatiga biriktirilgan “Botanika bog‘i” hududida ham obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalash ishlari olib borildi. Umumxalq xasharida ishtirok etadiganlar soni 770 nafarni , shundan 700 nafari talabalarni tashkil etdi. “Botanika bog‘i” hududidagi 350 ta daraxtlar oqlandi. 28 ga. yashil maydonlar tartibga keltirildi. 2000 m.kv hududlardagi tashqi va ichki yo‘laklar tozalandi.

     

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi